O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi
Milliy strategiyalarning qo‘shimch a maqsadlari
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
RAQAMLI IQTISODIYOT INDIKATORLARI, ULARNING XUSUSIYATLARI 1
Milliy strategiyalarning qo‘shimch a maqsadlari
Fan, innovatsiyalar va tadbirkorlikni rag‘batlantirish 16 Internet, hizmatlar va axborotga ulanishni ta'minlash 12 Raqamli kontent va madaniyatni rivojlantirish 10 Raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish 10 Raqamli muhitga normativ yondashuvni ishlab chiqish 3 Jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, jami raqamli iqtisodiyotning 20 maqsadi, jumladan, IHTT taklif qilgan 15 ta maqsad va alohida mamlakatlar raqamli iqtisodiyot milliy strategiyalariga kiritilgan yana 5 ta maqsad ko‘rib chiqilgan. Hozirgi paytda eng muhim (IHTT tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari bo‘yicha) maqsadlar «elektron hukumat hizmatlarini takomillashtirish» va «telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish» hisoblanadi. Milliy strategiyalarda aynan shu ikki maqsad ko‘proq uchraydi (mos ravishda 21 va 22 marta). Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadlarining tahlil qilingan tarkibi so‘rovda asosan rivojlangan va ma'lum miqdorda rivojlanayotgan mamlakatlar (Braziliya, Meksika, Rossiya va boshqalar) bo‘yicha ma'lumotlar qayta ishlanganligi bilan bog‘liq xususiyatga ega. Taqdim etilgan axborotda ko‘plab rivojlanayotgan va sust rivojlangan mamlakatlar fikri yo‘q. Bu maqsadlarda raqamlashtirishning salbiy oqibatlarini hal qilish bilan bog‘liq masalalar, jumladan, ishsizlik, texnologik va iqtisodiy qoloqlik hamda kam sonli transmilliy (yirik) korporatsiyalarga bog‘liqlikni kuchaytirish masalalari o‘z aksini topmagan.IHTT mamlakatlari tomonidan raqamli iqtisodiyot rivojlanishi darajasini chamalash uchun quyidagi yo‘nalishlarni tavsiflaydigan indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan: • iqtisodiyotning yuqori texnologiyali sektorini rivojlantirish, qayta ishlash sanoati mahsuloti va hizmatlardagi salmog‘i; • ilmiy ishlanmalarga, dasturiy ta'minot ishlab chiqishga investitsiyalar, ta'lim va qo‘shimcha qayta tayyorlash harajatlari; • axborot-kommunikatsiya uskunalari ishlab chiqish va ishlab chiqarish, fan va yuqori texnologiyalar sohasida ish o‘rinlari yaratish, korporatsiyalar, venchurli firmalar, universitetlar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasida kooperatsiya ko‘rsatkichlari; • xalqaro bilimlar oqimlari, fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlik; olimlar, muhandislar, talabalar harakatchanligi; • internetting tarqalish dinamikasi; • xalqaro savdoda yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi. Iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga o‘sib borayotgan ma'lumotlar oqimlari ta'sirining universalligiular haqida zamonaviy jamiyatning iqtisodiy o‘sishi yetakchi resursi sifatida gapirishga imkon beradi.Ekspertlar ushbu vaziyatni uni rivojlantirish muammolarini hal qilishga yangicha yondashuvlar izlash zaruratini ko‘rsatib, iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlar va raqamli iqtisodiyot shakllanishi bilan tavsiflaydi. Raqamli iqtisodiyotni tahlil qilishning turli tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada ko‘rib chiqiladigan to‘rtta mezonini ajratib ko‘rsatish mumkin: • bandlik sohasi bilan bog‘liq mezon; • makonga oid mezon; • texnologik mezon; o iqtisodiy mezon. Bunda, garchi tadqiqotchilar ko‘pincha birinchi o‘ringa ularning tasavvurlariga mos keladigan u yoki bu ta'rifni olib chiqishsada, bir-birini to‘ldirib turabigan mezonlar bo‘lishi mumkin. Biroq aksariyat ta'riflarning asosida ma'lumotlarni qayta ishlash sohasida miqdoriy o‘zgarishlar sifat jihatidan yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yuzaga kelishiga olib kelishiga ishonch yotadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling