Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlaim fan va innovatsiyalar vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Iqtdisodiyot


Download 1.71 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1513045
Bog'liq
biznes huquq


Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy taʻlaim fan va innovatsiyalar vazirligi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti
Iqtdisodiyot yo’nalishi 1i-22 guruh talabasi
Qodirov Turobning
Biznes huquq fanidan
Litsenziya va litsenziyalash mavzusida tayyorgan
Taqtimoti

Tayyorlovchi Qodirov Turob
Qabul qiluvchi: Qarshiev Jasur

Litsenziya tushunchasi


Litsenziya (lot. licentia —ruxsatnoma , huquq) vakolatli organlar tomonidan shaxslarga yoki tashkilotlarga ma’lum bir muddatga faoliyatni amalga oshirish uchun beriladigan ruxsatnoma.
Litsenziat — faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Litsenziyalash — litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani topshirish, qabul qilish va ko‘rib chiqish, litsenziyani berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash hamda tugatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar majmui
Litsenziya, mutaxassislar tomonidan o’z sohalarida faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan bilim, tajriba va sifatli huquqiy talablarni o’rganishini ta’minlaydi. Litsenziyalash tizimi jamoatning manfaatini himoya qilish va ustunlik standartlarini saqlab qolishga xizmat qiladi.
Litsenziyalashning asosiy maqsadi jamoatni himoya qilish va sohaning yangi kirishchilar uchun to’g’ri talablar bilan belgilanib, ruxsat berishdir.
Litsenziya olish
Faoliyatning turiga qarab litsenziyani olish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ya’ni www.mygov.uz orqali qabul qilinadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish:
litsenziyalovchi organ tomonidan 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda;
sud tomonidan 10 ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga amalga oshirilishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatiladigan holatlar:
litsenziya talablari va shartlari buzganligi aniqlanganda;
litsenziyalovchi organning aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chiqargan qarori litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
Muhim! Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud.
LITSENZIYA OLISH UCHUN ZARUR HUJJATLAR RO'YXATI
Litsenziya olish uchun malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda familiyasi, ismi, otasining ismi va fuqarolik pasportining ma’lumotlari koʻrsatiladi;
fuqaroli pasportining nusхasi;
oliy yuridik ma’lumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusхasi;
mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan nusхasi;
talabgor toʻgʻrisidagi ma’lumotlardan iborat boʻlgan shaхsiy varaqa;
malaka imtihonini topshirganligi toʻgʻrisidagi malaka komissiyasining qarori;
talabgor tomonidan uning arizasini adliya organi koʻrib chiqishi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.;
Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar
Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar:
talabgorlarning murojaatlarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi;
litsenziyalar beradi yoki ularni berishni rad etadi, litsenziyalarning amal qilishi muddatini uzaytiradi;
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtiradi;
litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turadi, qayta tiklaydi;
litsenziyalarni bekor qiladi yoki ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;
litsenziyalarni o‘zgartiradi;
litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar qonunga, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash haqidagi nizomlarga va ularning pasportlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Litsenziyalarning turlari
Litsenziyalar namunaviy (oddiy) va yakka tartibda bo‘lishi mumkin.
Agar cheklanmagan miqdordagi talabgorlar faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan yagona litsenziya talablari va shartlariga javob bersa, ushbu shaxslarga beriladigan litsenziyalar namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga kiradi.
Talabgorlarga alohida litsenziya talablari va shartlari asosida beriladigan, faoliyatning muayyan turini amalga oshirishda litsenziatlarga mutlaq huquqlarni taqdim etadigan litsenziyalar yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga kiradi.
Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish, qoida tariqasida, tanlov (tender) asosida amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddati
Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.Litsenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni o‘zgartirganlik uchun davlat boji undiriladi.davlat boji miqdorlari hamda uni to‘lash tartibi “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilanadi.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun litsenziyalar ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi, bundan quyidagilarni amalga oshirish uchun litsenziyalar mustasno:
tibbiy faoliyat;
farmatsevtika faoliyati;mineral o‘g‘itlarning, o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha faoliyat;
E`TIBOR UCHUN RAHMAT!!!!
Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling