O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirlgi angren universiteti mustaqil ish mavzu


Download 225.72 Kb.
bet8/13
Sana30.10.2023
Hajmi225.72 Kb.
#1734940
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
mustaqil usti

Tabiiy resurslar - yer-suv, unumdor tuproq, o’rmon, qazilma boyliklar, utloqlar foydalanishga tortilsa, ular ham daromad keltiradi.
Tadbirkorlik – bu insonning yaratuvchilik faoliyati bo’lib, uni amalga oshirish uchun insonda tashabbus, tashkilotchilik ishbilarmonlik qobiliyatlari bo’lishi kerak va iqtisodiy xaf-xatardan, tavakkalchilik hamda javobgarlikdan ham cho’chimasligi lozim degan ma‘noni bildiradi.
Ishlab chiqarish jarayoni – bu iqtisodiy kategoriya bo’lib, o’zini va insonlarni iste‘moliga zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ne‘matlar yaratish maqsadida o’z qobiliyatini ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishidir. Ishlab chiqarish tufayli iste‘mol qiymat va qiymat yaratiladi.
Ishlab chiqarishning umumiy samarasi - bu ishlab chiqarishga sarf qilingan resurslar xarajatlari bilan hosil qilingan daromadlar o’rtasidagi nisbatdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot – bu ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning (ishchi, xizmatchi, dehqon, fermer va h.k) zaruriy ish vaqtida yaratgan va ularni ishchi kuchini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mahsulotlardan iboratdir.
Qo’shimcha mahsulot - bu ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning qo’shimcha ish vaqtida yaratilgan mahsulotidir. U sof mahsulotining zaruriy mahsulotdan oshiqcha qismi bo’lib, tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga tegishli bo’ladi.
Ishlab chiqarish funktsiyasi - bu ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari o’rtasidagi bog’liqlikdan iborat.
Qo’shilgan kapital - bu ishlab chiqarishda band bo’lgan kapital miqdoriga yangi qushimcha ravishda qo’shilgan kapital yoki kapital yoki kapital miqdorining o’sgan qismidir.
O’rtacha mahsulot - ishlab chiqarishga jalb qilingan to’g’ri keladigan mahsulot miqdoridan iborat.
So’nggi qo’shilgan mahsulot - so’nggi qo’shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga kupaygan (o’sgan) mahsulotni bildiradi.
1. Samaradorlik sanoat ishlab chiqarishining "ko’zgusi" sifatida.
Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning o’rni va ahamiyati
Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy strategiyasi uzoq vaqtga mo’ljallangan fundamental maqsadlarni o’rtaga qo’yish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo’llarini belgilashni ham o’z ichiga oladi. Bular orasida ishlab chiqarish samaradorligini to’xtovsiz oshirib borish asosiy o’rinda turadi.
O’zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish, kelajakda esa – ularni mo’l-ko’l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir.
Mustaqillikka erishilganlik, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyat yaratilayotganlik, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o’ringa qo’ydi. Binobarin, Respublika Prezidentining ma’ruza va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning mohiyati va ahamiyati, dolzarb muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va intensiv taraqqiyot yo’liga o’tkazish munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil etib berilmoqda.
Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil: miqdor va sifat, ekstensiv va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo’r beruvchi, kuchaytiruvchi omillar harakatda bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish bo’ladi; agar yana ham ko’proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari qo’llaniladigan bo’lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga keladi.
O’zbekiston sanoatida ana shu ikki yo’ldan oqilona foydalanish natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o’sib bormoqda.
Samaradorlik so’zi - bu eng ko’p uchraydigan umumiy tushunchalardan biri bo’lib, iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o’qish va o’qitish samaradorligi, davolash va davolanish samaradorligi, qabul qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlar samaradorligi va hokazolar.
Samaradorlik sanoat ishlab chiqarish faoliyatining "ko’zgusi" hisoblanadi. Bu "ko’zgu"da ishlab chiqarishning barcha natijalarini ko’rish mumkin. Ma’lumki, har bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs o’z ishlab chiqarish faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Uning uchun ma’lum xarajatlar qiladi. Ana shu foyda bilan xarajatlar o’rtasidagi farq tarmoq va korxona faoliyatining "ko’zgusi" bo’lgan samaradorlikda ko’zga tashlanadi. Ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat.
Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o’rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqozo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab ko’p natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo’ladi: a) moddiy resurslar, b) mehnat resurslari, v) moliyaviy resurslar, g) energetik resurslar, d) axborot resurslari. Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning aniq-ravshan yo’nalishlari Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ko’rsatib berilgan.

Download 225.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling