O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirlgi angren universiteti mustaqil ish mavzu


Download 225.72 Kb.
bet12/13
Sana30.10.2023
Hajmi225.72 Kb.
#1734940
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
mustaqil usti

T1 - yangi texnika bo’yicha tadbirlar joriy qilingungacha bo’lgan mahsulot yoki ish birligining tannarxi (so’m hisobida);
T2 - shuning o’zi, tadbirlar joriy qilingandan so’ng (so’m hisobida);
K1 - tadbirlar joriy qilingungacha mahsulot birligiga sarflangan kapital mablag’lar miqdori;
K2 - shuning o’zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so’ng;
A2 - yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab tayyorlanadi-gan yillik mahsulot yoki ishlarning natura birligi.
Yen - kapital xarajatlarning normadagi qiyosiy samaradorligi koeffitsiyenti.
U yangi kapital qo’yilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini hamda bir so’mlik kapital qo’yilma bir yilda mahsulot tannarxini necha tiyinga kamaytira olishni bildiradi. Masalan, sanoat tarmog’i uchun belgilangan samaradorlik koeffitsiyenti normasi 0,15 bo’lsa, bu shu tarmoqda har bir so’m kapital qo’yilmalar mahsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng kami bilan 15 tiyinlik tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsiyenti "0"dan "1"ga qancha tez intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, xarajatlarning reja qoplanish muddati esa shuncha qisqa bo’ladi.
Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bog’liq bo’lgan omillar ta’sirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va korxona uchun uning texnik-iqtisodiy xususiyati sababli samaradorlikni oshirishning o’ziga xos omillari mavjud.


3. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning omillari va yo’llari


Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning juda ko’p, xilma-xil omillari va asosiy yo’nalishlar mavjud. Barcha omillar uch belgiga asosan guruhlarga bo’linishi mumkin: manba bo’yicha, ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari bo’yicha, omillarning o’rni va amalga oshirish darajasi bo’yicha.
Omillarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbalari bo’yicha tasniflash nimalar hisobiga ijtimoiy mehnatni tejashga erishish mumkinligini yoki erishilganligini aniqlashga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, fond sig’imi hamda kapital mablag’ talablikni kamaytirish, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni tejash. Lekin bunday tasniflash talabga javob bermaydi. Bu savollarga javob topish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari bo’yicha guruhlash kerak. Ular ijtimoiy mehnatni tejashga qaratilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar kompleksidan iborat. Bu yo’nalishlar g’oyat xilma-xildir. Eng muhimlariga quyidagilar kiradi:
-ishlab chiqarish tarkibini yaxshilash;
-fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning texnik - iqtisodiy darajasini ko’tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish muddatini qisqartirish;
-ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash,
kombinatlashtirish va hududiy joylashtirish darajasini oshirish;
-boshqarishning tarkibini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda rag’batlantirish tizimini takomillashtirish;
-inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yo’lga qo’yish.
Sanoat ishlab chiqarishini erkinlashtirish va bu tarmoqda islohotlarni chuqurlashtirish samaradorlikni oshirishning asosiy yo’nalishi hisoblanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi yo’llaridan yana biri fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishdir. Texnik va texnologik omil mehnat unumdorligini o’stirishning kamida uchdan ikki qismini ta’minlaydi.
Ma’lumki, iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida texnika taraqqiyotining xarakteri va mazmuni o’z xususiyatlariga ega bo’ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o’tish natijasida fan-texnika taraqqiyoti undagi miqdoriy o’zgarishlargagina emas, balki ko’proq sifat o’zgarishlariga qaratiladi. Umuman, samaradorlik iqtisodiyotdagi sifat o’zgarishlari bilan bog’liqdir, bu talab fan-texnika taraqqiyotiga ham to’liq joriy etiladi.
Xulosa

Xulosa qilib aytganda bozor munosabatlarini rivojlantirishning asosiy elementi bo’lgan raqobat, bilamiski raqobatsi rivojlanish bulmaydi biz kup takidlab utdig raqobat mamlaktni, davlatni rivojlantruvchi kuch desag mubolag’a bo’lmaydi.


Sanoat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini yuqori darajaga ko’tarishda inson omilining roli beqiyosdir. Insonlarning tashabbusi, kuch-g’ayrati, jonli ijodiyoti har qanday taraqqiyotning qudratli kuchi va eng muhim manbai hisoblanadi. Shu sababli ham insonni jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi deb aytadilar. U barcha yangiliklarni, shu jumladan, yangi, ilg’or texnika-texnologiya-larni yaratadi, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy va amaliy kashfiyotlar qiladi. Barcha ishlab chiqarish vositalari inson mehnati bilan harakatga keltiriladi, foydali narsalar hosil qilinadi. Biroq inson faqat asosiy ishlab chiqaruvchi kuchgina emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning subyekti hamdir. Odamlar faoliyati shu munosabatlar orqali ro’yobga chiqadi. Bu faoliyat yo’nalishi va natijalari xodimning o’z faoliyatida qanday o’y-fikrlarga, tasavvurlarga, maqsadlarga, hayotiy yo’l-yo’riqlarga, muddaolarga va psixologik e’tiqodlarga amal qilishiga bog’liq. Shu sababli inson omilining mohiyati, ahamiyati va mazmuni tahlil etilganda gap faqat inson haqidagina emas, balki avvalo inson yashab, mehnat qilayotgan ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi bilan belgilanuvchi ijtimoiy sifatlar, faoliyatni rag’batlantiruvchi omillar va muddaolar haqida borishi kerak.
Shu o’rinda aytishimiz mumkunki biznig O’zbekistonimizda olib borlayatgan isloxatlar yangi qarorlar shu jumladan bozur sharoyiti uchun ishlab chiqilgan qonunlar bular xammasi davlaltimizning rivojlanishi uchun qilnayotgan sayin xarakatlar desag mubolag’a bulmaydi.
Raqobat bozoming muhim xususiyatlaridan biri boiib hisoblanadi. U bir tomondan, ishlab chiqarish munosabati sifatida namoyon boisa, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi mexanizm sifatida namoyon boiadi. Raqobatli bozor ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy resurslami optimal taqsimlashga imkon yaratadi. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat eng avvalo ikki turga - tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga boiinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular sof raqobat, monopollashgan raqobat, sof monopoliya va oligopoliyadir.
Raqobat - xo‘jalik yuritishning asosiy usuli hisoblangani uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bogiiqdir. Raqobat muhiti deb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xo‘jalik yuritishda teng imkoniyatlami ta’minlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashkiliy va siyosiy sharoitlar majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mayjudligi - alohida olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilib hukmronlik mavqeiga erishishiga halaqit beruvchi asosiy omildir.
Monopoliyani tartibga solish - miqdoran hisoblash imkoniyati kam boigan juda murakkab jarayondir. O‘zbekistonda davlatning monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari nafaqat monopoliyani cheklash, balki monopoliyadan chiqarish jarayoni bilan uzviy ravishda olib borilmoqda.

Download 225.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling