О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус
Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi
Download 1.45 Mb.
|
Psixologiya RUT 03.09
Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi.
Tashqi olamda turli hodisalar ma’lum darajada o‘zaro doimiy bog‘liqlikga, ma’lum sharoitlarda namoyon bo‘ladigan biror mustahkam xususiyatga va tuzilishga egadir. Ob’ektlar bilan hodisalar o‘rtasidagi bunday barqaror (invariant) munosabatlarni ob’ektlarning muhim xususiyatlari deb yuritiladi. Bu ularning kelajakda qay darajada o‘zgarishi va shu maqsadga muvofiq ish tutish, ya’ni ob’ekt va hodisalarning “xatti - harakatlari”ni oldindan ko‘ra olish imkoniyatini beradi. Tashqi, ya’ni buyumlar bilan qilinadigan bunday holda guyo ichki, ya’ni ildam faoliyatni oldindan payqab olinadi. Ob’ekt (narsa) ustida qilinadigan konkret ishlar bu ob’ektlarning muhim xususiyatlari ustida qilinadigan operatsiyalar bilan, ya’ni ideal (psixik) ishlar bilan almashinadi. Boshqacha qilib aytganda narsalar bilan jismoniy tarzda qilinadigan ishlar shu narsalarning mazmuni bilan almashinadi. Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday o‘tish jarayonini interorizatsiya deb yuritiladi (ichki ishga aylanadi). Inson psixikasi interiorizatsiyasi tufayli ayni chog‘da ko‘z o‘ngida yo‘q bo‘lgan narsalarning obrazlari bilan ishlay bilish qobiliyatiga ega. Interiorizatsiya muammosi rus olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari tomonidan turli jabhalarda tadqiq qilingan. Interiorizatsiya orqali inson psixikasi muayyan vaqt oralig‘ida uning idrok maydonida yo‘q narsalarning timsoli (obrazi) dan foydalanish qurbiga ega bo‘ladi. Shu narsa ma’lumki bunday o‘zgarishlarning muhim quroli bo‘lib, so‘z o‘zgarishi vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun so‘zlarni to‘g‘ri ishlatishga odatlanish favqulodda buyumlarning muhim xususiyatlari haqida axborotdan foydalanishning usullarini o‘zlashtirish demakdir. Inson aqliy taraqqiyotida interiorizatsiyaning ahamiyati kattadir. Ma’lumki, odamning ichki dunyosi paydo bo‘lgandan so‘ng har bir narsani, har bir harakatni oldindan ichida o‘ylab so‘ngra amalga oshiradi. Oldin ichida o‘ylab, so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tishi faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb yuritiladi.Shuning uchun shaxs faoliyatining jismoniy (tashqi) va psixik (ichki) tuzilmalari bir-biri bilan uyg‘unlashganligi ko‘zga tashlanadi. Inson faoliyatining tashqi jabhasi uning atrof–muhitga ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan sa’i – harakatlar ichki psixik jihatiga bog‘liq bo‘lib, ularni motivlashtiradi, bilishga undaydi va boshqaradi. Shuningdek tashqi jabha o‘z navbatida a) psixik faoliyat buyumlar va jarayonlar xususiyatini o‘zida namoyon qiladi; b) ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o‘zgartirilishini amalga oshiradi; v) psixik andozalar o‘xshashligini, natijalar va harakatlarning kutilmalariga muvofiqligini ko‘rsatadi; g) ularni uzluksiz ravishda yo‘naltirib va nazorat qilib turadi. Shunga muvofiq ravishda tashqi yaqqol faoliyatini ham ichki (psixik) faoliyatning eksteriorizatsiyalashuvga aylanishi deb baholash maqsadga muvofiq. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling