Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Download 31.3 Kb.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Komissiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin. Komissiya Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar orasidan komissiya raisi va a’zolaridan, zarurat boʻlganida esa, shuningdek komissiya raisining oʻrinbosaridan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya tuzilgani toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi. Qonunchilik palatasining komissiya tuzilgani toʻgʻrisidagi qarorida komissiyaning nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaxsiy tarkibi, komissiyaning raisi, komissiyaning faoliyat koʻrsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), komissiyaning vakolatlari, komissiya ishini ta’minlash boʻyicha tadbirlar belgilangan boʻlishi kerak. Ayrim masalalarni tayyorlash uchun komissiya davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi sub’ektlarning vakillari orasidan ishchi guruhlari tuzishga haqlidir. Qonunchilik palatasida quyidagi qo'mitalar faoliyat yuritadi: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi Kengash Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiya[3] Devon[tahrir | manbasini tahrirlash] Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi organi boʻlib, Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyatining tashkiliy, huquqiy, axborot, tahliliy, moddiy-texnika va moliyaviy ta’minotini amalga oshiradi. Qonunchilik palatasi Devoni oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Qonunchilik palatasi, uning Kengashi qarorlariga, Qonunchilik palatasi Spikerining farmoyishlariga va ushbu Nizomga amal qiladi. Qonunchilik palatasi Devoni oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining devonlari, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyati organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi. Qonunchilik palatasi Devoni Qonunchilik palatasi Spikerining va Qonunchilik palatasi Devoni rahbarining bevosita rahbarligi ostida ishlaydi. Qonunchilik palatasi Devoniga Qonunchilik palatasi Devonining rahbari boshchilik qiladi. Qonunchilik palatasi Devoni rahbarining oʻrinbosari boʻladi, u Qonunchilik palatasi Devoni tuzilmaviy boʻlinmalarining qonun ijodkorligi faoliyati sohasidagi ishini muvofiqlashtirib boradi, Qonunchilik palatasi Devoni rahbari yoʻqligida uning vazifalarini bajaradi, shuningdek oʻziga topshirilgan ish uchastkalariga rahbarlik qiladi. Download 31.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling