O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi urganch davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Download 38.54 Kb.
bet1/9
Sana21.04.2023
Hajmi38.54 Kb.
#1370666
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
автореферат қисми (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Qo’lyozma huquqida
725,85 UDK5
ABDULLAEV RAXIMBOY QADAM O‘G‘LI

Talabalar uchun yotoqxona binolarining tipologik echimlarini takomillashtirish (Urganch shaxri misolida)
70730101– Bino va inshootlar arxitekturasi

Magistr
Akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya
AVTOREFERATI
kelishildi”
Magistratura bo’limi boshlig’i
____________ Y.R. Toxirov
____________2023 y.

Arxitektura” kafedrasi mudiri


____________ M.B.Setmamatov
____________2023 y.

Ilmiy rahbar: ____________ arx.f.n., dots. M.B.Setmamatov

Urganch - 2023
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Fakultet: Texnika
Kafedra: Arxitektura
O’quv yili: 2021-2023

Magistr: Abdullaev R.Q.
Ilmiy rahbar: arx.f.n., dots. M.B.Setmamatov
Mutaxasisligi: Bino va inshootlar arxitekturasi


MAGISTRLIK DISSERTATSIYA ANNOTATSIYASI

  1. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.

Bugun sayyoramiz miqyosida olganimizda ham jahon tamaddunining harakatlantiruvchi kuchi, taraqqiyot kemasiga tezlanish bera oluvchi qatlami malakali, zamon talablarini ilg‘ay oladigan, ularga “labbay” deb javob bera oladigan, professional omilkor mutaxassislar ekanini anglaymiz. Bunday kadrlarni esa, shubhasiz, oliy ta’lim tizimi tayyorlab beradi.
SHu sababli ham bugun dunyo taraqqiyotning tamal toshi, mamlakatni qudratli, millatni buyuk eta oladigan qudratli kuch bo‘lgan ilm-fan, ta’lim va tarbiyaga alohida e’tibor qaratmoqda. Jahonning qator etakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Zero, mamlakatning ertangi kuni, ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlarga bevosita va bilvosita bog‘liq.
Keyingi yillarda oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan o‘quv-uslubiy materiallar va o‘quv dasturlari, etakchi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng joriy qilish orqali o‘quv sifatini oshirish masalalariga keng e’tibor qaratilyapti. Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari soni va samaradorligini oshirish hisobiga oliy ta’limga qamrov darajasini 2030 yilga qadar ellik foizdan oshirish, oliy ta’lim muassasalarini yanada ko‘paytirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Kamida o‘nta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 taligi ro‘yxatiga, jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta oliy ta’lim muassasasi ro‘yxatiga kiritish borasidagi sa’y-harakatlar davom etmoqda.
Jamiyatimiz taraqqiy etishi natijasida yuqorida qayd qilingan Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari soni va samaradorligini oshirish hisobiga oliy ta’limga qamrov darajasini 2030 yilga qadar ellik foizdan oshirish vazifalari belgilan olingan. Buning negizida talabalar soni oshishi natijasida talabalar turarajoy binolari (TTJ)ga bo‘lgan talabning oshishi ham muqarradir. Ushbu OTMlariga bo‘lgan qamrov natijasida TTJ binolarini qurish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Ushbu masalalalarni echimini topishda binolarni qurishda yangicha yondoshuvlarni talab etadi. Bugungi kunda tipik loyihalardan tashqari Xorazm iqlim sharoitini inobatga olib yozda salqin qishda esa issiq havo haroratini mo‘‘tadilligini saqlash maqsadida tipologik va kompozitsion rejaviy echimlarini o‘zida mujasam qilgan binolarni loyihalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.


  1. Download 38.54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling