O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o'rni


Oliy Majlisning Raisi va uning o’rinbosarlari faoliyati


Download 104 Kb.
bet7/10
Sana15.03.2023
Hajmi104 Kb.
#1271055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Partiyalari tarixi va faoliyati

Oliy Majlisning Raisi va uning o’rinbosarlari faoliyati
O'zbekiston Konstitutsiyasining 84-moddasi va «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to'g'risida»gi qonunning 12-moddasiga muvofiq, Oliy Majlis Raisi va uning o'rinbosarlari Oliy Majlis tomonidan, hududiy deputatlar guruhlari vakillari yig'ilishining taklifiga binoan, deputatlar orasidan yashirin ovoz berish orqali, Oliy Majlis jami deputatlari yarmidan ko'pining ovozi bilan Oliy Majlis vakolati muddatiga teng bo'lgan muddatga saylanadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi va uning o'rinbosarlari Oliy Majlisga har yili hisobot berib turadilar.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisining o'rinbosarlaridan biri Qoraqalpog'iston vakili, Oliy Majlisning deputati bo'ladi.
Oliy Majlisning Raisi etib bir shaxsni surunkasiga ikki muddatdan ortiq saylash mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, muddatidan oldin deputatlarning uchdan ikki qismidan ko'prog'i yashirin ovoz berishi orqali qabul qilingan Oliy Majlis qaroriga binoan, chaqirib olinishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 85-moddasiga muvofiq, Oliy Majlisning Raisi:

rahbarlik qiladi;

  • Oliy Majlis sessiyalarini chaqiradi, sessiyaning kun tartibiga doir takliflarni qo'mitalar va komissiyalarning raislari bilan birgalikda tayyorlaydi;

  • Oliy Majlis va uning Kengashi majlislarida raislik qiladi;

  • Oliy Majlis qo'mitalari va komissiyalarining fao1iyatini muvofiqlashtirib turadi;

  • qonunlarning va Oliy Majlis qarorlarining bajarilishini nazorat qilishni tashkil etadi;

  • parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga va xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog'liq guruhlar faoliyatiga rahbarlik qiladi;

  • Oliy Majlis Kengashi bilan kelishgan holda Oliy Majlis Raisining o'rinbosarlari, Oliy Majlis qo'mitalari va komissiyalari raislari etib saylash uchun Oliy Majlisga nomzodlarni taqdim etadi;

  • qo'mitalar va komissiyalar raislarining taklifiga binoan, bu qo'mitalar va komissiyalar tarkibini o'zgartirib, Oliy Majlisga kiritadi;

  • Oliy Majlis matbuot organlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, ularning nizomlarini va tahrir hay'atlari tarkibini hamda ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

  • Oliy Majlisga qarashli matbuot organlari muharrirlarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;

  • Oliy Majlis deputatlari va devonining ishlashi uchun zarur xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

  • Oliy Majlis va uning Kengashi qarorlarini imzolaydi.

Oliy Majlisning Raisi o'z vakolatlarini bajarish yuzasidan farmoyishlar chiqaradi. U o'z vakolatidagi masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishga haqlidir .
Oliy Majlis Raisiga berilgan bunday vakolatlar Oliy Majlis ishini tashkil etishda, qonunchilik faoliyatini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisining o'rinbosarlari raisning topshirig'iga binoan, uning ayrim vazifalarini bajaradilar va u yo'qligida yoki uning o'z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo'lmagan hollarda raisning vazifasini bajarib turadilar.

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling