Qonunga ko‘ra, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish davlatning kiberxavfsizligini taʼminlashda ustuvor hisoblanadi


-bob. Kiberxavfsizlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish


Download 66.82 Kb.
bet14/16
Sana19.04.2023
Hajmi66.82 Kb.
#1365305
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ismoil Kiber huquq lab1

7-bob. Kiberxavfsizlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish
32-modda. Kiberxavfsizlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Kiberxavfsizlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash quyidagilardan iborat:
kiberxavfsizlik sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
kiberxavfsizlik subyektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘larini kiberxavfsizlik sohasini moliyalashtirish uchun jalb etishga shart-sharoitlar yaratish;
kiberxavfsizlik sohasida ilmiy-texnika yutuqlariga asoslangan mahsulotlarning va ilg‘or texnologiyalarning kafolatlangan tarzda joriy etilishini ta’minlash maqsadiga qaratilgan davlat xaridlarini tashkil etish;
kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga, shuningdek ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish.
33-modda. Kiberxavfsizlik sohasida ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan kiberxavfsizlik sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni davlat buyurtmasi doirasida bajarish uchun buyurtmalarni joylashtirish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va texnologik ishlarni moliyalashtirish uchun kiberxavfsizlik subyektlariga subsidiyalar ajratish;
innovatsion mahsulotlarga bo‘lgan talabni, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) maqbullashtirilishini rag‘batlantirish;
kiberxavfsizlik darajasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradigan, shu jumladan mavjud ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish borasidagi innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish;
kiberxavfsizlik sohasida ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni amalga oshirish hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
kiberxavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq davlat xaridlarini amalga oshirishda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotga ustuvorlik berish.

Download 66.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling