Tadqiqotda qo‘llaniladigan metodikaning tavsifi:
Tadqiqot ob’ekti kuzatuv, ekspert so‘rovlar, kuzatish, rasmga olish, arxitekturaviy anlitik uslublari;
Tadqiqot ob’ektlari bo‘yicha tarixiy axborot manba ma’lumotlari, ob’ekt bo‘yicha fotofiksatsiyalar, TTJ binolarining OTMlarida joylashgan xududlarining taxliliy uslublari;
Pilotaj metodi yordamida o‘quv muassasalaridagi yotoqxona binolarini tadqiq qilish;
Tajribali arxitektorlar olinadigan fikr va mulohazalar.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy axamiyati:
Tadqiqot nazariy axamiyati: tadqiqot natijasida Arxitektura ta’lim yo‘nalishidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalarning Turarajoy binolari bobining Mexmonxona va talabalar turarjoy binolari bo‘limini to‘liqyoritishda asos bo‘ladi.
Tadqiqot amaliy axamiyati: Xorazm viloyati Urganch shahri iqlim sharoitiga mos va zamonaviy arxitektura echimlariga ega bo‘lgan TTJ binolarini takomillashtirishda arxitekturaviy taklif loyihasi takomillashtiriladi, jaxon tajribasi talablarga javob bera oladigan milliy an’analarimizni o‘zida aks ettirgan TTJ binosi loyihasining yangicha taklifi yaratiladi.
Ish tuzilmasining tavsifi: Magistrlik dissertatsiyasi kirish, asosiy qism, xulosa va ilovalardan iborat bo‘ladi. Kirish qismida magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi, tadqiqot ob’ekti va predmeti, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi, tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari, tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharxi, tadqiqotda qo‘llaniladigan metodikaning tavsifi, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliyahamiyati hamda ish tuzilmasining tavsifi yoritilgan. Asosiy qism esa 3 bobdan tashkil topgan bo‘lib, 1-bobda Xorazm viloyati Urganch shahridagi OTMlaridagi talabalar yotoqxona binolari arxitekturaviy rejaviy kompozitsion hamda tiplogik echimining xozirgi xolati, 2-bobda Xorazm viloyati Urganch shahridagi OTMlaridagi talabalar yotoqxona binolari arxitekturaviy rejaviy kompozitsion hamda tiplogik echimini takomillashtirishga ta’sir etuvchi omillar, 3-bobda Talabalar yotoqxonalariga arxitekturaviy loyihaviy takomillashtirishga yangicha yondashuv va takliflar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |