O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 0.51 Mb.
|
775 27.12.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakka tartibdagi suhbat VARAQASI
- Individual-psixologik o‘rganish METODIKASI 1-bob. Umumiy qoidalar
- 2-bob. Individual-psixologik o‘rganishni o‘tkazish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
10. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash natijalari bo‘yicha qaydnoma rasmiylashtiriladi. 11. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan berilgan to‘g‘ri javoblar soni va ular uchun qo‘yilgan baholar aks ettiriladi. 12. Qaydnoma kichik qabul komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi. 13. Ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlar ularga nisbatan qo‘yilgan bahoni asoslantiruvchi ma’lumot bilan tanishish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ILOVA Individual-psixologik o‘rganish METODIKASI 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Individual-psixologik o‘rganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psixologik test sinovidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 2. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi o‘qishning o‘ziga xos jihatlari hisobga olingan holda, qoida tariqasida, har uch yilda bir marotaba tegishli mas’ul vazirliklarning ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar bo‘linmalari tomonidan qayta ishlab chiqilib, tegishli mas’ul vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi hamda har yili psixologik test sinovlari boshlangunga qadar individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya raisiga yuboriladi. 3. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya raisida saqlanadi va u testlar va javoblarning oshkor etilmasligi uchun mas’ul hisoblanadi. 4. Dastlab nomzodlar individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik o‘rganishni o‘tkazish tartibi, shuningdek, har bir tayyorlangan testlarni yechganlik uchun nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda ularga tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi. 2-bob. Individual-psixologik o‘rganishni o‘tkazish 5. Individual-psixologik o‘rganish yakka tartibda yoki guruh bo‘lib o‘tkazilishi mumkin. 6. Individual-psixologik o‘rganish guruh bo‘lib o‘tkazilganda, xonada nomzodlar 40 nafardan ortiq bo‘lmasligi zarur. 7. Individual-psixologik o‘rganish davomida nomzodlarga bir nechta psixologik testlar beriladi. 8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltiriladi: aql-zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi; mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari; shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turg‘unligi, samimiyligi; kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi. 9. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodlarning sog‘lig‘i surishtiriladi. O‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar o‘rganishga qo‘yilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va ularga keyingi individual-psixologik o‘rganishdan o‘tish uchun qayta ruxsat beriladi. 10. Javoblar varaqasining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun nomzodlar shaxsan javobgar hisoblanadi. 11. Psixologik test sinovlari o‘tkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. 12. Psixologik test o‘tkazish vaqtida o‘rganish o‘tkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi. 13. Barcha topshiriqlar bajarib bo‘lingandan so‘ng nomzodlar javoblar blanklarini o‘rganish o‘tkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. O‘rganish o‘tkazgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligiga e’tibor berishi zarur. 14. Testlarning barchasini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi hamda ularga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi. 15. Testlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan nomzodlarning takroran test sinovlaridan o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling