O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatisiyalar vazirligi
II BOB. QORAQALPOQ MADANIYATINGNING OʻZIGA XOS JIHATLARI
Download 0.67 Mb.
|
islom
II BOB. QORAQALPOQ MADANIYATINGNING OʻZIGA XOS JIHATLARI.
2.1 Qoraqalpoq xalq an'analarini o'rganish Qoraqalpoq xalqining madaniyati. CHimboy, Qo’ng’irot, Xo’jayli shaxarlarida qoraqalpoq xunarmandlari ko’pchilikni tashkil qilgan. Masalan, temirchi, duradgor, kigizbosuvchilar, zargarlar, bo’yoqchi, kulolchi, to’qimachikabilar. Ustaxonada 3-4 odamishlagan. SHogirdlar 12-13 yoshdan qabul qilingan.Orol dengizi bo’yi Terbenbes ovulida Arzimbet zargarning ishlari tarixi yasarlard ata’kidlanadi. U qoraqalpoq ayollarining sevimli bezagi savkalani moxirona ishlagan. Sirg’a, bilaguzuk, uzuk, xaykal, o’ngirmunchoq, zebigardon tumorchalar ham yasagan. Ayniqsa, qoraqalpoq yigitlari qiyadigan cho’girmalarini tikish yuksak maxorat talab etgan.Yana bo’rk tikib kiyishgan. Uni qoraqalpoqlar quroch de batashadi. Ayollar, qizlar kiyimlari orasida ham asrlar osha qadri tushmay kelayotganlari bor.Qoraqalpoqlar Nukus, Qiyot, Qo’ng’irot, Qipchoq kabi shaxarlarda yashaganlar. Zarafshon vodiysida XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning 37 ovuli mavjud bo’lgan. Mazkur shaxarlarning eng yirigi Qo’ng’irot bo’lib, u Orolliklar markazi bo’lgan. Xo’jayli Orol birlashmasi bilan Xiva orasidagi savdo markazi bo’lib, bojxona shu shaxarda joylashgan.Yana Mang’it, CHimboy, Jangaqal’a, Oydo’sqal’a, Ernazarqal’a, Ko’ko’zak, Eshonqal’a shaxarlari qoraqalpoq xalqi tomonidan yaratilgan madaniy va me’morchilik yodgorligi markazlari xisoblanadi. 9Qoraqalpoq yoshlari Buxoro va Xiva shaxarlarida o’qiganlar. Qoraqalpoqlar yurtida XIX asr boshlarida 318 ta maktab, Qoraqum Eshon, Qalilaoxun, Egambergan oxun, Oybiteshon, Eshonqal’a va boshqa mavzelarda madrasalar bo’lgan.Qoraqalpoqlar o’z to’y-ma’rakalarini qo’shiqsiz, dostonlarsiz, tarixiy xangomalarsiz o’tkazmaydilar. Ularning xalq og’zaki ijodi judaboy. Qoraqalpoq folьklor namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular o’z so’z ustalari bo’lgan chechanlarni, jirov-baxshilarini qattiq sevdi. El oqsoqollari, raxbarlari yonidan qissaxonlar arimagan.O’zbeklarning afandisi bo’lsa, ularning O’mirbek laqqasi bor. Qoraqalpoqlarning qaxramonlik dostonlari qadimdan ma’lum. Ulardan “Qirqqiz”, “Alpomish”, “Ko’blan”, “Mastpodsho” dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi.Qoraqalpoqlarning xalq qo’shiqlarida el yo’lboshchilari, kaxramonlari Mamanbotir, Esangeldimaxram, Oydo’stbiy, Ernazarbiylar ulug’lanadi.Qozoq ma’rifatparvar olimi CHo’qon Valixonovaning “Qoraqalpoqlar saxrodagi birinchi shoir ham qo’shiqchilar, shundan keyin qirg’izlar ham turkmanlar”, degan so’zlari bejiz aytilmagan.Qoraqalpoq xalqi og’zaki ijodi janr jixatidan lirik va epik asarlarga bo’linadi.Qoraqalpoq adabiyotida XVII-XVIII asrlardagi tarixiy voqealarni badiiy shaklda aksettirgan “Qirqqiz” dostoni aloxida o’rin tutadi. Bu asar qoraqalpoq xalq qaxramonlik eposidir.Asar erksevarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. Asarning bosh qaxramoni Guloyim o’zining qirq nafar dugonasi va o’z sevgilisi Arslon bilan birga Eron shoxi Nodirshox hamda qalmoqxoni Surtoysha xujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Guloyim Xorazmni ozod qilib, u yerda qoraqalpoq, turkman, o’zbek va qozoq xalqlari vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi.Asarda Guloyim bilan bir qatorda jang qilgan Oltinoy, O’tbosgan, Arslon, Sarvinoz kabilar tisolida mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, insoniylik, ayni paytda dushmanga nisbatan shafqatsizlik xisloatlari o’z ifodasini topgan.Qoraqalpoq yozma adabiyoti. XVIII asrdan boshlab qoraqalpoq yozma adabiyoti shakllandi va rivojlana boshladi.XVIII-XIX asrning birinchi yarmida qorqoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan qator namoyandalari qalam tebratganlarki, ularning nomlari bugungi kunda xam ardoqlanadi. Ulardan biri Jien Jirov (1730-1784) edi. U mashxur baxshi sifatida kamol topdi. Ayni paytda she’rlar xam bitdi. “Xayr endi, do’stlar”, “Yuragimda ko’p dog’im”, kabi she’rlarida jamiyatdagi noxaqliklardan noliydi.Jien Jirav xajviy asarning xam ustasi edi.10 U “Xoy xonimiz,xonimiz” kabi xajviy she’rlarini yaratgan.Ma’lumki, qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilgan edi. Bu mag’lubiyat natijasida ular azob-uqubatlarga duchor etilgan. Xususan, Sirdaryo bo’ylaridagi qoraqalpoqlar xar yoqqa tarqab ketganlar. Ularning bir qismi esa Toshkent atrofiga ( CHirchiq bo’ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga ( Orol dengizining janubiy soxillariga) ko’chib ketganlar. Mana shu mashaqqatli ko’chishlarning guvoxi bo’lgan Jien Jirov o’zining “ Darbadar el” nomli dostonini yaratgan edi.Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan yana biri Kunxo’ja Ibroxim o’g’li (1799-1830 yy) edi.Uning butun umri muxtojlikda o’tgan. SHoirning “O’roqchilar”, “Oq qamish”, “CHo’ponlar” kabi she’rlari diqqatga sazovordir.Ajiniyoz Kasibay o’g’li (1811-1878 yy) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biri. Mo’ynoqdagi eski maktabda o’qigan. Keyin Xivadagi SHerg’ozixon madrasasida ilm olgan. SHoirning “ Bo’zatov” dostonida qorqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishiga majbur etilganligi, katta maxorat bilan bayon etilgan. Ajiniyoz shoir she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari ustun turadi. SHoir Ajiniyozni butun O’rta Osiyoda tanitgan asari “Qiz Mengash bilan aytishuv” asari edi.Qoraqalpoq xalqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900 yy) nomi bilan mashxurdir.Berdimurod Qarg’aboy o’g’li Berdaq yoshligidan ota-onasidan yetim qolib, bir burda non uchun ovulma-ovul ish qidirishga majbur bo’lgan. U ijodini 18-19 yoshlarida do’mbira chertib she’r aytishdan boshlangan. 25 yoshida iste’dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Uning she’rlarida xalqning xayotida aks ettirilgan. Berdaq tarixiy mavzularida xam qalam tebratgan. Uning “Avlodlar”, “Omongeldi”, “Oydosbiy”, “Ernazarbiy” kabi asarlarida xalq qaxramonlari faxr bilan kuylanadi. Qoraqalpoqlar urug’larga bo’lingan, ularda yerdan foydalanish jamoa tariqasida kechar edi. Urug’lar sug’orish kanallari qazilishi uchun mas’ul bo’lishgan. Chorva xususiy mulk bo’lgani bois unga urug’ tamg’asi urilar va jamoa yaylovlarida boqilar edi. Qoraqalpoqlarning har bir ovul aholisi bitta urug’ga mansub edi. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo’lishi uchun Muhammad Rahimxon I “Qoraqalpoqlar ulusi”ni shakllantirdi, barcha qoraqalpoq jamoalari ana shu ulusga kirganIjtimoiy hayot. Qoraqalpoq urug’larini boshqarish biy va uning oqsoqollari qo’lida edi. Urug’ biylarini Xiva xoni tayinlar va uning mansabga tayinlanganligini tasdiqlovchi yorliq berilar edi. Biylar qo’l ostidagi urug’ning istagan a’zosiga aybi uchun jazo berar, o’zlariga yoqqan odamlarga tortiq va hadyalar in’om qilar edi. Xiva xonining alohida ishonchini qozongan biylarning vakolatlari yanada kengaytirilib, alohida muruvvat ko’rsatilgan. Har bir urug’ va qabilalardan jangovor otryadlar tuzilar, bu otryadlarga qoraqalpoq harbiy boshliqlaridan yuzboshilar tayinlanar edi. XIX asr o’rtalarida butun qoraqalpoq urug’larini boshqarish, soliqlar undirish, harbiy xizmatni o’tash majburiyatlariga doir ishlarni yanada tartibga solish maqsadida beklarbegi tayin etilgan. Ayrim tumanlarni idora qilish uchun esa xon o’zining qarindosh-urug’lari va ishonchli odamlarini qoraqalpoqlar yashayotgan quyi Amudaryo va Orolbo’yi hududlariga jo’natib turdi. Shuningdek, ularga yordam berish uchun qozilarni ham qo’shib yubordi. Xo’jaligi va mashg’ulotlari. Qoraqalpoqlar XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib o’troqlashib, dehqonchilik ular hayotida asosiy o’rinni egallay boshladi. Ammo chorvachilik ham yetakchi sohalardan biri bo’lib qolaverdi. Dehqonchilik ishlari qizg’in vaqtlarda qoraqalpoq oilalari ekinzor yerlarning qulay bir joyiga o’z o’tovlarini qurib mehnat qilganlar. Ana shunday tinch mehnat bilan band bo’lgan paytlarda bosqinchilik bilan boylik orttirishni kasb qilib olgan qaroqchi guruhlar qoraqalpoqlar o’tovlariga to’satdan hujum qilar edi. 11Bu kutilmagan bosqin natijasida ular ko’plab mol-mulklaridan ajralardi. Bunday paytlarda yurt oqsoqollari Xiva xonidan o’zlarini himoya qilishni so’rab choparlar yo’llardilar. Qoraqalpoqlarda urug’chilik va qabilaviy munosabatlar. XIX asrda ham qoraqalpoqlarning ayrim ovullarida urug’ munosabatlari mustahkam tarzda davom etdi. Xitoy-qipchoq, mang’it va kenagas qabilalari tarkibidagi urug’lar “o’n to’rt urug`” – aris (urug’) birlashmasini tashkil qil;gan. Arislar orasida eng yirigi o’n to’rt urug’ bo’lsa, harbiy kuch borasida ikkinchi o’rinda shulluk va joungurni birlashtirgan aris-qo’ng’irotlar turar edi. Ularda yer-suv mulki, chorva mahsulotlari urug’niki deb hisoblansa-da, urug’ oqsoqollari, ruhoniylar va biylarning ulushi katta miqdorni tashkil qilgan. Bu hol XIX asr ikkinchi yarmida tabaqalanish jarayonining kuchayishini yanada tezlashtirdi. Qorqalpoq urug’larini boshqarish biy va uning oqsoqollari qo’lida bo’lgan. Urug’ biylarini Xiva xonlari tainlar va mansabga tayinlanganligini tasdiqlovchi yorliq berar edi. Biylar qo’l ostidagi urug’ a;zosini jazolar, loyiq deb bilgan odamlrga tortiq va hadyalar in’om qilardi. Xiva xonining ishonchini qozongan biylarning vakolatlari yanada kengaytirilib ularga alohida muruvvat ko’rsatilgan.XIX asrning ikkinchi yarmida butun qoraqalpoq urug’larini boshqarish, soliqlarni undirish, harbiy xizmatni o’tash majburiyatlariga doir ishlarni tartibga solish maqsadida beklarbegi lavozimi tayin etilgan.Urf-odatlari va turmush tarzi. Qoraqalpoqlarda urug’chilik o’ziga xos qadriyat bo’lib, uning ta’siri oila va qarindoshchilik munosabatlarida ko’zga tashlanib turar edi. Har bir urug’ o’z qavmining mustahkamligini ta’minlashga intilgan.Har bir urug’ning o’ziga xos dafn marosimlari bo’lib, ularning qabristonlari ham alohida edi. An’ana bo’yicha qabristonga ularda shu urug’ning mashhur avliyo yoki pir darajasidagi kishilari dafn etilgan.To’y marosimlarida urug’ning barcha a’zolari ishtirok etishi shart bo’lgan. Umuman olganda, qoraqalpoqlar ko’chmanchilikdan o’troq turmushga o’tishgacha bo’lgan uzoq davrda, xalq bo’lib shakllanish jarayonida o’ziga xos ma’naviy-moddiy qadriyatlar yaratdi. Mehr-oqibat, insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan turmush tarzi shakllandi. “Qirqqiz” va boshqa turkiy xalqlarning ma’naviy mulki bo’lgan turli xil dostonlarda mardlik, erksevarlik, Vatanga sadoqat, sof sevgi, or-nomus ustuvor edi. Bu g’oyalar qoraqalpoqlar xalqi hayotidan mustahkam o’rin oldi.12 Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling