O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatisiyalar vazirligi
Download 0.67 Mb.
|
islom
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3 Adabiyotning rivojlanishi.
Xiva juma masjidi diqqatga sazovordir-uning o'ziga xosligi shundaki, uning hovlisi yo'q. Uning tonozlari 212 ta o'yma ustunlarni qo'llab-quvvatlaydi, ularning har biri o'ziga xos naqsh va tarixga ega. Masjid ichida kun davomida yorug'lik va soyaning g'ayrioddiy aralashmasi hukmronlik qiladi, bu esa eng issiq kunda salqinlikni ta'minlaydi. Ustunlar shunday joylashtirilganki, minbar har qanday joydan ko'rinadi-ibodat paytida imonlilar unga murojaat qilishlari kerak bo'lgan Makkaning ramzi bo'lgan joy.
Hiva quyosh botishi va kechasi juda chiroyli, lakonik rangli yorug'lik va oy nuri Ichan Kaluni ertakga aylantiradi. Tungi Ichan Kale bo'ylab sayr qilish mutlaqo xavfsizdir, bu eng qiziquvchan sayyohlar tomonidan qo'llaniladi. Ichki shaharda 300 ga yaqin oila yashaydi, xalq hunarmandchiligi juda yaxshi rivojlangan, asosan yog'och o'ymakorligi. Deyarli har bir Xiva uyi mahalliy hunarmandlar tomonidan o'yilgan eshiklar bilan bezatilgan 1.3 Adabiyotning rivojlanishi. Xivada Komil Xorazmiy (1825-1899), Muhammadrasul Mirzo (1840-1922), Muhammad Rahimxon Feruz (1844-1910), Ahmad Tabibiy (1869-1911), Muhammad Yusuf Bayoniy (1840-1923), Ilyos Mulla Muhammad o’g’li So’fi (1860-1916), Mutrib Xonaxarobiy (1870-1925), Muhammad Yusuf Chokar (1872-1951), Avaz O’tar o’g’li (1884-1919), Abdurazzoq Faqiriy (1884-1925), Safo Mug’anniy (1882-1938), Komiljon Devoniy (1887-1938), Muhammad Rahim Rog’ib (1918 y.vafot etgan) kabi ko’plab shoirlar yashab ijod etdilar. Adabiy harakat ko’proq ma’rifatparvar podshoh, «Feruz» taxallusi bilan she’rlar yozgan Muhammad Rahimxon II atrofida rivoj topdi. Muhammad Rahimxon Soniy — Feruz (1844-1910) saroyda adabiy muhit maydonga keltirdi. 1864 yili 20 yoshida taxtga chiqib, salkam 47 yil hukmronlik qilgan bu xon, uni yaqindan bilgan ko’pchilik tadqiqotchilar fikricha, O’rta Osiyo xonlari orasida eng aqllisi, eng ziyolisi edi. U «usuli jadid»ga yo’l berdi, ruslar kelmasdan ancha ilgari Xivaga toshbosma olib keldi. Uning topshirig’i bilan Ahmad Tabibiy (1869-1911) «Maj-muatush-shuaroyi Feruzshohiy» («Feruzshoh shoirlari antologiyasi»)ni tuzadi. 30 shoirning she’ridan namuna beradi. Ular orasida Komil Xorazmiy (1825-1899), Muhammadrasul Mirzo (1840-1922), Avaz O’tar (1884-1919) kabi xilma-xil ko’lam va qudratdagi shoirlar bor edi. Shoir va tarixchi Bayoniy shoh va shoir Feruz zamonida ko’plab madrasalar qurilganini, matbaachilik yo’lga qo’yilganini, kitobxonlik avj olganini, xonning o’zi bularning barchasiga bosh-qosh bo’lganini yozadi. Bayoniyning «Shajarayi. Xorazmshohiy»sidan: «Xon hazratlari haftada ikki kun: juma va dushanba oqshomlarida ulamo bilan suhbat tuzub, kitobxonliq etdurur erdilar. Andog’kim, Yusufhoji oxund va Ismoilxo’ja oxund va Xudoybergan oxund va olimu ulum ma’qul va manqulda Mullo Muhammadrasul va faqiri haqir majlisi humoyunlarig’a haf-tada ikki martaba hozir bo’lub, kitobxonliq etar erduk. Goho domla Muhammadrasul bila ikkovimiz kirib, suhbati humoyunlarida kitobxonliq bo’lur erdi va sipohiylar va to’ralarni ham kitobxonliq etarga targ’ib etar erdilar. Bas, hamma kitobxon bo’ldilar». Shoirlikning havosi ham, maqomi ham baland edi. Xonning atrofidagi amaldorlaridan, aka-uka qarindoshlarigacha she’r yozar edilar. Bayoniy ularni nomma-nom keltirgan. Masalan, Otajon to’raning «Komron», tug’ishgan ukasi To’ramurod to’ra (1855-1908)ning «Murodiy» taxallusi bilan she’rlar yozganini ma’lum qiladi.6 Feruz tashabbusi bilan Xorazm tarjima maktabi maydonga keldi. Mutaxassislarning aniqlashicha, XIX asrning o’rtalarida Xivada saksondan ko’proq kishi tarjimonlik bilan muntazam shutullangan. 120 asar tarjima qilingan. Ayrimlari 2—5 marta o’zbekchaga ag’darilgan. Aksariyati fors-tojik tilidan o’girilgan. Bu asarlar janrlariga ko’ra ham xilma-xil edi. Ular orasida badiiydidaktik asarlar, ishqiy-sarguzasht qissalar katta o’rin egallagan edi. Tarjimonlar orasida esa Ogahiy, Komil, Bayoniy, Tabibiy kabi ma’lum va mashhur nomlar bilan bir qatorda Muhammadrasul Mirzo, B.Sanoiy, Rojiy, Tolibxo’ja, M. Rafe’, Habibiy, Mag’furxo’ja kabi ko’pchilikka uncha tanish bo’lmaganlari ham bor edi. Tabiiyki, ularning mehnat va san’at darajalari ham turlicha edi. Ogahiy yigirmadan ortiq asarni fors tilidan o’zbekchaga o’girdi. XIX asrning 2-yarmi — XX asr boshlarida esa bu an’anani Tabibiy va Bayoniy davom ettirdilar. Bayoniy «Tarixi Tabariy» kabi nasriy asarlar qatorida Kamolildin Binoiyning «Shayboniynoma» singari masnaviyda yozilgan tarixiy-badiiy asarlariga ham qo’l urdi. Mavlono Darvesh Ahmadning arab tilidagi «Sahoyiful-axbor» («Xabarlardan sahifalar», 1-2-jildlari) nomli tarix kitobini mahorat bilan tarjima qildi. Atoulloh ibn Fazlulloh Husayniyning «Ravzatul-ahbob»i («Do’stlar bog’i») o’zbekcha tarjimasini tahrir etdi. Komil Xorazmiy XVIII asrda yashagan Barxurdor Mumtozning «Mahbubul-qulub» («Ko’ngullarning sevgani»), Faxriddin Ali Safiyning «Latoyifut-tavoyif» («Turli toifalarning latifalari») singari ixcham nasriy hikoya va latifalar to’plamlarini o’zbekchalashtirdi. Boy an’anaga ega musiqa rivoj topdi. Tanbur notasi kashf qilindi (Komil). She’r va musiqa hamkorligi kuchaydi. Feruz Xorazm shashmaqomini taraqqiy toptiryudda katta xizmat qildi. Xonning amri bilan shoir Ahmad Tabibiy tomonidan 1908 yili yaratilgan «Majmuatush-shuaro» («Shoirlar to’plami») she’riy (masnaviy yo’lida) bo’lib, 1638 sahifadan iborat edi. Qo’qon xoni Amir Umarxonning 1821 yilda tuzdirgan «Majmuai shoiron»ini esga tushiruvchi bu kitob «Majmuatush-shuaroyi Feruzshohiy» nomi bilan tanildi. Undagi matnlarning aksariyati o’zbek tilida edi. Xivadagi ikkinchi tazkira XX asrning 20-yillarida tuzildi. Uning muallifi Hojimurod Laffasiy (1880-1945) bo’lib, «Xiva shoir va adabiyotchilarining tarjimai hollari» asarida xorazmlik 51 shoir haqida ma’lumot beradi. Muhammad Yusuf Bayoniy (1840-1923) Xorazm adabiyo muhitining ko’zga ko’ringan vakillaridan, Xivaning 1804-1806 yillardagi xoni Eltuzarxonning chevarasi. Otasi Bobojonbek zamonasining taniqli ziyolilaridan bo’lgan.7 Muhammad Yusuf yoshligidan yuksak tarbiya topdi, she’rga, ilmga, musiqaga ko’ngil qo’ydi. Iste’dodli shoir, muarrix, mutarjim, mug’anniy va musiqa bilimdoni bo’lib etishdi. Zamondoshlari Ahmad Tabibiy, Laffasiy o’z tazkiralarida uning hayoti va faoliyati haqida atroflicha ma’lumot beradilar. Uning shaxsini ham, iste’dodini ham yuksak baholaydilar. Bayoniydan bir she’riy devon, «Shajarayi Xorazmshohiy» va «Xorazm tarixi» kitoblari hamda yuqorida nomlari zikr etilgan 4 tarjima asari qolgan. Devoni XIX asrning 60-yillaridan 1905 yilgacha bo’lgan she’rlarini qamrab oladi. Tarix asarlarining katta qismini Bayoniyning o’zi guvoh bo’lgan voqealar tash-kil qiladi. Xususan, «Shajarayi Xorazmshohiy»dagi rus bosqini voqealari tasviri yuksak vatanparvarlik ruhi bilan sug’orilgan. Shoirning 1905-1923 yillarda yozgan she’riy asarlari namunalari o’sha davr vaqtli matbuotida uchraydi. Bayoniy haqida XX asrning 60-yillaridan tadqiqotlar paydo bo’la boshladi. 1962 yili S. G’anieva va H.Muxtorova «G’azallar» nomi bilan bir dasta she’rlarini e’lon qildilar. I. Adizova 1990 yili uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida nomzodlik dissertatsiyasi yoqladi va u 1995 yili risola holida bosilib chiqdi. Bir yil oldin esa ushbu mualliflarning tashabbusi bilan «Shajarayi Xo-razmshohiy»ning qisqartirilgan ixcham nashri amalga oshirilgan edi.8 Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling