O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat Ishlari bo’yicha sudlov xay’atiga


Download 18.85 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi18.85 Kb.
#1191242
Bog'liq
ариза


O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat
Ishlari bo’yicha sudlov xay’atiga.

Yuqorichirchiq tumani, Oq ovul maxallasi,


o’rnak ko’chasi, 143-uyda yashovchi
Nishanbayeva Maftuna Olimjon qizidan
tel.90 907 52 59

A R I Z A.


(Ijroni to’xtatib turish to’g’risida).
Men yuqoridagi manzilda yashayman, turmushga chiqmaganman, II-guruh nogironiman, ota-onam birga yashab kelaman. hozrgi kunda Shtatlar qisqaruvi munosabati bilan vaqtincha ishsizman.
Sudlangan Mirgaliyeva Maxfuza Mirortiqovnaga nisbatan chiqarilgan hukm bo’yicha men tomonimdan keltirilgan kassatsiya tartibidagi shikoyat mazmunan ko’rilib, hal etilgunga qadar, mening ziyonimdan “Kapitalbank” foydasiga 11.957.000 (O’n bir million to’qqiyuz ellik yeti ming) so’m undirish to’g’risidagi notarial tasdiqlangan ijro yozuvi ijro yozuvi ijrorisini to’xtatib turish to’g’risida ajrim chiqarishni so’rayman.

“____” ______ 2022 yl Nishanbayeva M. O.

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat
Ishlari bo’yicha sudlov hay’atiga.

Jinoyat ishlari bo’yicha Yuqori chirchiq tuman


sudi 18-mart 2020 yildagi xukmi va jinoyat
ishlari bo’yicha Toshkent viloyat sudining 24-dekabr
2021 yildagi apellyatsiya instansiyasi xukmiga

Yuqori Chirchiq tumani, Oq ovul maxallasi,


o’rnak ko’chasi, 143-uyda yashovchi
Nishanbayeva Maftuna Olimjon qizidan

K A S S A T S I Y A T A R T I B I D A SH I K O Y A T.


Jinoyat ishlari bo’yicha Yuqorichirchiq tuman sudi 18-mart 2020 yildagi xukmiga ko’ra maxkum Miraglayeva Maxfuza Mirortiqovnaga nisbatan O’zR JKning 168-moddasi 3-qism “a, b” bandlariga bilan 6 yil muddatga ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlanib, unga nisbatan O’zR JKning 72-moddasi qo’llanib, tayinlangan ozodlikdan maxrum qilish jazosi shartli deb xisoblanib 3 yil sinov muddati belgilangan. Lekin menga va boshqa jabrlanuvchilarga nisbatan sodir etgan jinoyatlari bo’yicha barcha epizodlar bo’yicha talon toroj qilingan summaning umumiy miqdoridan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3- qismning “a, b” bandlari bilan asossiz ayblangan deb hisoblanib, Miraglayevaning ayblovidan chiqarilgan edi.

Jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent viloyati sudi apellyatsiya sudlov hay’atiga keltirilgan apellyatsiya shikoyatim qisman qanoatlantirilib, Miraglayeva Maxfuza Mirortiqovnaga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo’yicha Yuqori chirchiq tuman sudining 18-mart 2020 yildagi humki bekor qilinib, yangitdan ayblov hukmi chiqarildi. Unga nisbatan tayinlangan jazo muddati o’zgartirilganidan tashqari, barcha jabrlanuvchilar qatori menga yetkazilgan 11.957.000 so’m zarar hukmi qonuniy kuchga kirgach mening foydamga M. Miraglayevadan undirilishi qayd etilgan.


Lekin hukmda qayd etilganidek, Miraglayeva bundan oldin bir necha marotaba sudlangan, sudlanganlik xolati bo’yicha undirilishi lozim bo’lgan barcha zarar undirilmay kelyapti, chunki u Yuqorichirchiq tumani jinoyat ishlari bo’yicha sudning 18-mart 2020 yildagi hukmi bilan sud zalidan ozod qilinganidan keyin biroz vaqt o’tib, boshqa jinoyat ishi bo’yicha yana qamoqqa olingan va bugungi kungacha qamoqda saqlanmoqda, Miraglayevaga nisbatan qamoq bilan bog’liq jazo turi tayinlangan.


Mening fikrimcha jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent viloyat sudi apellyatsiya sudlov hay’atining yangitdan chiqarilgan hukmining zararni undirish to’g’risidagi qismi o’zgartirilib, mening foydamga M. Miraglayevadan undirilishi lozim bo’lgan 11.957.000 so’m zarar Toshkent shahar “Kapitalbank” foydasiga undirilishi to’g’risida ajrim chiqarilishi lozim deb hisobayman. Chunkiy men mening nomimga chiqarilgan kredit pulidan bir so’m ham olmaganman, mayishi texnikan vositalarini ham ko’rmaganman, olmaganman ham. Bugungi kunda Majburiy ijro byurisi Yuqorichirchiq tuman bo’limida menga nisbatan bank xisobiga kredit bo’yicha 11.957.000 so’m qarzdorlikni undirish to’g’risida ijro ishi mavjud, va 2021 yil 2-dekabr kuni Humo plastic kartamdan 285.650 so’m, 2022-yil 8-yanvar kuni 192.339. so’m pullar “Kapitalbank” foydasiga yechib olindi. Men ushbu kredit mablag’idan foydalangan emasman, zararni to’lash imkoniyatiga ham ega emasman, hozrgi kunda ish joyiga ham ega emasman, kredit mablag’idan foydalanmaganimdan keyin, zarar mening foydamga undirilishi to’g’ri emas deb xisoblayman, to’g’ridan to’g’ri bank foydasiga undirilishi lozim, menga bu pullarning keragi yo’q, mayishi texnikadan kelgan foyda ham, kredit mablag’idan kelgan foydani ham foydasini Miraglayeva ko’rgan, u o’zning extiyojiga ishlatib yuborgan.


Undan tashqari ish bo’yicha guvoh sifatida ham so’roq qilish lozim bo’lgan “Kapitalbank” mutasaddi xodimlari va mayishi texnikani ajratib, xujjatlarni ham Mening nomimga chiqarilgan besh turdagi mayishi texnika vositalari o’rniga, umuman boshqa uch turdagi texnikalarni ham Miraglayevaga berib yuborgan savdo majmuasi mutasaddi xodimlari xarakatiga ham huquqiy baho berilishi lozim deb xisoblayman.


Yuqoridagilarga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi kassatsiya sudlov hay’atidan so’rayman:


Jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent viloyat sudi apellyatsiya instantsiyasining 24-dekabr 2021 yildagi hukmining zararni undirish qismini o’zgartirib, sudlanuvchi Miraglayeva Maxfuza Mirortiqovnadan 11.957.000 so’m (O’n bir million to’qqiyuz ellik yetti ming) so’m zararni “Kapitalbank” foydasiga undirish to’g’risida ajrim chiqarishni.


Shikoyatga ilova: 1. Pasport nusxasi. 2. Xukm nusxasi. 3. Apellyatsiya instantsiyasi xukmi nusxasi 4. Shartnoma nusxasi.


“___” ______ 2022 yil. Nishanbayeva M. O
Download 18.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling