O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi
Raqamli iqtisodiyot indikatorlari, ularning xususiyatlari
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
RAQAMLI IQTISODIYOT INDIKATORLARI, ULARNING XUSUSIYATLARI 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet iqtisodiyoti kelajagi haqidagi Deklaratsiyada muhokama sohasi Mavzuning nomi Mavzuning mazmuni
1. Raqamli iqtisodiyot indikatorlari, ularning xususiyatlari
Raqamli iqtisodiyot zamonaviy axborot texnologiyalari asosida va real iqtisodiy sharoitlarga muvofiq rivojlanadi. Agar ilgari ishlab chiqarish, savdo va moliya texnologiyalari izchillik bilan rivojlangan bo‘lsa, hozirgi paytga kelib, asosan gorizontal o‘zaro aloqalarga (o‘zini-o‘zi tashkil qilish va singulyarlik), innovatsion tadbirkorlikka (o‘zini-o‘zi rivojlantirish), axborot injiniringiga (o‘zini-o‘zi takomillashtirish) vaiqtisodiy jarayonlarni avtoformalizatsiyalashga (avtostrukturalash) asoslanadigan zamonaviy axborotlashgan iqtisodiyotning asosi bo‘lgan NET paydo bo‘lgan. NET ning moddiy asosini data-markazlar hamda axborotni tizimlashtirish va tahliliy qayta ishlash uchun mo'ljallangan zamonaviy ITplatformalari tashkil qiladi. Biznes-tahlil va boshqaruv konsaltingi bo‘yicha hizmatlar «provaydingi» rivojlanishi ham raqamli iqtisodiyotda dolzarb ahamiyatga ega. Yangi institutlar - axborot-konsalting hizmatlari va davlat rivojlanish agentliklari ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning tashkiliy asosi hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotning jamiyat taraqqiyotiga ta'sirini baholash nuqtai-nazaridan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) hisobotlari alohida qiziqish uyg‘otadi. 2008 yil ushbu tashkilot doirasida Seul shahrida (Janubiy Koreya) internet iqtisodiyotining kelajagi haqidagi Deklaratsiya qabul qilingan. Ushbu deklaratsiya doirasida, quyidagi jadvalda ko‘rsatilganidek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun eng muhim bo‘lgan yettita mavzu muhokama qilingan. Internet iqtisodiyoti kelajagi haqidagi Deklaratsiyada muhokama sohasi Mavzuning nomi Mavzuning mazmuni Internet iqtisodiyotning asosi sifatida yuqori tezlikdagi infratuzilmadan foydalangan holda internetga ulanish Yuqori tezlikli tarmoqlar rivojlanishi, jumladan,mavjud tarmoqlarga ulanishni kengaytirish; raqobat uchun sharoitlarni rivojlantirish; konvergensiyani ta'minlash; IPv6 protokolini moslashtirish; radiochastota spektridan foydalanish; baholash tizimini takomillashtirish Raqamli kontent va «yashil» axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (green information and communication technologies (ICTs)) (bundan keyin- yashil AKT) Raqamli content unga mos keluvchi bozorni rivojlantirish nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqiladi, lokal kontent yaratish; jamoatchilik sektori haqida axborot, intellektual huquqlarni himoya qilish va b. Yashil AKT foydalaniladigan AKT resurs samaradorligini, sensorli tarmoq yaratishni, intellektual AKT ilovalar va tarmoqlarni ko‘zda tutadi Intellektua lInternet ilovalarni rivojlantirish Iqtisodiyotning turli sohalarida intellektual ilovalarni rivojlantirish, masalan, nomoddiy aktiv sifatida ma'lumotlarning yangi roli va intellektual devayslar tarqalishini hisobga olgan holda intellektualtransport, aqlli elektr ta'minoti tarmoqlari va boshqalar. Kiberxavfsizlik va maxfiylik Axborot tizimlari va tarmoqlari xavfsizligi, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish va raqamli identifikatsiyani boshqarish masalalari ko‘rib chiqiladi Vakolatlar va iste'molchilarni himoya qilish B2C elektron tijorat bozori, ayniqsa, onlayn va mobil to‘lovlar masalalari, raqamli kontentni xarid qilish; ijtimoiy tarmoqlar orqali savdo va birgalikdagi xaridlar, shuningdek, nizolarni hal qilish va ziyonni qoplash ko‘rib chiqiladi Internet iqtisodiyotining ochiqligini ta'minlash Internet iqtisodiyotning o‘sishi va innovatsiyalar hosil qilishuchun ochiqlikni ta'minlash, internet sohasidagi siyosat tamoyillarini ishlab chiqish Internet iqtisodiyotida global o‘zaro aloqalarni ta'minlash Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining internetga va u bilan bog‘liq AKTga ulanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratish, jumladan, bulutli texnologiyalarni rivojlantirish IHTT tomonidan 2016 yil bu tashkilotga a'zo bo‘lgan 32 mamlakat va yana 6 ta hamkor mamlakatda o‘tkazilgan so‘rov ma'lumotlariga ko‘ra, ularda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi, rejasi yoki dasturi mavjud.2017 yilning sentyabridan boshlab, Avstraliya hukumati raqamli iqtisodiyot Strategiyasini ishlab chiqish boshlangani haqida e'lon qildi. AQSHda 2015 yilraqamli iqtisodiyot rejasini shakllantirish haqida ma'lum qilindi (digital economy agenda), 2016 yil esaxususiy biznes tomonidan amalga oshiriladigan internetni rivojlantirish, axborot xavfsizligi, innovatsiyalarni ilgari surish va boshqa funksiyalarni bajaradigan Savdo vazirligi qoshida raqamli iqtisodiyot bo‘yicha maslahatchilar Kengashi tashkil qilindi.Quyidagi jadvalda mavjud strategiyalar va so‘rovlarni tahlil qilish asosida IHTT tomonidan o‘tkazilgan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadlari aks ettirilgan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling