O’zbekiston respublikasi oli va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti
Download 1.32 Mb.
|
muxlisa hisobot5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning faoliyati maqsadi va vazifalari.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLI VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI Malakaviy amaliyot hisoboti Bajaruvchi: 3-1BUX 21-guruh talabasi Normahmatov Muxlisa Amaliyot boshlanishi: 31.10.2022y Amaliyot tugashi: 26.11.2022y Amaliyot o’tagan korxona: “BUKHSU SCINTIFIC BIOTECHNOLOGY” UK Amaliyot o’tagan korxona rahbari: E.Jalolov Universitetdagi ilmiy rahbar: M.O’roqova 2022-yil
1.Kirish……………………………………………………………………………. 2.Asosiy qism …………………………………………………………………….. 2.1. Korxonaning faoliyati maqsadi va vazifalari…………………………… 2.2. Korxonaning buxgalteriya ishlari………………………………………. 3.Xulosa …………………………………………………………………………… Kirish
Men amaliyot davrimda korxonani iqtisodiy tuzilishlarini hamda stukturasini o’rganish maqsadida amaliyot davrimni qismlarga ajratib oldim. jadval
Men, Normahmatova Muxlisa G’ulomjon qizi, amaliyot davrimning boshlang’ich kunlarini “Bukhsu scientific biotechnology” unitar korxanasining umumiy tashkiliy tuzilishini o’rgandim. “BUKHSU SCIENTIFIC BIOTECHNOLOGY” unitar korxonasi joylashgan manzilizi: Buxoro viloyati, Buxoro tumani Rabotiqalmoq MFY, kadastr raqami: 20011101040166. Korxonanig qisqa nomi: “BUKHSU SCIENTIFIC BIOTECHNOLOGY” UK Korxona Muassisi Buxoro Davlat Unversiteti. Korxonaning faoliyati maqsadi va vazifalari. Korxonani tashkil etishdan asosiy maqsad universitet ilmiy salohiyatidan foydalangan holda ishlab chiqarish korxonalari va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda zamonaviy innovatsion muhitni va moddiy-texnik bazani shaklantirish asosida ilmiy- tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirish, O’zbekiston iqtisodiyotiga yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini kiritish, qishloq xo’jaligida innovatsion biotexnologiyalarni qo’llash, shuningdek turli tijorat xizmatlarini ko’rsatish hisoblanadi. Korxona ko’zlagan maqsadga muvofiq quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi: qishloq xo’jaligida innovatsion biotexnologiyalarni qo’llash; chuchuk suv akvakulturasi; qishloq xo’jaligida innovatsion biotexnologiyalarni qo’llash bo’yicha konsalting xizmatlarini ko’rsatish; mikroskopik va yuksak suv o’simliklarini oqava suvlarni tozalashda qo’llash; mikroskopik suvo’tlarni va tuksak suv o’simliklarini ko’paytirish va ularni baliqchlikda qo’llash; qishlok xo’jaligida innovatsion biotexnologiyalarni qo’llash sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish; akvakultura, zoologiya, ixtiologiya, gidrobiologiya sohalarida ilmiy- tadqiqot faoliyatini amalga oshirish: balik ozuqalarini (tabiiy va meʼyorlashtirilgan) yetishtirish; balikchilik xo’jaliklarini tashkil etish va yuritish; qishlok xo’jaligi mahsulotlarini ekish, yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish; hudud iqlim sharoitiga mos manzarali va mevali o’simliklarni (bir yillik, ikki yillik va koʻp yillik oʻt-oʻsimliklar, buta, yarim buta, daraxt) yetishtirish, qayta ishlov berish, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish va koʻchatchiligini yo’lga qo’yish; oʻsimlik va xayvon chiqindilarini qayta ishlash, biogaz va biogumus ishlab chiqarish, sotish hamda joriy qilish; oʻsimliklar karantini va biozararlanishni oldini olish; balikchilik xoʻjaliklarida ekoagroturizm va ovchilik faoliyatini tashkil etish hamda tegishli xizmatlarni kursatish; umumiy ovqatlanish faoliyatini tashkil etish: balik kasalliklari oʻrganish va ularni davolash xizmatini yo’lga qo’yish; biotexnologiya, akvakultura, gidrobiologiya, ixtiologiya sohalarida qo’llaniladigan asbob-uskunalar va laboratoriya jixozlarini ishlab chiqarish, sotish va vositachilik faoliyatini amalga oshirish; fermer xo’jaliklari va soha mutaxassislarining malakasini oshirish; baliqchilik inkubatsiya sexlarini tashkil etish, tovar baliq yetishtirish; baliq va baliq maxsulotlarini ishlab chiqarish va sotish; xorijdan naslli va maxsuldor baliq turlarini olib kelish, mahalliylashtirish; atrof-muhitni muhofaza qilish, nodir va kamyob hayvon va oʻsimlik turlarini muhofaza qilish, bioxilma xillikni saqlash; soha boʻyicha xalqaro hamkorlik, tajriba almashish faoliyatini yoʻlga qo’yish Korxonaning huquqiy holati Korxonaning huquqiy holati O’zbekiston Resbuplikasining amaldagi qonunlariga hamda korxona nizomi asosida tartibga solinadi. Korxona mustaqil holda amalga oshiradigan quyidagi huquqlarga ega: bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda, ko’rsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar, va ishlab chiqariladigan mahsulotlarga mustaqil holda narx belgilash; O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida yuridik va jismoniy shaxslar bilan turli bitimlarni amalga oshirish; belgilangan tartibda banklarda har qanday, shuningdek, valyuta hisob raqamlarini ochish; ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatini rejalashtirish; O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchligiga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirish. Korxona Muassis bilan kelishgan holda o’z faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega: korxona bank kreditlari hamda ssudalaridan foydalanish; Muassis ilmiy salohiyati hamda moddiy-texnik bazasidan foydalanish. Korxonaning ustav fondi Korxonaning ustav fondi 10 000 000 sumni tashkil etadi. Ustav fondi Muassis tomonidan pul mablag’I ko’rinishida kiritilgan. Ustav fondini ko’payishi sof foydasi hisobidan amalga oshiriladi. Korxona asosiy daromadlari mahsulot sotish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatishdan. Daromadning taqsimlanishi. Korxona har yil ko’rgan sof foydasining 30 foizini unversitet innovatsion jamg’armasiga o’tkazib beradi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling