O’zbekiston respublikasi oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi surxondaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi qiziriq tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi
Download 38.74 Kb.
|
2 5292217543459610777
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022 yil 22 sentyabrga qadar
- Moʻtabar ayol”, “Mahalla iftixori”, “Mehnat faxriysi”
4. Tuman shtabi a’zolari (M.Ibragimov) mahalladagi xotin-qizlar faollari bilan birgalikda:
“15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan oylik tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etsin; vazifalar ijrosini ta’minlashda qishloq joylaridagi har bir mahallada, shu jumladan, chegaradosh va olis, borish qiyin bo‘lgan hamda tog‘li hududlardagi mahallalarga tadbir shukuhi yetib borishi va yuqori saviyada o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratsin; 2022 yil 25 sentyabrga qadar tuman hokimi tomonidan bayramni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiishlab chiqilishi ta’minlansin. Belgilab qo‘yilsinki, chora-tadbirlar Dasturida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyat shaxsan tuman bo‘limi tashkiliy nazorat buyicha yetakchi mutaxasislar zimmasiga yuklatiladi. 5. 2022 yil oktyabr oyi mobaynida tasdiqlangan jadvallar asosida ular tomonidan ijtimoiy himoyaga va psixologik ko‘makka muhtoj qishloq ayollari uchun psixologik treninglar o‘tkazilishini tashkil etsin. 6. 2022 yil 22 sentyabrga qadar “15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tuman bo‘lim boshliqlari rahbarligida shtablar tuzish; joriy yil 22 sentyabrga qadar barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining qishloq hududlaridagi o‘z mahallalarida ayollar bilan ochiq muloqotlarini o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlanishini ta’minlash; jadval asosida 10-16 oktyabr kunlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘im-terim mavsumida faol ishtirok etgan (qatnashib kelayotgan) ayollar uchun tumanlar markazlarida, mahallalarda tushlik dasturxonlarini, obodonlashtirish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar ishtirokida bayram tadbirlarini va ularni rag‘batlantirilishini tashkil etish. Bayram tadbirlarida quyidagilarni rag‘batlantirishga e’tiborni qaratilishini tashkil etish: – fermer, pillakor, paxtakor, tomorqachi, kasanachi, hunarmand ayollar, suv xo‘jaligi sohasida hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlash tarmoqlarida faol ish olib borayotgan xotin-qizlar; – “Ayollar daftari”ga kiritilgan qishloqlardagi ehtiyojmand xotin-qizlar; – turli jamoatchilik tuzilmalari, komissiyalar a’zolari sifatida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shib kelayotgan faol qishloq ayollari; – obodonlashtirish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar va nafaqadagi ayollar; – kooperasiya usulida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali xotin-qizlarning bandligini ta’minlayotgan tadbirkor ayollar; – “Moʻtabar ayol”, “Mahalla iftixori”, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni va boshqa esdalik, ko‘krak nishonlari, idoraviy mukofotlar sohibalari hamda “Ibratli oila” tanlovi g‘oliblari bo‘lgan qishloq ayollari; – ta’lim muassasalarining o‘qituvchi va tarbiyachilari; – olima ayollar va iqtidorli qizlar. Download 38.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling