O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o'rni
Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilish va ularga o'zgartishlar kiritishning o'ziga xos tartibi mavjud
Download 104 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Partiyalari tarixi va faoliyati
Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilish va ularga o'zgartishlar kiritishning o'ziga xos tartibi mavjud.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Konstitutsiyani o'zgartiruvchi va to'ldiruvchi qonunlar, shuningdek, boshqa konstitutsiyaviy qonunlar Oliy Majlis jami deputatlarining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko'pchiligi tomonidan qabul qilinadi. O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Konstitutsiyaga o'zgartishlar hamda tuzatishlar kiritish to'g'risida taklif taqdim etilganidan keyin olti oy mobaynida ushbu takliflarning keng va har taraflama muhokama qilinishini tashkil etib, so'ng qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o'zgartishlar kiritish to'g'risidagi taklifni rad etsa, ushbu taklif kamida bir yil o'tgandan keyin qayta kiritilishi mumkin. Oddiy qonunlar, qarorlar va boshqa hujjatlar Oliy Majlis jami deputatlarining ko'pchilik ovozi bilan qabul qi1inadi. Oliy Majlis va uning Kengashi murojaatnomalar va bayonotlarning loyihalarini, Oliy Majlis yoki uning Kengashi qarorlariga ko'ra, Oliy Majlisning qo'mitalari va komissiyalariga dastlabki tarzda ko'rib chiqish uchun topshirishi mumkin. Bu hujjatlar ham Oliy Majlis deputatlari yoki Kengash a'zolari ko'pchiligining ovozi bilan qabul qilinadi. Bu yerda shuni ta'kidlash kerakki, ovoz berish natijalarini hisoblashda qonunni qabul qilish vaqtida hozir bo'lgan deputatlarning emas, balki Oliy Majlisga saylangan barcha deputatlarning umumiy miqdoriga nisbatan ko'pchilik talab etiladi. Qonun chiqarish jarayonining to'rtinchi bosqichi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 14-bandiga binoan, qonunlarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolaydi. Prezidentning e'tirozlari bo'lsa, u holda Prezident bu qonunni takroriy muhokama qilish va ovozga qo'yish uchun o'z e'tirozlari bilan Oliy Majlisga qaytarib yuborishi mumkin. Agar qonunni Oliy Majlis deputatlarining uchdan ikki qismi tasdiqlasa, Prezident qonunni imzolaydi. Qabul qillngan va Prezident imzolagan matn Oliy Majlisga saqlash va e'lon qilish uchun yuboriladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarning va boshqa normativ hujjatlarning matbuotda e'lon qilinishi ushbu qonunlar qo'llanishining majburiy sharti hisoblanadi. Oliy Majlisning hamda Oliy Majlis Kengashining qarolarini O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi imzolaydi, u bo'lmagan hollarda esa bunday hujjatlarni Oliy Majlis Raisining o'rinbosarlaridan biri imzolaydi. O'zbekiston Respublikasining qonunlari Respublika Prezidenti imzolaganidan keyin uzog'i bilan bir hafta ichida rasman e'lon qilinadi. Agar hujjatlarning o'zida boshqa qoida belgilanmagan bo'lsa, ular rasman e'lon qilinganidan keyin o'n kun o'tgach butun O'zbekiston hududida bir vaqtning o'zida kuchga kiradi. Qonunlar to'liq matnining «O'zbekiston Oliy Majlisi axborotnomasi», «Xalq so'zi», «Narodnoe slovo» gazetalarida chop etilishi ularning birinchi marta rasman e'lon qilinishi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to'g'risida»gi qonunning 2-moddasiga asosan, qonunlarning va Oliy Majlis qabul qilgan boshqa hujjatlarning ijrosini nazorat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konstitutsiya, Oliy Majlis to'g'risidagi va boshqa qonunlarda ko'rsatilgan vakolatlarni samarali amalga oshirish uchun qonuniy tartibda ma'lum organlar tuzadi va ularning ishlariga rahbarlik qiladi. Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni va 2002-yil 27-yanvarda o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Referendumining yakunlari bo'yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlari asosiy yo'nalishlarining qabul qilinishi Oliy Majlisning kelgusi qonunchilik faoliyati uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi. 2002-yil 12-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risidagi O'zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq, Qonunchilik palatasi, Oliy Majlisning quyi palatasi bo'lib, mutlaqo yangi tartibda, ya'ni, doimiy professional asosda ish olib boradi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo'yicha ko'p partiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat bo'ladi. Qonun chiqarish faoliyatini amalga oshirishda Oliy Majlisning yuqori palatasi - Senatning faoliyati ham alohida muhim ahamiyatga molik bo'ladi. Senat sessiyalarda to'planib, quyi palata tomonidan tayyorlangan qonunlarni muhokama qiladi va o'z qarorini chiqaradi. Shunday qilib, Oliy Majlisning ikki palatali bo'lishi qonun chiqarish faoliyatini yanada takomillashtirish imkonini beradi. Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling