O’zbekiston respublikasi oliy o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 22.13 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi22.13 Kb.
#1549119
Bog'liq
avtomatik boshqarish nazariyasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLTEXNIKA INSTITUTI
KOMPYUTERLASHGAN LOYIHALASH TIZIMLARI FAKULTETI
INTELEKTUAL MUXANDIZLIK TIZIMLARI
KAFEDRASI
Avtomatik boshqarish nazariyasi
FANIDAN


Mustaqil ishi
Bajardi: Buxorov E.
Qabul qildi: Sayitov SH.
Mavzu:CHiziqli avtomatik rostlash sistemalari

Reja:

  1. Chiziqli avtomatik rostlash tizimlarining turg‘unligi



  1.  Chiziqli avtomatik rostlash Tizimlari



  1. Operasion hisoblarning chiziqli avtomatik Rostlash tizimlari tahlilida ishlatilishi


4.Rostlash jarayonining sifati


  1. Chiziqli avtomatik rostlash tizimlarining Turg‘unligi
    Avtomatik rostlashning har qanday tizimi ham turg‘un bo‘lishi kerak. Faqat nodavriy yoki so‘nuvchi tebranishli jarayonlarga xos bo‘lgan chiziqli ART turg‘un tizim deb ataladi. O‘tish jarayonining turg‘unligini tadqiq qilish defferensial tenglama yoki rostlash tizimi chastota xarakteristikasining tahliliga asoslangan.

ARTning
turg‘unligi tarkibiy bo‘g‘inlarning dinamik xususiyatlari birikmasiga bog‘liq.


Tuzilishi jihatidan turg‘un tizimlar ob’ektdagi dinamik xarakteristikalar va
rostlagichlar parametrlarining muayyan qiymatida noturg‘un tizimga aylanadi.
A.M.Lyapunov chiziqli tizimlar turg‘unligining quyidagi shartlarini
ifodalagan: 1) agar xarakteristik tenglamalar ildizlarining barcha haqiqiy qismlari manfiy bo‘lsa, tenglama turg‘un bo‘ladi; 2) agar bu tenglama ildizlaridan birontasi musbat bo‘lsa, tizim noturg‘un bo‘ladi.
ARTning erkin harakati bir jinsli defferensial tenglama orqali tavsiflanadi:

Bu chiziqli defferensial tenglamaning echimi:



Bu erda, n C ,,, ... ,1 2 3 -boshlang‘ich shartlardan aniqlanadigan ; ixtiyoriy doimimiylar; ixtiyoriy
n w ,,, ... ,1 2 3 -xarakteristik tenglama ildizlari:

SHunday qilib, differensial tenglamani o‘zgartirsak xarakteristik tenglama deb ataladigan algebraik tenglama hosil qilamiz. Agar xarakteristik tenglama to‘rtinchi tartibdan yuqori bo‘lsa, u umumiy holda yechilmaydi. SHuning uchun, tizimning turg‘unligi haqida fikr yuritish uchun ba’zi belgilarni avvaldan bilish maqsadga muvofiqdir. Bu belgilar vazifasini turg‘unlik


mezonlari bajaradi.

2.Chiziqli avtomatik rostlash Tizimlari
Agar avtomatik rostlash tizimi chiziqli differensial tenglama orqali
tavsiflansa, tizim chiziqli deyiladi. Bu tenglama tizimning turg‘unlashmagan
rejimidagi vaqt mobaynida o‘zgarishini tavsiflaydi. Tizim harakatining
turg‘unlashgan jarayoni uchun tenglamadagi hosilalarning nolga aylanishi
xarakterlidir, chunki chiqish parametri «u» o‘zgarmaydi. Bu holda differensial
tenglama algebraik tenglamaga aylanadi:

Stasionar rejimdagi tizimning chiqish va kirish koordinatalarini bog‘lovchi bu


tenglama chiziqli tizimning statik xarakteristikasidir.

CHiziqli tizimda oqib o‘tayotgan rostlash jarayonining qanday o‘tayotganligini


aniqlash uchun kirishning g‘alayonlanish ta’siri va boshlang‘ich shartlari ma’lum bo‘lgan differensial tenglamani echish kerak. Doimiy koeffisientli chiziqli differensial tenglamaning echimi (tэрк erkin va (tмаж majburiy echimni tashkil etuvchilar yig‘indisidan iborat:


3.Operasion hisoblarning chiziqli avtomatik Rostlash tizimlari tahlilida ishlatilishi
Avtomatik rostlash tizimining tahlili faqat harakatdagi tizimlarga taalluqli.
ARTlarning sintezi vazifalari yangi rostlash tizimlarini loyihalash davrida ko‘tariladi.
ARTning tahlili tarkibiy elementlar bo‘yicha differensial tenglama tuzish, uni
echish va o‘tish jarayonining grafiklarini aniqlashdan iborat. Grafiklar amaldagi
tizimning sifatini aniqlaydi.
APTning sintezi rostlash sifatining eng yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi
tizim strukturasini aniqlash va tegishli tenglamalarni tuzishdan iborat.
ARTning tahlili va sintezida ko‘pincha uzatish funksiyalaridan foydalaniladi,
chunki ular differensial va integral tenglamalarga ko‘ra ancha qulay. SHuning uchun, rostlash tizimlarining tahlili va sintezi usullari, ko‘pincha, Laplas almashtirishi matematik apparatiga asoslangan.


4.Rostlash jarayonining sifati
Biror avtomatik rostlash tizimining amalda ishlatilishi uning turg‘unlik
talablarini bajarishiga bog‘liq (bular faqat zarur bo‘lgan shartlardir). ART ning
ishlatlishi uchun etarli bo‘lgan shart - tizimning talab qilingan rostlash sifatini
ta’minlash qobiliyatidir. Bu sifat rostlash tizimidagi o‘tish jarayonlarining shakliga
bog‘liq.
Tizimning turli parametrlari rostlash jarayoniga ko‘rsatilgan differensial yoki
xarakteristik tenglamalarning umumiy ko‘rinishini echish uchun lozim.
Agar tizim to‘rtinchi tartibdan yuqori bo‘lsa echish mumkin bo‘lmaydi, chunki
uning ildizlari radikallar orqali ifodalanmaydi. SHuning uchun, rostlash sifati, ya’ni
turg‘unlik darajasi, bilvosita integral yoki xususiy tahlil yordamida baholanadi.
Amalda rostlash sifatini integral baholash usuli bilan baholash keng tarqalgan.

Download 22.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling