Tadqiqot ob’ekti va predmeti:
Tadqiqot ob’ekti: Xorazm viloyati Urganch shahri viloyat markazi hisoblangani bois ushbu shahar tadqiqot ob’ekti sifatida tanlab olingan.
Tadqiqot predmeti: OTM lari soni ko‘pligi Urganch shahrida talabalarga TTJ binolarini qurishga ham extiyoj ortib bormoqda. Ushbu extiyojni inobatga olib Urganch shahri OTMlari tanlab olindi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari:
OTM talabalari uchun TTJ binolarining arxitekturaviy – loyihaviy shakllantirish va Talabalar uchun yotoqxona binolarining tipologik echimlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va loyihalar ishlab chiqishdan iborat.
Qo‘yigan maqsad quyidagi vazifalarni belgilab oladi:
OTM Talabalar uchun yotoqxona binolarining xozirgi kundagi xolati taxlili;
OTM Talabalar uchun yotoqxona binolarining tarixiy shakllanishi, xorijiy mamalakatlar TTJ binolarini o‘rganish va taxlil qilish.
OTM Talabalar uchun yotoqxona binolarining yangi tipologik echimlarini tuzish.
Muammo va talablarni tadqiq qilgan xolda loyihaviytaklif ishlab chiqish.
Ilmiy yangiligi. Ilmiy izlanishning yangiligi shundan iboratki,
OTMlarida TTJ binolari arxitekturaviy – loyihaviy loyihalar ishlab chiqish, ekspert so‘rovlari, naturaviy kuzatuv va chet el tajribalarini taxlil qilish asosida o‘quv uassasalari Talabalar uchun yotoqxona binolarining tipologik echimlarini takomillashtirilgan loyihaviy echimini shakllantirish, OTM xududida TTJ binolarini qurish rejasini qilishda bosh rejada joylashishi bo‘yicha orientatsiyani inobatga olish nazarda tutiladi. Bu bilan yotoqxona binolari xonalariga quyosh nurining tushishi va boshqa omillarni inobatga olish masalalariga aloxida e’tibor qaratiladi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va vazifalari: OTM da TTJ binolarini loyihalashda ixcham kompozitsion echimga ega bo‘lagn, iqtisodiy samaradorlikka ega, talabalar uchun qulay, tipologik va kompozitsion rejaviy echimlarini loyihalarini ishlab chiqish, qurilishga tadbiq qilish, Xorazm iqlim sharoiti uchun qulay bo‘lgan TTJ binolarini qurishning qulay variantlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |