O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
RAQAMLI IQTISODIYOT INDIKATORLARI, ULARNING XUSUSIYATLARI 1
Bandlik sohasi bilan bog‘liq mezon: Ushbu yondashuvD.Bell, CH.Lidbiter va P.
Drukerning kuzatilayotgan o‘zgarishlar modellari va bandlik strukturasi ko‘rib chiqiladigan asarlari bilan chambarchas bog‘liq.Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning o‘zgarishishu sababli ro‘y bermoqdaki, mehnat bilan band bo‘lganlarning aksariyati iqtisodiyotning raqamli sohasida ishlamoqda. Ishlab chiqarish sohasida band bo‘lganlar ulushining pasayishi va hizmatlar sohasining o‘sishijismoniy mehnatni axborotlashgan mehnat bilan almashtirish sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu holatda asosiy resurs bo‘lib, ma'lumotlar ishtirok etishi sababli ularni qayta ishlash sohasida mehnatning ulushi jiddiy ortishi raqamli iqtisodiyotga o‘tish sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.Statistika kuzatuvlarihizmatlar sohasida band bo‘lganlar ulushining o‘sib borayotganligini ko‘rsatadi (G‘arbiy Evropa, AQSH, Yaponiyada bu ulush 70% va undan ko‘pni tashkil qiladi), ularning katta qismi u yoki bu tarzda ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha faoliyat bilan bog‘liq bo‘ladi va shu sababli ushbu asosdaraqamli iqtisodiyot mavjudligini isbotlash ishonarli bo‘lib ko‘rinadi.Ushbu yondashuvning asosiy muammosi ma'lumotlar bilan ishlash bilan bog‘liq xodimlardir. Misol uchun, asosiy vazifasi ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘lgan kompyuter texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar, telekommunikatsiya kompaniyalari xodimlari, tahlilchilar sonining o‘sishi jarayonini raqamli iqtisodiyot shakllantirishning asosi deb hisoblash mumkin. Biroq,hozirgi paytdaraqamli iqtisodiyot xodimlarnini hisob-kitob qilish uslubiyati mavjud emas. Shu bilan bir paytda,savdo sohasi xodimlari, huquqshunoslar va raqamli iqtisodiyot bilan aloqasi kuchli bo‘lmagan boshqalar sonining tez o‘sishi kuzatiladi, lekin ularning hammasi bitta toifaga kiradi. Makonga oid mezon: Raqamli iqtisodiyotning bir qator konsepsiyalari jug'rofiy tamoyilga asoslanadi. Asosiy e'tibor turli joylarni bog‘laydigan, shu sababli, global iqtisodiy makon shakllanishiga ta'sir etishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar uzatish tarmoqlariga qaratiladi. Ma'lumot uzatish tarmoqlari zamonaviy jamiyatning boshqalaridan ajratib turadigan jihati hisoblanadi. Bunda raqamli iqtisodiyotni tadqiq etishda ma'lumot uzatish tarmoqlari bilan bog‘liq bo‘lgan qaysi jihatni ko‘rib chiqish lozimligi eng muhim fursat hisoblanadi. Bu texnologik jihat bo‘ladimi (ya'ni ma'lum bir hududda ma'lumot uzatish tizimlari mavjudligi) yoki bu tarmoqlar bo‘yicha uzatiladigan ma'lumotlar soni va sifati kabi boshqa jihatlarni ham tahlil qilish zarurmi, buning unchalik farqi yo‘q. Hozirgi paytdabir qator umumiy savollar, masalan, nima haqiqatda tarmoq hisoblanishi, turli tarmoq darajalalari o‘rtasida qanday farq mavjudligi, raqamli iqtisodiyotga o‘tishni qanday ma'lumot hajmlari va ularni o‘tkazish tezliklari belgilab berishi ham munozaralarga olib keladi. Iqtisodiy mezon: Bunday yondashuv ma'lumot yaratish, uzatish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha faoliyat sohasida iqtisodiy qiymatning o‘sishini hisobga olinishini nazarda tutadi. Agar iqtisodiyot sohasida bunday turdagi faollikqishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi bunday faoliyatdan ustunlik qiladigan bo‘lsa, demak, raqamli iqtisodiyotga o‘tish haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ma'lumotlarning o‘zi bunday sharoitlardaiqtisodiy munosabatlar obyektiga aylanadi. Ixtisoslashgan kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari buyurtmachining maqsadlari uchun ma'lumotlar to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha hizmatlar ko‘rsatadi va mos ravishda, bunday ma'lumotlar ma'lum bir qiymatga ega bo‘ladi.Bunday yondashuvning asosiy muammosi shundaki, iqtisodiy faoliyatda ma'lumotlar rolining o‘sganligidan dalolat beradigan katta statistika materiali ortida ularning kompaniyalar faoliyatiga haqiqiy ta'siri ancha yuzaki o‘rganilgan, ma'lumotlarni qayta ishlash va talqin qilish bilan bog‘liq xodimlar faoliyati samaradorligini baholash uslubiyatlari esa yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Masalan, ishlab chiqarish korxonasining axborot-tahlil bo‘limi axborot faoliyati bilan shug‘ullanadi, lekin butun kompaniya ishlab chiqarishida uning ulushini statistika maqsadlari uchun qanday qilib ajratish masalasi ochiqligicha qolmoqda. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling