Qonunga ko‘ra, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish davlatning kiberxavfsizligini taʼminlashda ustuvor hisoblanadi


Download 66.82 Kb.
bet1/16
Sana19.04.2023
Hajmi66.82 Kb.
#1365305
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ismoil Kiber huquq lab1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
Kiber-huquq va kiber-etika



Guruh: 711-20
Bajardi: Nasiraliyev Ismoil

Toshkent 2023
2020-yil 15 aprel kuni “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Qonunga ko‘ra, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish davlatning kiberxavfsizligini taʼminlashda ustuvor hisoblanadi.
Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini Prezident belgilaydi.
Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Qonunga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari kiberxavfsizlikni taʼminlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy taʼminotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar to‘g‘risidagi axborotni olish huquqiga ega.
Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslari maʼlumotlarining saqlanishini taʼminlash maʼlumotlarning zaxira nusxalarini yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ularning saqlanish muddati oxirgi 3 oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza majburiy tartibda yoki kiberxavfsizlik subyektlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Quyidagilar kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim:
– davlat organlarining axborot resurslari;
– davlat organlarining axborot tizimlari;
– muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari.
Ekspertiza o‘tkazish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari hamda resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qo‘llaniladigan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalar majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.
Axborot tizimlari va resurslarida aniqlangan zaifliklar, kibertahdidlar, kiberhujumlar hamda boshqa buzg‘unchilik harakatlari to‘g‘risidagi, shuningdek axborotlashtirish obyektlari haqidagi axborot ularni himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilganidan keyin kiberxavfsizlik subyektining ruxsati bilan oshkor qilinishi mumkin.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

Download 66.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling