O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o'rni


O'zbekiston Respublikasining Senati hududiy vakillik palatasidir


Download 104 Kb.
bet4/10
Sana15.03.2023
Hajmi104 Kb.
#1271055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Partiyalari tarixi va faoliyati

O'zbekiston Respublikasining Senati hududiy vakillik palatasidir . Senat a'zolari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo'shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo'li bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda olti kishidan saylanadi.
Senatning o'n olti nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo'lgan hamda alohida xizmat ko'rsatgan eng obro'li fuqarolar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Senat ishi majlislarga va uning qo'mitalari majlislariga to'planadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi.
Senatda hududiy mansublikka ko'ra hamda siyosiy yoki boshqa asosda guruhlar tuzishga yo'l qo'yilmaydi.
Qonunchilik palatasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatasidir. Bu palata saylov okruglari bo'yicha ko'ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat bo'ladi.
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko'rsatishiga asoslanadi.
Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning Qonunchilik palatasi sessiyalari davrida o'tkaziladigan majlislaridir.
Navbatdagi sessiyalar, qoida tariqasida sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o'tkaziladi.
Qonunchilik palatasi va Senatning qo'shma majlislari ochiq va oshkora o'tkaziladi.
Oliy Majlisining qonun chiqaruvchilik faoliyati.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonun chiqaruvchilik faoliyati to'rt bosqichda bo'ladi. Ushbu bosqichlar konstitutsiyaviy huquq nazariyasida qonun chiqarish jarayoni deb ataladi va qonun loyihasini taklif qilish, muhokama qilish, qabul qilish, hamda qonunni imzolash va e'lon qilishdan iborat bo'ladi.
Qonun chiqarish jarayonining birinchi bosqichi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega organlarning ro'yxati keltiriladi. Qonunchilik tashabbusi huquqiga O'zbekiston Respublikasining Prezidenti, shuningdek, o'z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog'iston Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo'jalik sudi, Bosh prokurori egadirlar.
Oliy Majlisga qonunchilik taklifi bilan murojaat etish huquqi xech kim uchun cheklanmagan. Shunday taklif kiritilgan taqdirda esa, qonun loyihalari qonun chiqarish tashabbusi huquqiga ega bo'lgan yuqorida ko'rsatilgan idoralar va shaxslar orqali O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilishi mumkin.
Qonun chiqarish jarayonining ikkinchi bosqichida Oliy Majlis taqdim etgan loyihalarni qonun chiqarish jarayonining barcha qoidalariga to'la rioya etgan holda ko'rib chiqishi shart. Shuni ham nazarda tutish kerakki, Oliy Maj1is shu qonun loyihasini ma'qullash yoki inkor etish huquqiga ega.
Qonun loyihasi yoki qonun chiqarish to'g'risidagi taklif dastlabki tarzda ko'rib chiqish va ishlab chiqish uchun Oliy Majlis Raisi tomonidan Oliy Majlisning tegishli qo'mitalari va ayni bir vaqtda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik va sud-huquq masalalari qo'mitasiga yuboriladi. Bunda xulosa tayyorlash uchun bosh qo'mita yoki komissiya belgilab qo'yiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilgan qonun loyihalarini ko'rib chiqish bir necha o'qishda amalga oshirilishi, shuningdek, joylardagi deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda muhokama qilinishi murnkin.
Qonun loyihasining birinchi o'qilishida Oliy Majlis qonun loyihasi tashabbuskorining ma'ruzasini va bosh qo'mita yoki komissiyaning qo'shimcha ma'ruzasini tinglaydi, qonun loyihasining asosiy qoidalarini muhokama qiladi hamda tuzatishlar shaklida taklif va mulohazalar bildiradi, zarur hollarda qonun loyihasini muhokama etish uchun matbuotda e'lon qilish haqidagi takliflarni ko'rib chiqadi.
Muhokama yakunlari bo'yicha Oliy Majlis qonun loyihasining asosiy qoidalarini ma' qullaydi yoki rad etadi.
Qonun loyihasi ma'qullangan taqdirda, Oliy Majlis uni ikkinchi o'qishga taqdim etish muddatini belgilaydi.
Birinchi o'qishda ko'rib chiqilgan qonun loyihasiga doir to'xtam, agar Oliy Majlis deputatlari umumiy sonining ko'pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo'lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Bunday to'xtam Oliy Majlisning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Qonun loyihasiga va uning ayrim moddalariga tuzatishlarni deputatlar yozma ravishda Oliy Majlis Kengashi, bosh qo'mita, komissiya yoki qonun loyihasini maromiga yetkazish topshirilgan qo'mitaga qonun loyihasining ikkinchi o'qishdagi muhokamasi boshlanishidan kamida uch kun oldin topshiradilar. Qonun loyihasini maromiga yetkazish topshirilgan qo'mita loyihaga kiritilgan tuzatishlarni qarab chiqadi va uni ikkinchi o'qishdagi muhokamaga tayyorlaydi.
Maromiga yetkazilgan qonun loyihasi, Oliy Majlis Kengashining qaroriga muvofiq, ikkinchi o'qishda muhokamaga kiritiladi.
Qonun loyihasi yuzasidan ikkinchi o'qish chog'ida, loyiha moddama modda, bo'limlar bo'yicha yoki butunlay muhokama qilinadi. Birinchi yoki ikkinchi o'qish natijasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonun loyihasini qabul qiladi yoki rad etadi yoxud maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, eng muhim qonunlarning loyihalari umumxalq ovoziga (referendumga) qo'yilishi mumkin.
Qonun chiqarish jarayonining uchinchi bosqichi. Ma'lumki, Oliy Majlis vakolatlari amalga oshirilishining huquqiy shakli u qabul qiladigan qonun hujjatlari hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining qonunlari Oliy Majlis qabul qiladigan asosiy hujjatlardir.
O'zbekiston Respublikasi qonuni o'ziga xos xususiyatlarga ega. U faqat Oliy Majlis sessiyasida qabul qilinadi va butun O'zbekiston xalqining erkini ifoda etadi. O'zbekiston Respublikasining qonuni o'zida huquqiy qoidalarni mujassam etadi va shuning uchun huquqiy normativ hujjat hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi hududida amalda bo'lgan qonunlarning bajarilishi barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolar uchun majburiydir. Davlat organlarining huquqiy normativ aktlari qonunga muvofiq bo'lishi shart. O'zbekiston Respublikasining qonunlari barcha davlat organlari, o'zini-o'zi boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolar faoliyatining huquqiy asosidir. U davlat organlari chiqaradigan barcha huquqiy hujjatlardan ustun turadi. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi va «O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to'g'risida»gi konstitutsiyaviy qonunning 9-moddasiga va 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan «Normativ huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi Qonunga muvofiq, Oliy Majlis O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarini, qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qiladi. Oliy Majlis hamda uning Kengashi, shular bilan bir qatorda murojaatnomalar, deklaratsiyalar va bayonotlar qabul qilishi mumkin.

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling