O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi


Milliy strategiyalarning qo‘shimch a maqsadlari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana16.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1358591
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RAQAMLI IQTISODIYOT INDIKATORLARI, ULARNING XUSUSIYATLARI 1

Milliy strategiyalarning qo‘shimch a maqsadlari  
Fan, innovatsiyalar va tadbirkorlikni 
rag‘batlantirish
16
Internet, hizmatlar va axborotga ulanishni 
ta'minlash
12


Raqamli kontent va madaniyatni rivojlantirish
10
Raqamli texnologiyalardan foydalanishni 
kengaytirish
10
Raqamli muhitga normativ yondashuvni ishlab 
chiqish
3
Jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, jami raqamli iqtisodiyotning 20 
maqsadi, jumladan, IHTT taklif qilgan 15 ta maqsad va alohida mamlakatlar 
raqamli iqtisodiyot milliy strategiyalariga kiritilgan yana 5 ta maqsad ko‘rib 
chiqilgan. Hozirgi paytda eng muhim (IHTT tomonidan o‘tkazilgan so‘rov 
natijalari bo‘yicha) maqsadlar «elektron hukumat hizmatlarini takomillashtirish» 
va «telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish» hisoblanadi. Milliy 
strategiyalarda aynan shu ikki maqsad ko‘proq uchraydi (mos ravishda 21 va 22 
marta). Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadlarining tahlil qilingan tarkibi 
so‘rovda asosan rivojlangan va ma'lum miqdorda rivojlanayotgan mamlakatlar 
(Braziliya, Meksika, Rossiya va boshqalar) bo‘yicha ma'lumotlar qayta 
ishlanganligi bilan bog‘liq xususiyatga ega. Taqdim etilgan axborotda ko‘plab 
rivojlanayotgan va sust rivojlangan mamlakatlar fikri yo‘q. Bu maqsadlarda 
raqamlashtirishning salbiy oqibatlarini hal qilish bilan bog‘liq masalalar, 
jumladan, ishsizlik, texnologik va iqtisodiy qoloqlik hamda kam sonli transmilliy 
(yirik) korporatsiyalarga bog‘liqlikni kuchaytirish masalalari o‘z aksini 
topmagan.IHTT mamlakatlari tomonidan raqamli iqtisodiyot rivojlanishi 
darajasini chamalash uchun quyidagi yo‘nalishlarni tavsiflaydigan indikatorlar 
tizimi ishlab chiqilgan:
• 
iqtisodiyotning yuqori texnologiyali sektorini rivojlantirish, qayta ishlash 
sanoati mahsuloti va hizmatlardagi salmog‘i;
• 
ilmiy ishlanmalarga, dasturiy ta'minot ishlab chiqishga investitsiyalar, ta'lim va 
qo‘shimcha qayta tayyorlash harajatlari;
• 
axborot-kommunikatsiya uskunalari ishlab chiqish va ishlab chiqarish, fan va 
yuqori texnologiyalar sohasida ish o‘rinlari yaratish, korporatsiyalar, venchurli 
firmalar, universitetlar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasida kooperatsiya 
ko‘rsatkichlari; • xalqaro bilimlar oqimlari, fan va innovatsiyalar sohasida 
xalqaro hamkorlik; olimlar, muhandislar, talabalar harakatchanligi;
• 
internetting tarqalish dinamikasi;
• 
xalqaro savdoda yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi.
Iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga o‘sib borayotgan ma'lumotlar oqimlari 
ta'sirining universalligiular haqida zamonaviy jamiyatning iqtisodiy o‘sishi 
yetakchi resursi sifatida gapirishga imkon beradi.Ekspertlar ushbu vaziyatni uni 


rivojlantirish muammolarini hal qilishga yangicha yondashuvlar izlash zaruratini 
ko‘rsatib, iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlar va raqamli iqtisodiyot 
shakllanishi bilan tavsiflaydi. Raqamli iqtisodiyotni tahlil qilishning turli 
tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada ko‘rib chiqiladigan to‘rtta mezonini 
ajratib ko‘rsatish mumkin:
• bandlik sohasi bilan bog‘liq mezon;
makonga oid mezon;
texnologik mezon; o iqtisodiy mezon.
Bunda, garchi tadqiqotchilar ko‘pincha birinchi o‘ringa ularning 
tasavvurlariga mos keladigan u yoki bu ta'rifni olib chiqishsada, bir-birini to‘ldirib 
turabigan mezonlar bo‘lishi mumkin. Biroq aksariyat ta'riflarning asosida 
ma'lumotlarni qayta ishlash sohasida miqdoriy o‘zgarishlar sifat jihatidan yangi 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yuzaga kelishiga olib kelishiga ishonch yotadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling