O’zbekiston respublikasi oli va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Download 1.32 Mb.
bet2/2
Sana24.01.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1116764
1   2
Bog'liq
muxlisa hisobot5

Korxonaning buxgalteriya ishlari.
“BUKHSU SCINTIFIC BIOTECHNOLOGY” unitary korxonasi o’zining buxgalteriya ishlarini 1C 8.3 dasturida olib boradi. 1C dasturi moliyaviy va buxgalteriya maqsadlarida dasturiy mahsulotlar bozorida etakchi o'rinlardan birini egallab turibdi. Ilovalar to'plami yirik korxonalar va sanoat xoldinglari, o'rta kompaniyalar va kichik firmalar, kichik biznesmenlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan buxgalteriya hisobi va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish uchun ishlatiladi. Dastur muallifi va ishlab chiqaruvchisi - Rossiyaning 1C kompaniyasi bo'lib, u sobiq SSSR mamlakatlarida ham, xorijiy mamlakatlarda ham filiallar, vakillar va biznes sheriklar tarmog'iga ega.

1-rasm.
Men amaliyot davrimda 1C dasturida xodimlarni ishga qabul qilish, ish haqi hisoblashni, pul ko’chirish, mehnat ta’tillarini hisoblash, pul kirim-chiqim qilishni o’rgandim.
Amaliyotim oyining oxirida boshlanganligi menga anchayin foyda bo’ldi, chunki men texnik xavfsizlik hamda korxona tashkiliy tuzilmalari bilan tanishib chiqqinimcha yangi oy boshlandi. Va men korxonada tayinlangan rahbarim bilan o’tgan oy uchun xodimlarga ish haqi hisobladik, soliqqa o’tgan oy hisobotlarini top-shirdim. Hozirgi kunda hamma zamonaviylashgani buxgalteriya sohasiga quyalliklar olib kelgan. Masalan soliq hisobotlarini topshirish uchun endilikda soliq organlariga boorish shart emas. Barchasini my.soliq.com sayti orqali topshirish mumkin.

2-rasm.
Hamda hozirgi kunda pul ko’chirish uchun bankka boorish shart emas shunchaki korxona hisob raqamlari qaysi bankda ochilgan bo’lsa shu bankni onlayn-banking xizmatidan foydalanishi mumkin. Onlayn-banking xizmatlaridan foydanalish uchun bank korxona rahbari va bosh buxgalterga login hamda parol beradi bu orqali ular onlayn-bankingga kirishlari mumkin. Bank shuningdek pul o’tkazish xavfsizligi taminlash uchun elektr kalit beradi bu kalit orqali rahbar pul o’tkazmalarini amalga oshirishi mumkin.

3-rasm
Shuningdek korxonalar hozirda schot-fakturalarni ham o’zaro onlayn almashishadi. Buni DIDOX, EDOC va soliq servis orqali amalga oshirishadi.

4-rasm.
Men 1C buxgalteriya dasturida ishlashni xodimlarni kiritishdan boshladim. 1C buxgalteriya dasturida xodimlar Кадры bo’limdan kiritilar ekan. “BUKHSU SCIENTIFIC BIOTECHNOLOGY” unitar korxonasida jami 15 kishi ishlaydi. (1-ilova) Xodimlar maoshi shtatlar jadvaliga muvofiq beriladi. Korxonada olti turgadi ishchilar ishlardi: direktor, biotexnologiya ishlari bo’yicha direktor muovini, ilmiy xodim, hisobchi, laborant va oddiy ishchilar. Korxonada mamuriyat, laboratoriya hamda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’limlari mavjud. Men asosan ma’muriyat bo’limida ishladim, u yerda buxgalteriya hujjatlarini qanday to’ldirishni, hisobotlarni topirish tartiblarini amaliyotda o’rgandim.
Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling