О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус
Download 1.45 Mb.
|
Psixologiya RUT 03.09
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abstraksiya
Tafakkur operatsiyalari
Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush to‘g‘risidagi o‘z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob’ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o‘zi idrok qilayotgan narsalar to‘g‘risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to‘g‘risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’ekti bo‘ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo‘lishi mumkin emas. Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir. Analiz- shunday bir tafakkur operatsiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob’ektlari amalda ajratib bo‘lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo‘lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta’kidlashicha, maymunning yong‘oqni chaqishining o‘ziyoq boshlang‘ich, oddiy analizdir. O‘quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan ko‘pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o‘zlashtirib olish analizdan boshlanadi. Masalan, buni quyidagi sxemada ko‘rish mumkin. Muammoli vaziyatlarni yechish usullari Dars jarayoni vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta o‘rin tutadi. Chunonchi, savodga o‘rgatish nutqni tahlil qilishdan, gapni so‘zlarga, so‘zlarni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Matematik masalani yechish tahlil qilishdan, dastlab bir qancha ma’lum sonlarni topishdan boshlanadi. Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo‘yilsa, u holda bu topshiriqni hal qilish u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o‘z navbatida alohida olib tekshirish lozim bo‘ladi va hokazo. Sintez-shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo‘laklarini bir butun qilib qo‘shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ko‘rinib turibdi. Analiz aqliy bo‘lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o‘z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo‘g‘in, bo‘g‘inlardan so‘z, so‘zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi. Analiz va sintez o‘zaro bevosita mustahkam bog‘langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo‘lsa, uni sintez qilib bo‘lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim. Taqqoslash - shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya vositasi bilan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi. XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida quyidagilarni ta’kidlagan: “Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o‘ziga juda o‘xshash bo‘lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o‘zida juda uzoq bo‘lgan narsalar bilan o‘xshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz”. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqni, teng yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo‘lgan fikr yuritish operatsiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo‘lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz taqqoslashning ta’limdagi roli to‘g‘risida shunday fikrlarni bildirgan edi. Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan bila olmasak, boshqa yo‘l bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo‘lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to‘g‘risida hech qanday fikr qila olmagan bo‘lar edik. Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qo‘l bilan ko‘tarib, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor hosildorligini taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash bo‘ladi. Shuningdek, o‘quvchilar ikki qalam yoki ikki sterjenning uchini yog‘ochga yoki qog‘ozga solishtirsalar, u analogik holatga misol bo‘la oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi bilan og‘irlikni, termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini o‘lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi. Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning barchasini bevosita aks ettirish, qo‘l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to‘planadigan bilimlarning aksariyati qo‘l bilan ushlash, ko‘z bilan kuzatish evaziga emas, balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular o‘rtasida o‘xshash va farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson olayotgan keng ko‘lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab yetadi. Jumladan, o‘quvchilar dilda o‘ylayotgan narsalarni fikran solishtirib ko‘radilar. Ba’zan turli yoshdagi kishilar o‘z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida, yurish turishida, muomalasida va boshqa xususiyatida o‘xshashlik va tafovut borligini topadilar. Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz. Abstraksiya jarayonida ob’ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o‘zi tafakkurning mustaqil ob’ekti bo‘lib qoladi. Abstraksiya operatsiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to‘g‘risida emas, balki devorning oqligi to‘g‘risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov ba’zi planetalar, ayrim tosh va hokazolarning ko‘z o‘ngilarida yoritishni kuzata turib ularning bitta umumiy belgisini, ya’ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan taqqoslash paytida ham abstraksiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va hodisalarning mavjud belgilariga, masalan tusiga, shakliga, tezligiga, og‘irligiga, qiymatiga va shu kabi o‘xshash sifatlarga qarab taqqoslanadi. Abstraksiya operatsiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling