O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi toshkent moliya instituti
Download 255.02 Kb.
|
aaaaaaaa
Prudensial nazorat choralari
Bank tizimining moliyaviy mustahkamligi va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bank nazorati choralarining samarali qo‘llanilishi, pul-kredit siyosati ta’sirini oshirishning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Bank nazoratini xalqaro amaliyot va andozalarga muvofiq holda takomillashtirilishi, bank tizimida raqobat muhitining kuchayishi hamda tijorat banklarining kredit siyosatida bozor mexanizmlarini keng qo‘llashni davom ettirilishi, o‘z navbatida, bank tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlayda va pul-kredit siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa Xorijiy mamlakatlarning inflyatsion targetlashga o‘tish tajribasi ushbu rejimga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish tadbirlarini yakunlash uchun talab etiladigan uzoq muddatni inobatga olib oraliq davrda amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati narxlar barqarorligini ta’minlash va zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini qamrab oladi. Inflyatsion targetlashga o‘tish davrida asosiy e’tibor 2017-2021 yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish va inflyatsion targetlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksida ko‘zda tutilgan rejalarni to‘laqonli bajarilishini ta’minlashga, iqtisodiy islohotlar davrida inflyatsion bosim va risklarning oldini olishga hamda iqtisodiy-huquqiy bazani mustahkamlashga qaratiladi. Xususan, qonunchilik asoslarini mustahkamlash borasidagi tadbirlar “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni o‘z ichiga oladi. Inflyatsion targetlashga o‘tishning huquqiy asoslari yaratilganligi hamda pul-kredit siyosatining tamoyil va mexanizmlarini amaliy jihatdan qayta ko‘rib chiqish jarayonining boshlanganligiga qaramasdan, ushbu rejimga to‘laqonli o‘tish qator xatar va cheklovlar hisobiga qiyinlashadi. Xususan, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar inflyatsion kutilmalarining barqaror yuqori darajada saqlanib qolayotganligi inflyatsion targetlashga muvaffaqiyatli o‘tish jarayonidagi asosiy cheklovlardan biri hisoblanadi. Bunda iqtisodiyotning barcha sektorlarini erkinlashtirish davrida inflyatsion bosimning oshishi inflyatsion xatarlar saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Inflyatsion kutilmalarning o‘tgan yillardagi narxlar dinamikasi asosida shakllanishini hisobga olganda, iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni pasaytirish va barqarorlashtirish o‘tish davridagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi. Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyatsiyani hisoblash va baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion targetlashga o‘tish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi. Shu bilan birga, mavjud xatarlar va to‘siqlar inflyatsion targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi. Download 255.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling