О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус
Download 1.45 Mb.
|
Psixologiya RUT 03.09
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konkretlashtirish
Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, o‘xshash muhim belgilarning shu narsalar to‘g‘risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo‘yicha yagona yo‘nalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga bo‘lib o‘rganadilar. Shuningdek, maktab ta’limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish to‘g‘risida olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar. S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov tomonidan ta’limda nazariy jihatdan umumlashtirish usulini yoqlab chiqsalar, N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiylar ham nazariy, ham amaliy usulni qo‘llashni tavsiya etmoqdalar. Ammo o‘quv faoliyatining turli-tumanligi dars jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqazo qiladi. Psixologiyada umumlashtirishning keng qo‘llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko‘proq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar ob’ektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. Hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto‘g‘ri umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta’kidlab kelmoqdalar. O‘quvchi va talaba ba’zan predmetlarni muhim bo‘lmagan belgisiga asoslanib noto‘g‘ri umumlashtiradilar, vaholanki, topshiriq shartida bu talab ular oldiga mutlaqo qo‘yilmaydi. Lekin bu nazariyaning himoyachilari noto‘g‘ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar. Umumlashtirish, abstraksiyalash operatsiyasidan ajralgan holda sodir bo‘lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraksiyasiz mavjud bo‘lishi mumkin, lekin abstraksiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Agar abstraksiyalash faoliyatida narsa va hodisalarning o‘xshash hamda muhim belgilari tasodif belgilardan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan o‘xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar birlashtiriladi. Umumlashtirish jarayoni so‘z ta’sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar tizimiga asoslanadi. Akademik I.P.Pavlov fikricha, nutq signallari tufayli nerv faoliyatining yangi tamoyili abstraksiyalash va shu bilan birga oldingi tizimning behisob signallarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o‘z navbatida ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tag‘in analiz va sintez qilinaveradi. Fikr yuritishning umumlashtirish operatsiyasi har xil asoslarga ko‘ra turlarga bo‘lib o‘rganiladi. Umumlashtirishni mazmuniga ko‘ra tushunchali umumlashtirish va yaqqol-ko‘rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali umumlashtirish orqali ob’ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari bo‘yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, ob’ektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo‘ladi. Yaqqol-ko‘rgazmali umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yaqqol belgilar bo‘yicha umumlashtiriladi. Konkretlashtirish - hodisalarni ichki bog‘lanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir.
Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolg‘iz ob’ektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operatsiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi. Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar, shu boisdan to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo‘lib hisoblanadi. Psixologlar tadqiqotlarining ko‘rsatishiga qaraganda konkretlashtirish odamda ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka ob’ektga tadbiq etish amalga oshiriladi. Masalan, biz “oq” deganimizda ko‘z oldimizga qor, qog‘oz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy va yakka belgilar kamroq bo‘lgan umumiylikni ochishda ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxo‘ri, uzumni mevalar qatoriga stol-stul, divan va shu kabilarni mebellar qatoriga qo‘shamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izohlash chog‘ida odatda keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning o‘zidir. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling