Yuridik boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonunlar, qarorlar loyihalarining, Qonunchilik palatasida ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini amalga oshirish;
normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek huquqiy tusdagi ma’lumot va axborot materiallarini tayyorlash;
Qonunchilik palatasi rahbariyatiga, Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga (komissiyalariga), deputatlariga va Qonunchilik palatasi Devonining boshqa tuzilmaviy boʻlinmalariga axborot-huquqiy jihatdan koʻmaklashish;
qoʻmitalarning faoliyatiga axborot-huquqiy jihatdan koʻmaklashish, yuridik-maslahat yordami koʻrsatish;
Qonunchilik palatasiga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olishni amalga oshirish va tizimlashtirish.
Matbuot va tahririyat boʻlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
qonunlar, qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning oʻz mazmuniga muvofiq bir xil hamda toʻgʻri qoʻllanilishini, adabiy til qoidalari va normalarining, yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarning talablariga aniq rioya etilishini ta’minlash;
Qonunchilik palatasining matbuot organlari faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
Qonunchilik palatasining, uning Kengashining, shuningdek Qonunchilik palatasi Devonining faoliyati bilan bogʻliq hujjatlarni tahrir va tarjima qilishni amalga oshirish.
Xalqaro aloqalar boʻlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xalqaro munosabatlarni amalga oshirishda Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkiliy, axborot, tahliliy va maslahat jihatidan ta’minlash;
Qonunchilik palatasining, uning qoʻmitalarining (komissiyalarining), parlamentlararo guruhlarning xalqaro va parlamentlararo aloqalarini ta’minlash, bu aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga koʻmaklashish, shuningdek chet el diplomatik vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari va Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa chet el vakolatxonalari bilan Boʻlimning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan amaliy aloqalar bogʻlab turish;
qoʻmitalarga xalqaro munosabatlar, parlamentlararo aloqalar masalalari boʻyicha axborot-huquqiy jihatdan koʻmaklashish, maslahat yordami koʻrsatish;
Qonunchilik palatasida xorijiy parlament delegatsiyalarining, boshqa delegatsiyalarning va chet ellik mehmonlarning tashriflarini, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlarining, uning Devoni xodimlarining tashriflarini, xizmat safarlarini tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |