O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va innovatsialar vazirligi qarshi davlat universiteti geografiya va agronomiya fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi


Download 38.35 Kb.
bet2/8
Sana04.02.2023
Hajmi38.35 Kb.
#1165203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Janubiy sharqiy Osiyo

1 Asosiy xususiyatlari
Antropologik jixatdan Janubi-Sharkiy Osiyo xalklarining deyarli xammasi mongoloid tipidagi Janubiy Osiyo kichik irkiga oid. Paleantrologik ma'lumotlariga karaganda paleolit va mezolit davrlarida maxalliy axolining bir kismi avstroloid guruxini tashkil kilgan yoki uziga xos aralashma tipidan iborat bulgan. Shuning uchun xam xozirgacha Janubi-sharkiy Osiyo axolisining etnik kiyofasi ancha murakkab.
Kit'a kismida yashovchi eng katta etnos – vyetnamliklar 40 mln. kishidan iborat. Tili va madaniyati jixatidan ularga yakin bulgan mianglar respublikaning turli rayonlarida joylashgan. Vyetlarning garbi, butun Xindixitoy yarim orolida tay tilida suzlashadigan xalklarning katta guruxi yashaydi. Shulardan eng kup sonlilalari kxontailar yoki Tailand siamlari, laos va shan xalklardir. Vyetlar va taylarga irkiy, xujalik va madaniy belgilari bilanmyao-yao guruxiga oid xalklar yakin turadi. Bularning xammasi lingvistik jixatdan mon-kxmer til oilasiga kiradi. Asli kxmer tillarida Kampuchiyaning tub axolisi, Vyetnam, Laos va Tailand kxmerlari, Birma va kisman Tailandda yashovchi mon (talain)lar, Malakkadagi senoi va semanglar suzlashadi. Xitoy-tibet til oilasiga oid katta til guruxining vakillaridan birmaliklar va ularga yakin koren, kaya, kachin va xokazo xalklardir. Maxsus adabiyotda avtroneziya yoki malayyapolineziya til oilasiga kiritilgan avstroosiyo til guruxiga eng kup millatli Indoneziya xalklari kiritilgan. Sunggi lingvistik ma'lumotlarga karaganda bu yerda 300 dan ortik tillar va 1000 ga yakin shevalar mavjud bulib, shularning 96 foizi avstroneziya til oilasiga tegishli. Yavaliklar sundlar, madurlar, minengkabau, bugi, makasara, filippinlardan tagal, iloq biloq visayya kabilar xam shu til oilasi vakillaridir. Til va millatlarning shakllanish jarayoni mustamlakachilik davrida bir oz sustlashgan bulsa-da, ammo xar xolda davom kilib kelgan.
Ma'lumki, Janubi-sharkiy Osiyo anroponezis xudud, ya'ni odamzod paydo bulgan rayonlarga kiradi. Kadimiy tarixiy davrlarda Osiyo kit'asi Avstraliya bilan birikkan bulib 5 kit'aga odam usha tabiiy kuprik orkali kuchib tarkagan. Maxalliy xalklarning etnogenezi xam uzok utmishdagi etnik guruxlarning migrasiyasi bilan bevosita boglikdir. Xindixitoy yarim orolida kadimiy davrlarda xozirga nisbatan mon-kxmer tilida suzlashadigan kabilalar kuprok bulgan. Indoneziya va Filippin orollarida negro-avstroloid xalklar joylashgan bulib papaus va melaneziya tiplari bilan chatishib ketgan. Eramizning boshlarida shimoliy va sharkiy tomondan kuplab kela boshlagan mongoloid elatlar mon-kxmerlarni kuvib chikara boshlaydi va xozirgi vyet, tay, lao va birma tillariga asos soladi. Uz navbatida, Malakka va Indoneziya orollarining aborigen axolisini kit'adan bir necha tulkinda kuchib kelgan mongoloid aralash kabilalar soxillardan ichki urmonzorlarga kuchishga majbur kilgan. Yava va Sumatra orollariga eramizning boshlarida Janubiy Osiyodan kelib joylashgan kelgindilar maxalliy xalklarning siyosiy va madaniy xayotida muxim rol uynagan edi. Ular induzm va buddizm dinlari, yozuv va boshka madaniy an'nalarning keng tarkalishiga sabab bulgan. Usha davrlardayok bu yerda dastlabki davlatlar paydo buladi, bu davlatlar urta asrlarga kelib ancha tarakkiy etadi va dexkonchiliq savdo, xunarmandchiliq fan va san'at ancha rivojlanadi. VII-VII1 va ayniksa X1U asrlarda Indoneziya va Malayziyaga kisman Filippinga, Vyetnam va Kampuchiyaga islom dini tarkala boshlagan.
Janubi-Sharkiy Osiyoning serunum tuprogi, namli va issik iklimi kadimiy davrlardan dexkonchilik xujaligini, ayniksa sholikorlikni keng tarkalishiga sabab bulgan. Yukorida kayd kilinganidek sholikorlik bu yerda neolit davrida paydo bulib, dastlab uni tay va avstroneziya xalklari egallagan. Endi sugorma omoch dexkonchiligi Janubi-sharkiy Osiyo axolisining asosiy mashguloti bulib, ular kup joyda yiliga ikki marta xosil oladilar. Ular sholidan tashkari dukkakli va ildizmevali ekinlar, makka, bogdorchilik va sabzavot ekinlar yetishtiradilarlar. Texnik ekinlardan kauchuk va kofe daraxtlari, kokos palmasi xam ekiladi. Ishlab chikarish kurollari deyarli bir xil: oddiy yogoch omoch va tishli mola bilan yerga ishlov beradilar, xaydalgan yerga yogoch bilan kovlab urug soladilar yoki tayyor mol yuborib yanchadilar. Asosiy ekinlardan, masaslan, Vyetnamda, sholi, makka, kauchuk daraxti, ildizmevali ekinlar, choy va payta ekiladi. Laosda kizil shillik sholi, bogdorchiliq sabzavotchiliq kisman chorvachilik va balikchilik rivoj topgan. Birmada poliz ekinlari, bogdorchilik kishlok xujaligining asosini tashkil kiladi, sholidan tashkari ba'zi rayonlara choy, kofe daraxti, shakarkamish, kakos palmasi va banan ekiladi. Kampuchiyada sholikorlik bilan balikchilik muxim soxa bulsada, kauchuk kabi kimmatbaxo daraxtlar xam yetishtiriladi. Indrneziya va Filipinda sholi, makka, loviya, turli sabzavotlar, meva, shakarkamish, kofe kabi ekinlar keng tarkalgan. Orollarida balikchilik muxim rol uynaydi. Guruch, baliq sabzavot, meva, usimlik yogi kabi maxsulotlar butun maxalliy axolining tirikchiligidir. Gusht kam, asosan bayramlarda iste'mol kilinadi, kuproq parranda, nomusulmon axoli esa chuchka gushtini iste'mol kiladi.
Kup joylarda motiga dexkonchiligi xozirgacha saklanib kelmokda. Janubiy Osiyodagi singari bu yerda xam urmon va butazorlarni chopib, kurigandan keyin kuydirnib kuliga urug sepadilar. Urugni motiga yoki tayok bilan kovlab kumilgan, ba'zi kabilalar esa chukurchalarga tashlab ketverganlar. Shundan sung bu ekinga boshka xech kanday ishlov berilmagan, okibatda juda past xosil olingan. Kuydirilib ekiladigan dalalar ikki-uch yildan sung yangilangan. Ular kushimcha ovchiliq balikchilik va terimchilik bilan shugullanganlar. Ayniksa ilon ovi ancha daromad keltirgan. Ilonni tutib, terisini shilib kimmat baxoga sotganlar. Uy xunarmandchiligi xam ularga kushimcha daromad keltirgan.


Download 38.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling