Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi


Download 31.3 Kb.
bet1/8
Sana18.03.2023
Hajmi31.3 Kb.
#1281556
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasida vakolatlari berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;

  2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;

  3. oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

  4. siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.

Spikeri[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻz tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Spiker va uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. Spiker yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:

  1. Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;

  2. Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;

  3. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

  4. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;

  5. parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;

  6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va oʻzga tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish koʻradi;

  7. Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;

  8. ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

  9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar chiqaradi.

Tuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Joriy chaqiruv[tahrir | manbasini tahrirlash]
2019-yil 22-dekabr va 2020-yil 5-yanvarda boʻlib oʻtgan soʻnggi parlament saylovlarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi joriy, IV chaqiriq saylangan. Hozirgi kunda chaqiriq beshta siyosiy partiyaning beshta fraksiyasidan iborat bõlib, hukmron partiya — markazchi Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, hukumatga sodiq boʻlgan oʻng qanot “ Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlar soni boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi. “Adolat” soʻl sotsial-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi oʻzini parlament muxolifati deb xisoblaydi.
Shuningdek qarang: IV chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)


Download 31.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling