O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi toshkent moliya instituti


Pul-kredit siyosatining foiz instrumentlari


Download 255.02 Kb.
bet10/13
Sana11.05.2023
Hajmi255.02 Kb.
#1450796
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
aaaaaaaa

Pul-kredit siyosatining foiz instrumentlari
Inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan foydalanishda asosiy e’tibor tijorat banklarining likvidligini boshqarish maqsadlariga qaratiladi. Bunda bozor instrumentlarini qo‘llashni faollashtirish vazifalaridan kelib chiqib, Markaziy bank foiz instrumentlarining samaradorligi oshirib boriladi.8
Xususan, ularning ta’sirini oshirish maqsadida likvidlik taqdim etish va tijorat banklarining mablag‘larini Markaziy bank depozitlariga jalb qilish operatsiyalarining turlari va hajmlarini kengaytirish nazarda tutilgan. Pul-kredit siyosatining asosiy mo‘ljali sifatida monetar operatsiyalar bo‘yicha asosiy stavka va foiz koridori joriy qilinishi Markaziy bankning foiz instrumentlari ta’sirchanligini oshirish imkonini yaratadi.Bundan tashqari, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, pul-kredit siyosatining operatsion parametrlari qaytadan ko‘rib chiqiladi.
Kelajakda Markaziy bankning garov asosida kreditlash operatsiyalari muddatlari qayta ko‘rib chiqilib, ularning turlari optimallashtirilib umumlashtiriladi. Shu bilan birga, tijorat banklariga milliy valyutadagi ortiqcha zaxiralarni joylashtirish imkonini beruvchi depozit sxemalari joriy qilinib, bu foiz koridorining pastki chegarasini saqlab qolinishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, tijorat banklari likvidligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida garov ta’minoti turlari va tartibini kengaytirish orqali likvidlik berish mexanizmini takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Bank tizimidagi qisqa muddatli likvidlikni sifatli prognozlash masalasi pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan samarali foydalanishda katta ahamiyat ega. Mazkur yo‘nalishda Markaziy bankning prognoz-tahlil imkoniyatlarini kuchaytiriladi, bu borada Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik va axborot almashinuvi yanada mustahkamlanadi.
Ochiq bozor operatsiyalari
Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishning asosiy bozor instrumentlaridan biri ochiq bozor operatsiyalari hisoblanadi. Pul-kredit siyosatining faol bosqichga o‘tish sharoitida bank tizimidagi likvidlikning maqsadli operatsion ko‘rsatkichlarga mosligini ta’minlashda ochiq bozor operatsiyalarini doimiy ravishda o‘tkazib borish ko‘zda tutilmoqda. Ochiq bozor operatsiyalari strategiyasini ishlab chiqishda quyidagilarga ustuvor ravishda e’tibor qaratiladi:
operatsion maqsadlarga erishish;
likvidlik oqimlarining keskin tebranishlarini qisqartirish;
pul bozoridagi foiz stavkalarini Markaziy bank foiz stavkasiga yaqin darajada shakllanishini ta’minlash;
instrumentlarning harajat va foydaliligining maqbul nisbatiga erishish;
bozorni yanada rivojlantirish va boshqalar.
Bunda, ochiq bozor operatsiyalarida foydalaniladigan instrument turlarini Markaziy bank tomonidan bosqichma-bosqich ko‘paytirilib boriladi.
Xususan, Markaziy bank iqtisodiyotdagi va bank tizimidagi holatdan kelib chiqib, ochiq bozor operatsiyalari turlari va hajmlarini belgilaydi, ular qatoriga:
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan stavkada cheklangan hajmdagi kimoshdi savdolari;
garov ta’minoti asosida milliy valyutada kreditlar berish;
davlat qarz majburiyatlari chiqarilishi bilan ular bo‘yicha RYePO operatsiyalari;
milliy valyutadagi muddatli depozitlar va boshqalar kiradi.
Ochiq bozor operatsiyalarini o‘tkazishda asosiy e’tibor o‘tkaziladigan operatsiya muddatlarining likvidlik maqsadli darajasi bilan muvofiqlashtirish, bozorni yanada rivojlantirish, operatsiyalarni amalga oshirish jarayonlarining ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash qabi vazifalarga qaratiladi.
O‘z navbatida, Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini faollashtirish maqsadida 2018 yilda davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish borasida Moliya vazirligi bilan tegishli tadbirlarni amalga oshiradi. Shu bilan birga, Markaziy bank operatsiyalarini takomillashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish ishlari davom ettiriladi.
Ta’sirchan foiz siyosatini amalga oshirishda banklararo pul bozorining samarali ishlashi muhimligini inobatga olib, Markaziy bank ushbu bozorning har tomonlama rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratadi. Xususan, 2018 yilda qisqa muddatli likvidlik berish jarayonini takomillashtirish maqsadida banklararo pul bozorining yagona elektron platformasini ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu tadbirning amalga oshirilishi tijorat banklarining bo‘sh pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona platformaga jamlash va bozor ishtirokchilari uchun foiz stavkalari dinamikasini kuzatish imkonini yaratadi hamda foiz stavkalarining bozor mexanizmlari asosida shakllanishiga xizmat qiladi.
Ayni vaqtda yagona elektron platforma Markaziy bankning bozor operatsiyalari orqali qisqa muddatli foiz stavkalariga tezkor ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va pul-kredit siyosati uzatish mexanizmining foiz kanali ta’sirini kuchaytiradi.

Download 255.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling