Nitrozali usulda katalizator rolini azot oksidlari o'ynaydi. Suyuq fazada nasadkali minorallarda oksidlanadi.
XIX asrning boshlarida SO2 ni platina katalizatori ishtirokida SO3 ga oksidlash mumkinligi aniqlandi. XIX asrning oxirlari XX asrning boshlarida bu usul kontakt (gazning katalizator bilan to'qnashuviga asoslanganligi uchun) usuli deb atalib, sanoatda qo'llanila boshlandi.
Nitrozali usulda olinadigan sulfat kislotaning sifati pastligi, 75% dan yuqori konsentratsiyali kislota olib bo'lmasligi, NO2, SO2, SO3 kabi gazlarning atmosferaga chaqirib yuborilishi tufayli atmosferaning zaharlanishi kabi kamchiliklarni bu usulni kontakt usuli tomonidan siqib chiqarishiga sabab bo'ldi. Sobiq ittifoqda 1975- yillardan boshlab faqat kontakt usuli bilan sulfat kislota ishlab chiqarish bo'lmalari qurilmoqda. Hozirgi paytda ishlab chiqarayotgan sulfat kislotaning 95 % ga yaqini kontakt usulida ishlab chaqirilmoqda.
Sulfat kislota qanday usulda ishlab chiqarilishidan qat'i nazar birinchi bosqich oltingugurtli ashyolarni kuydirib SO2 olishdir, So'ngra uni tozalab SO3 gacha oksidlantiriladi va suvga yuttirib kislotaga aylantiriladi.
Sulfat kislota olishda ishlatiladigan asosiy qurilmalar. Hozirgi zamon kontakt apparatlari asosan qaynovchi qatlamda ishlovchi apparatlar bo'lib, unda SO2 ni oksidlanish darajasi 99% ga tengdir.
Kontakt usulida sulfat kislota ishlabchiqarishning oxirgi bosqichi bu oltingugurt (VI) oksidining absorbsiyalanibkonsentrlangan sulfat kislota va oleum hosil qilishidir.
Eski 5 tokchali kontakt apparatlarida SO2 ning SO3 ga aylanishi 98 % nitashkil qilardi. Qolgan 2 % zaharli gaz- SO2 atmosferaga chiqarib tashlanar edi. Bu esa atrof- muhitni zaharlar edi. Yirik zavodlarda esa bu juda xavfli (juda ko'p gaz atmosferaga chiqib ketadi) va bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Shuning uchun hamkeyingi yillarda IK/IA sistemasiga o'tildi.
Bu 2 marta kontaktlash va 2 marta absorbsiyalash degan ma'noni anglatadi. Sxemada ko'rinib turibdiki,gaz (S02) kontakt apparatining uch qavat katalizatoridan o'tgach, oleum olishuchun birinchi absorbsiyaga oleumli adsorberga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |