O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi urganch davlat universiteti qo’lyozma huquqida
Ilmiy tadqiqot ishidan kutilayotgan gipoteza
Download 38.54 Kb.
|
автореферат қисми (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharxi
Ilmiy tadqiqot ishidan kutilayotgan gipoteza. Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan OTM binolarining bosh rejasi xududida TTJ binolarini loyihalashda ushbu xududda bino atrofida miqroklimit yaratish, Bino ichida ham mikroklimitni yaxshilash va mo‘tadil havo haroratini saqlash talabalar uchun juda shinam bo‘lgan sharoitlarni yaratish mumkin bo‘lgan vazifalar o‘z echimini topgan.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharxi: 1. H.M. Ubaydullayev va M.M. Inog‘omovaning “Turar joy va jamoat binolarini loyihalashning tipologik asoslari” darsligida yotoqxonalar to’g’risida umumiy ma’lumotlar keltirilgan. 2. Borovkova A.A.ning “Talabalar yotoqxonalari ichki makonlarini shakillantirishdagi muammo va tendentsiyalar” nomli maqolasida talabalar uchun yashash muhitining hozirgi holati ko'rib chiqiladi. Yotoqxonalarning arxitektura muhitini o'zgartirish va ularni kelgusida amalga oshirish uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqishda talabalar turar joylarining ichki makonini multifaktorial baholashning muallif metodologiyasi va uni shakllantirish texnikasi keltirilgan. 3. Choydonov Bulat Rinchinovichning Magistrlik dissertatsiyasida TPU kampusining yashash muhitining qulaylik darajasini yaxshilash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. 4. Popov Aleksey Vladimirovichning “Oliy o'quv yurtlarining talabalar turar joyi arxitekturasini shakllantirish tamoyillari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida quyidagi qimmatli ma’lumotlar keltirilgan: - zamonaviy talabalar turar joyini me'moriy shakllantirish tamoyillari ishlab chiqilganligi; - talabalar turar joyini loyihalash uchun metodologiya va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilganligi; - talabalar uchun ilmiy asoslangan turar-joy hujayralari tipologiyasi yaratilganligi qayd etilgan. - Universitet majmualari hududini arxitektura va fazoviy tashkil etishning asosiy tamoyillari ochib berilgan. 5. Yagafarova Yekaterina Andreyevnaning “Arxitektura va fazoviy muhitni shakllantirish: Xitoy universitet komplekslarini tahlil qilish” nomli maqolasida universitetlarning me'moriy va fazoviy muhitini shakllantirish muammolari ko'rib chiqilgan. Xitoy universitet kampuslarini rivojlantirish va o'zgartirish tajribasi o'rganilgan va universitet majmualari hududini arxitektura-makon tashkil etishning asosiy prinsiplari aniqlangan. 6. Murtazin A. R.ning “Konteynerlardan talabalar turar joylarini qurish bo'yicha xorijiy tajribani o'rganish” nomli maqolasida konteynerlardan foydalanib qurilgan talabalar turar joylarining iqtisodiy samaradorligi o’rganilgan. 7. O. V. Kropotovaning “zamonaviy turar-joy talabalar muhitining arxitektura tashkilotining sifati” nomli maqolasida Zamonaviy ijtimoiy-madaniy talablar va so'nggi davlat o'zgarishlaridan kelib chiqqan holda universitetlar majmualari tarkibida turar-joy talabalar shaharchalarini yaratish uchun zarur shart-sharoitlari o’rganilgan. 8. M. G. Zobovaning “Rossiyadagi universitet kampuslarining arxitektura va shaharsozlik tipologiyasini yangilash” nomli maqolasida Universitet kampuslarining mavjud rus tipologiyasining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy, shaharsozlik, funktsional – rejalashtirish va kompozitsion kamchiliklarini tahlil qilingan. 9. N. S. Dolotkazina, Y. P. Pritkovalarning “Talabalar shaharchalarini loyihalash tamoyillari” nomli maqolasida Rossiyadagi mavjud talabalar turar joylarining holati tahlil qilingan, chet elda talabalar shaharchalarini qurish misollari keltirilgan. Zamonaviy talablarga javob bermaydigan talabalar turar joylarini loyihalash bo'yicha eskirgan Rossiya me'yoriy-huquqiy bazalarini qayta ko'rib chiqish zarurligi muhokama qilingan. 10. T. O. Sitman, K. V. Akinshinalarning “Talabalar shaharchasini talabalar uchun zamonaviy uy-joy sifatida shakllantirish muammolari” nomli maqolasida talabalar uchun ijodiy, zamonaviy yashash muhitini loyihalashtirishning zamonaviy tendentsiyalarini o'rganish maqsadida amalga oshirilgan. Mavjud yotoqxonalarda muammoli vaziyatlar aniqlangan. 11. Z. F. Nizomutdinovaning “Universitet kampusining me'moriy landshaft ramkasi modelini ishlab chiqish” nomli maqolasida universitet kampuslarining fazoviy muhiti ko'rib chiqilgan va integratsiyalashgan tipdagi universitet komplekslarining har xil turlari tahlil qilinagan. 12. Chernyak Olga Vladimirovnaning “Turar-joy talabalar muhiti arxitekturasini shakllantirishning ijtimoiy-ekologik jihati” nomli maqolasida Ural federal universiteti kampusini loyihalash sharoitida dolzarb bo'lgan turar-joy talabalar muhitini shakllantirish masalalari o’rganilgan. 13. I. B. Dagdanovaning “Universitet kampusi ijtimoiy o'zaro ta'sir maydoni sifatida (chet eldagi zamonaviy kampuslar misolida)” nomli maqolasida zamonaviy universitet kampuslarini qurish bilan bog'liq masalalar, ta'limning eng yaxshi sifatiga erishish uchun dizayn strategiyalari, shaxsning uyg'un rivojlanishi uchun sharoitlar muhokama qilingan. 14. Sosnina Aleksandra Mixaylovnaning “Talabalar turar joyi muhitini shakllantirish tamoyillari” nomli magistrlik dissertatsiyasida talabalar yashashi uchun mo'ljallangan ob'ektlarning ichki qismini shakllantirish tamoyillari va usullarini aniqlash boyicha izlanishlar olib borilgan. 15. T.V. Zaxarova, O.V. Ustyuzjantsevalarning “universitet ekokampus: jahon tajribasi va rossiya dinamikasi” nomli maqolasida ekologik kampuslarni rivojlantirish bo'yicha jahon tajribasini o'rganish va umumlashtirish, shuningdek, ruslarning kampuslarni ko'kalamzorlashtirish masalalari o’rganilgan. Download 38.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling