O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Download 171.71 Kb.
|
kurs loyiha (7) (2)
METODIK QISM
2.1. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish qurilmalariga qo‘yiladigam asosiy talablar. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xonalarida sanitar normalari (QMQ 3.01.02-00) bo‘yicha belgilangan havo tarkibidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari saqlanishi kerak. Har qanday normal sharoitda ishlayotgan sanoat korxonalari ishlab chiqarish zonalarida, chang yoki zaharli moddalar ajralmagan taqdirda ham, inson organizmi uchun yetarli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi birmuncha omillar mavjudki, ularni hisobga olmay iloj yo‘q. Bu omillar havo harorati, nisbiy namligi va harakati, shuningdek, ishlab chiqarish jihozlaridan ajralib chiqayotgan issiqlik, ma’lum bir hajmga ega bo‘lgan ishlab chigarish zonasida doimiy mikroiqlim tashkil qiladiki, bu muhitda doimiy mehnat qilish, inson organizmining issiqlik balansi talablariga javob bermay qolishi mumkin. Issiqlik balansining saqlanmasligi qanday kasalliklarga olib kelishi mumkin ekanligini aytib o‘tgan edik. Inson organizmi har xil sharoitlarga ko‘nikish va moslashish qobiliyatiga ega. Lekin bu moslashish ma’lum chegaradagina amalga oshadi. Ana shu moslashish chegaralari SN 245-71 bo‘yicha belgilangan. Shuning uchun ham shamollatish qurilmalarini loyihalash va o‘rnatishda qurilish qoida va normalariga, tashkiliy masalalarga, shamollatish sistemalarida yong‘inga va portlashga qarshi qo‘yilgan shartlarni ta’minlashga alohida e’tibor berish zarur. Shuningdek, O‘zbekiston qurilish davlat qo‘mitalari tomonidan chiqarilgan tarmoq normalari va normativ adabiyotlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Sanitar norma talablari bo‘yicha ishlab chiqarish zonalaridagi havo muhitiga yil fasllariga qarab har xil talab qo‘yiladi. Shamollatishni uch xil rusum bilan ishlaydigan qilib hisoblash kerak: yilning issiq, o‘rtacha va sovuq davrlari. Bunda har bir davr uchun sanoat muhitining va tashqi muhitning ma’lum harorati va nisbiy namligi hisobga olinadi. Umumiy shamollatish. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan har xil zararli moddalarni shamol yo‘nalishtirish vositasi bilan birgalikda chiqarib yuborishning imkoniyati bo‘lmasa yoki ajralib chiqayotgan moddalar texnologik jarayonning hamma uchastkalaridan ajralib chiqayotgan bo‘lsa, unda yakka tartibdagi shamollatish vositalarini qo‘llash imkoniyati yo‘qoladi. Ana unday hollarda umumiy shamollatish usulidan foydalaniladi. Umumiy shamollatish vositasini zararli moddalar yoki issiqlik eng ko‘p ajralib chiqayotgan zonaga o‘rnatish kerak. Ishlab chiqarish zonalarida yig‘ilgan havodagi zararli moddalar shaxta va fonarlar, shuningdek, havo almashtirish maqsadida o‘rnatilgan havo qabul qilish vositalari orqali chiqarib yuborilishi mumkin. Sof havoni esa yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vositalarning biri yordamida amalga oshirish mumkin. Qanday yo‘l bilan xonaga sof havo berish va zararli moddalar yig‘ilgan havoni chiqarib yuborish usullari, zararli moddaning xona bo‘ylab tarqalish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar sexda ko‘plab issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan mashina va mexanizmlar o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning sexda joylashish holatiga asosan shamollatish usullari belgilanadi. Bundan tashqari har xil zararli faktorlarga ega bo‘lgan jihozlami sex bo‘ylab joylashtirish ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham sanoat korxonalari loyihalanayotgan vaqtda iqlim sharoitini, quyosh nurlarining tushish holatlari va sexdagi jihozlarni to‘g‘ri joylashtirish masalalari qoniqarli hal qilingan bo‘lsa, shamollatish vositalarini o‘rnatish ham shunchalik osonlashadi. Shamollatish vositalarini o‘rnatishda, shamollatish sxemasining iqtisodiy kamxarj bo‘lishi bilan birga, iloji boricha kam metall sarf qilinadiganini tanlash zarur. Issiqlik ajralib chiqadigan xonalarda havo almashtirishni ta’minlash. Sanoat korxonalari xonalarida ajralib chiqadigan zararli omil faqat issiqlik bo‘lsa, unda hisoblab almashtiriladigan havo miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi: bu yerda, - chiqarilib tashlanishi kerak bo‘lgan havo miqdori, kg s; - ortiqcha issiqlik miqdori. Ortiqcha issiqlik miqdori, xonada ajralayotgan issiqlik miqdori orasidagi ayirmadan iborat bo‘ladi. Bunda issiqlik balansini o‘rtacha issiq, sovuq va issiq davrga ayrim-ayrim hisoblash tavsiya qilinadi. Issiq sharoit uchun issiqlik balansini quyidagicha yozish mumkin: > 10°С, = ΣQ + - ( + + + ) O‘rtacha va sovuq davr uchun: tT > 10°C, = ΣQ - ( + + + + + ) bunda, ΣQ - xonadagi hamma issqlik manbalaridan ajralayotgan issiqlik miqdori, kkal soat; - quyosh nuri ta’sirida hosil bo‘ladigan issiqlik miqdori, kkal soat; - xonaga kiritilgan materiallarning isishi uchun sarflanadigan issiqlik, kkal soat; - sovuq yuzalar bilan yutiladigan issiqlik miqdori, kkal soat; - joylardagi shamollatish vositalari orqali yo‘qotiladigan issiqlik miqdori, kkal soat; - devorlar orqali yo‘qotiladigan issiqlik miqdori, kkal soat; - xonaga tirqishlardan kirgan havoni isitishga sarflanadigan issiqlik, kkal soat. Yuqorida keltirilgan formulada - chiqarib yuborilayotgan havoning temperaturasi hisobga olingan. Uni belgilash uchun issiqlik ajralayotgan jihozlarning sathini, xonaning balandligi va o‘rnatilgan jihozlarning zichligini hisobga olish kerak bo‘ladi. Ishchi zonasidagi havoni isitishga esa hamma ajralib chiqayotgan issiqlik sarflanmasdan, balki isitish issiqligigina sarflanadi. Ishchi zonasidagi havoni isitishga esa, hamma ajralib chiqayotgan issiqlik sarflanmasdan, balki isitish issiqliqligi gina sarflanadi. Hisoblashlarda xatoliklarning oldini olish maqsadida quyidagi koeffitsiyentni kiritamiz. m = ; yoki m = bunda, - ishchi zonadagi havoning issiqligi, °C; t - oqim bilan berilayotgan havoning issiqligi, °C; - chiqarib yuborilayotgan havoning issiqligi, °C. Bu koeffitsiyent havoning amaliy miqdorini bilgan holda chiqarilib yuborilayotgan havoning haroratini aniqlash imkoniyatini tug‘diradi. = + Ba’zi bir xonaning balandligi 4 m dan ortiq bo‘lgan holatlardan chiqarib yuborilayotgan havoning miqdori harorat gradienti usuli bilan aniqlanishi mumkin. = + (H-2) Bu yerda, - xonaning har metr balandligiga belgilangan harorat gradienti, °C; H - xonaning polidan havo chiqarib yuborish zonasigacha bo‘lgan balandligi, m. Hisoblangan almashtiriladigan havo miqdori yuqorida belgilangan havo almashtirish koeffitsiyentini qo‘shib hisoblanganda quyidagi holga keladi: G = Agar binoning ba’zi uchastkalarida mahalliy shamollatish sistemalari o‘rnatilgan bo‘lsa, unda: G = + bu yerda, - mahalliy shamollatish vositalari yordamida chiqarib yuboriladigan issiqlik miqdori, kkal/soat; - mahalliy shamollatish vositalari yordamida chiqarib yuborilayotgan havo miqdori, kg/soat. Mahalliy shamollatish natijasida chiqarilib yuborilayotgan issiqlik miqdori quyidagicha aniqlanadi: = 0.24 (3) ni (2)ga qo‘ysak, G = +(1-m) Agar koeffitsiyent m ni yuqorida keltirilgan qiymat bilan almashtirsak, G = + Xonalarga borilayotgan umumiy shamollatish samaradorligini havo almashtirish darajasini belgilovchi koeffitsiyent orqali ifodalanadi: К = bunda, К - havo almashtirish darajasini belgilovchi koeffitsiyent; L - ventilator yordamida xonaga yuborilayotgan yoki xonadan so‘rib olinayotgan havo miqdori, soat; V -xonaning hajmi, . 7-rasm. Markazdan qochma kuchga asoslangan ventilator. Bu birlik bir soat davomida xona ichidagi havo necha marta yangilanayotganini ko‘rsatadi. Ventilatorlarning markazdan qochma (7-rasm) va o ‘q bo‘ylab (8-rasm) havo harakati hosil qiluvchi turlari mavjud. Markazdan qochma kuchga asoslangan ventilatorlar har xil konstruksiyaga ega bo‘lishlari mumkin. Ularni turlarga bo‘lishda qanday ish uchun tavsiya etilganligi va hosil qiladigan bosimi hisobga olinadi. Hosil qiladigan bosimi bo‘yicha: past bosimli ventilatorlar (R>I kPa yoki 100 kg/ ), o‘rtacha R > Z kPa, yoki 300 kg/ va yuqori bosimli R< Z kPa bo‘lishi mumkin. 8-rasm. O‘q b o‘ylab havo harakatini ta’minlovchi ventilator. Markazdan qochma kuchga asosolangan ventilatorlar asosan spiralsimon tashqi qobiqqa joylashtirilgan kurakchali g‘ildirakdan tashkil topgan. G‘ildirak aylanma harakat qilishi asosida kurakchalarga urilgan havo kuch bilan tashqariga markaziy o‘qqa perpendikular ravishda markazdan qochma kuch asosida harakatlantirilib yuboriladi va bu havo spiralsimon tashqi qobiq bo‘ylab yo‘naltiriladi. Bunday markazdan qochma kuchga asoslangan ventilator anchagina katta bosimdagi havo harakatini ta’minlay oladi. 9-rasm. SP7-40 N 8 ventilatorning aerodinamik ko‘rsatkichlari. Ventilatorlar qanday maqsadlarda foydalanishga qarab ma’lum nomerlarga va markazlarga ega bo‘ladi. Ventilatorlarning nomeri uning ishchi kurakchali g‘ildiragining dm larida ifodalangan diametridir, ya’ni N 4 boMsa, unda kurakchali g‘ildiragi 400 mm li ventilyatorlar tushuniladi. Markazdan qochma ventilatorlarning hamma o‘lchanadigan birliklari GOST 10616-73 «Markazdan qochma va o‘q bo‘ylab harakat hosil qiluvchi ventilatorlar. Asosiy o‘lchamlari va xususiyatlari»da ventilatorlarning I dan 50 nomergacha keltirilgan va izohlangan. Ventilatorlarning kurakchali g‘ildiragini elektrodvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Ventilator tuzilishi va ishlatiladigan joyiga qarab turli-tuman ko‘rinishlarga ega. Masalan, changli havoni harakatga keltirish uchun ishlatiladigan ventilatorlar SP7-40 tartibidagi ventilatorlar seriyasini tashkil qiladi va bular birmuncha mustahkam ishchi g‘ildirakka ega bo‘lib 4 tadan sakkiztagacha kurakcha bilan ta’minlangan bo‘ladi. Bunday kurakchalarning siyrak joylashuvchi ventilatorlarga har xil havo tarkibidagi tolasimon materiallar va changning tiqilib qolmasligini ta’minlaydi. 9-rasmda SP7-40 ventilatorlarning ish unumi, hosil qiladigan bosimi kurakchali g‘ildiragining aylanish soni ham foydali ish koeffitsiyenti o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishlar keltirilgan. Har bir ventilator uchun bunday chizmalarning berilishi kerakli joyga munosib ventilator tanlab o‘rnatish imkoniyatini beradi. O‘q bo‘ylab havo harakati hosil qiluvchi ventilatorlarning bosimi kam bo‘lib (30:3000Pa), ammo ancha ko‘p miqdorda havoni harakatlantirish imkoniyatiga ega. Bir-biridan parraklarining tuzilishi bilan farqlanadigan ventilatorlar mavjud. Ular ichida eng ko‘p tarqalgani tomga o‘rnatiladigan ventilator bo‘lib (10-rasm), mashinasozlik sanoati korxonalari xonalarini umumiy shamollatishda keng qo‘llaniladi. 10-rasm. Tomga o‘rnatiladigan ventilatorlar: a—markazdar qochma va b - o ‘q bo‘ylab havo harakati hosil qiluvchi ventilatorlar. Tabiiy shamollatish Tabiiy shamollatish tashqaridan bino ichiga kirgan sovuq havo bino ichidagi issiqlik hisobiga issiqlik qabul qilib, isigandan keyin hajmi kengayganligi sababli yengillashib binoning yuqori tomonlariga qarab harakatlanadi va agar biz binoning yuqori qismida havoning chiqib ketishi uchun truba yoki tirqishlar hosil qilsak, unda biz havoni tashqariga chiqarib yuborish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Biz jarayon har qanday sanoat korxonasi binosida, shuningdek, har qanday binoda, ayniqsa, sovuq faslda uzluksiz davom etadi va bu hodisani aeratsiya deb yuritiladi. Mashinasozlik sanoati korxonalarida, ayniqsa, ko‘p miqdorda issiqlik ajralishi bilan kechadigan jarayonlarda tabiiy shamollatishning ahamiyati nihoyatda katta bo‘ladi. Chunki bu sexlarda almashtiriladigan havoning miqdori juda katta bo‘lganligi sababli mexanik shamollatishga juda katta mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi. Bunday issiq sexlarda ajralib chiqayotgan issiqlikni tabiiy shamollatish yo‘li bilan chiqarib yuborish anchagina iqtisodiy samara berishini hisobga olish kerak. Bunda asosiy e ’tiborni havoni kirish yo‘nalishlari va chiqish joylarini ta’minlash katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, issiq havo yuqoriga qarab ko‘tariladi, sovuq havo esa pastga yo‘naladi. Shuning uchun ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi sexlarda sovuq havoni poldan 4 m balandlikdan berish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sovuq havo pastga qarab yo‘nalishi borasida issiq havo bilan aralashadi, isiydi va vujudga kelgan tabiiy oqimlar harakatiga qo‘shilib uzluksiz harakat hosil qiladi. Bu uzluksiz harakat davomida oqimlarga yangidan-yangi miqdorlar qo‘shilishi natijasida yuqori to‘siqlar tomon yo‘naladi va bir qismi tabiiy shamollatish tirqishlaridan tashqariga chiqib ketadi, bir qismi esa sovib yana pastga qarab yo‘naladi va bu bilan havoning xona ichidagi aylanma harakatini kuchaytirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Shunday qilib, binolarning ichida havo harakatining tutash oqimlari vujudga keladi. Buni 11-rasmda ko‘rsatilgan sxemada ifodalash mumkin. Agar tashqarida havo nihoyatda issiq bo‘lsa, (30-40 °C atrofida) tabiiy shamollatish ehtiyoji oshadi. 11-rasm. Tabiiy shamollatishda sanoat korxonasida hosil bo‘ladigan bosimlarning taqsimlanishi. Tabiiy shamollatishni hisoblash, asosan, ma’lum isish hisobiga yengillashib, binoning yuqori qisimlarida yig‘ilgan ortiqcha bosimni, biron bir havo chiqarib yuborish joyidan chiqarib yuborishga mo‘ljallangan. Ko‘ndalang kesimga ega bo‘lgan sexga umumiy havo bosimi asosida belgilab olasak, ma’lum balandlikka ko‘tarilgan havo isib, xona haroratiga tenglashgan chizig‘i deb faraz qilaylik. Shu 0 chiziqdan yuqori tomonda bosim ortiqcha bo‘lib, past tomonda birmuncha kam bo‘lishini grafikda ko‘rinib turibdi. Hosil bo‘lgan ortiqcha bosimi balandlik hisobiga bo‘lganligidan uni quyidagicha ifodalash mumkin: , bunda, H - quyi havo kirish joyi bilan yuqoridagi havo chiqish joyi orasidagi balandlik; - tashqaridagi havoning zichligi, kg/ ; - ichkaridagi havoning zichligi, kg/ . Bundan tashqari tabiiy havo almashish shamol ta’sirida ham bo‘lishi mumkin. Agar binoga shamol urilayotgan tomondagi bosim ( 12-rasm) shamol hisobiga birmuncha ijobiy bo‘lsa, shamol urmayotgan tomonda bosim salbiy yo‘nalishda bo‘ladi va buni quyidagicha ifodalash mumkin: = bunda, - shamol urilayotgan tomondagi bosim; - shamol urilmayotgandagi tomondagi bosim. 12-rasm. Shamol ta’sirida havo almashtirish miqdorini oshiruvchi qurilma (deflektor). Agar binoga har ikkala bosim kuchi tabiiy shamollatish vazifasini bajarayapti deb hisoblasak: Ortiqcha bosim miqdorini aniqlagandan keyin chiqarib yuborilayotgan havo miqdorini ham aniqlash mumkin: Q = bunda, -havo miqdori koeffitsiyenti; f-havoni chiqarib yuboruvchi teshik kesim yuzasi. Soddalashtirilgan holda bu formula: Q = 4,04 ko‘rinishga ega bo‘ladi. Agar chiqarib yuborilayotgan havo miqdori, kirib kelayotgan havo miqdoriga teng desak, unda biz kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan havo harakat tezligini topishimiz mumkin: V = bu yerda, F - havo chiqib ketayotgan tirqish kesim yuzasi. Chang tozalagichlarning turlari ko‘p. Ularni qo‘llaganda asosan chang tozalovchi qurilmaning ishlatish jihatidan qulayligiga, uning chang tozalash darajasiga va arzon-qimmatligiga qarab tanlanadi. Ajralib chiqadigan havoni tozalash uni zararsizlashtirishning muhim bosqichi hisoblanadi, shu yo‘l bilan zavod territoriyasidagi va korxona tashqarisidagi havo muhitining ifloslanmasligi ta’minlanadi. Zavod va fabrika atrofidagi sanitariya-himoya zonalarida havoning ifloslanishidan saqlash ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda havo atmosferasini ifloslantiruvchi asosiy manba ishlab chiqarish korxonalaridir. Kimyo sanoati bularning eng asosiylaridan biri hisoblanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, bu ishga butun dunyo mutaxassislarining diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda. Havoni changdan tozalashda turli vositalardan foydalanadi. Havoni mo‘tadillashtirish sanoat korxonasi xonalaridagi havo holatini ichki omillar issiqlik ajralib chiqishi, namlik va tashqi omillar havoning issiq-sovuqligidan qat’i nazar, avtomatik ravishda bir xil me’yorida yoki berilgan programma asosida havo parametrlarini saqlab turish tushuniladi. Havoni mo‘tadillash sanitar-gigienik sharoitini yaxshilashdan tashqari texnologik talablar asosida ham o‘rnatilishi mumkin. Masalan, kimyoviy tolalar ishlovchi ba’zi bir sexlar havoning ma’lum parametrlarining doimiy bo‘lishini taqozo qiladi. Bunday hollarda sexlar deraza va framugalarsiz bo‘lib, undan havoning kerakli birliklarini mo‘tadillashtirish qurilmalari ta’minlanadi. Ba’zi hollarda havoni mo‘tadillashtirish ish sharoitida vujudga keladigan statik zaryadlarni namlikning ko‘payishi hisobiga yo‘qotish maqsadida qo‘llaniladi. Havoni mo‘tadillashtirish uchun maxsus konditsionerlardan foydalaniladi. Har xil maqsadlar uchun ishlatiladigan konditsionerlarning maxsus seksiyalari nusxalari tayyorlangan va bu seksiyalar yordamida istagan ishlab chiqarish sharoiti uchun kerakli ishlab chiqarish hajmiga va ehtiyojiga moslashtirilgan konditsionerlar tayyorlash imkoniyatini mavjud. Seksiya nusxalari havo qabul qilishini ta’minlaydi, uni filtrlab tozalaydi, issiq yoki sovuq bilan ta’minlaydi, harakatga keltiradi, namlaydi va boshqa jarayonlami bajaradi. Konditsionerning ehtiyoji bo‘lmagan seksiyalarini o‘chirib qo‘yish mumkin. Konditsionerlarni montaj qilish sistemasini, seksiya tiplarini, tiplashtirilmagan shamollatish elementlari bilan qo‘shib, o‘zgartirish mumkin. Konditsioner sistemasini har xil datchiklar va qurilmalar o‘rnatib avtomatik rejimga keltirish mumkin. Avariya shamollatish sistemasi, avariya natijasida yoki texnologiyani buzilishi natijasida sanoat korxonasi xonasiga birdaniga ko‘p miqdorda kimyoviy zararli va portlash xavfli bo‘lgan moddalar yig‘ilganda, ularni xonadan qisqa muddat ichida chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Avariya shamollatish sistemasi havo so‘rish usulida bajariladi. Bunda so‘rilgan havoning o‘rniga havo yuborish mumkin emas, chunki havo oqimi natijasida zararli moddalar qo‘shni xonalarga tarqalib ketishi mumkin. Bunda xonadagi havoning so‘rib olish natijasida yangilanish darajasi tarmoq bo‘yicha xavfsizlik texnikasi va promsanitariya qoida va normalarida keng chegaralarda belgilanadi. Masalan, kaprolaktam ishlab chiqarishda havo almashtirish 15 marta, benzol hosil qilish sexida 10 marta, reaktor bo‘limlarida 5 marta bo‘lishi kerak. Havo almashtirish darajasini belgilashda avariya natijasida hosil bo‘ladigan moddaning zaharliligi va miqdoridan tashqari bu moddaning ruxsat etiladigan miqdoriga qadar suyultirishga ketadigan vaqtni ham hisobga olish muhim. Chunki bunday hollarda avariya rivojini bartaraf etish maqsadida bu zonaga xizmat ko‘rsatish va remont qiluvchi ishchilarni kiritishga to‘g‘ri keladi. Avariya ventilatorlari analizatorlari xavfli holatni ko‘rsatishi bilanoq avtomatik ravishda ishga tushishi kerak. Bundan tashqari zonaga kirish joyida maxsus uzoqdan turib ishga tushirish pulti o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Download 171.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling