О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус


Download 1.45 Mb.
bet39/153
Sana12.03.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1263320
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   153
Bog'liq
Psixologiya RUT 03.09

Xotira turlari
Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko‘rinishga egadirlar. Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasi sifatida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bog‘liqligi olinadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari turlicha klassifikatsiya qilinadi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida quyidagi klassifikatsiya uchraydi:

  • Faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab: harakat, emotsional, obrazli va so‘z mantiq xotira.

  • Faoliyatning maqsadlariga ko‘ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.

  • Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko‘ra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.

M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida quyidagi xotira klassifikatsiyasi qayd qilinadi:

    • Psixik faolligiga ko‘ra: ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira.

    • Faoliyat maqsadiga ko‘ra: harakat, emotsional, obraz va so‘z-mantiq xotirasi.

    • Muddatiga ko‘ra: uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira.

E.G‘oziev tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida xotira turlari quyidagicha klassifikatsiya qilingan.
1. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko‘ra:
a) harakat yoki motor harakat xotirasi;
b) obrazli xotira;
v) his-tuyg‘u yoki hissiyot xotirasi;
g) so‘z-mantiq xotira.
2. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan:
a) ixtiyorsiz;
b) ixtiyoriy;
v) mexanik.
3. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko‘ra:
a) qisqa muddatli xotira;
b) uzoq muddatli xotira;
v) operativ (tezkor) xotira.
4. Ruhiy faoliyat qo‘zg‘atuvchisining sifatiga ko‘ra:
a) musiqiy;
b) eshitish xotirasi;
5. Ruhiy faoliyatning inson yo‘nalishiga qarab:
a) fenomenal;
b) kasbiy.
Keltirilgan xotira turlarini umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin.





Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling