O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar


Avtomatik rostlash tizimining optimal ko‘rsatkichlarini aniqlash


Download 0.69 Mb.
bet10/15
Sana16.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1507634
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kvas ishlab chiqarish123

Avtomatik rostlash tizimining optimal ko‘rsatkichlarini aniqlash
Kompyuter modeli yaratilgach unga kuchaytirish koeffitsienti va inersiya vaqtining qiymatlari kiritiladi va ekranda ularning o‘tish egri chiziqlari hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan o‘tish chiziqlari orasidan optimal boshqarish tanlab olinadi:

Kuchaytirish koeffitsienti K=1, integrallash koeffitsieneti Ki=0.01.

Kuchaytirish koeffitsienti K=1,integrallash koeffitsieneti Ki=0.008.

Kuchaytirish koeffitsienti K=1, integrallash koeffitsieneti Ki=0.012.

Kuchaytirish koeffitsienti K=1, integrallash koeffitsieneti Ki=0.013.
Kuchaytirish koeffitsienti K=1 va integrallash koeffitsieneti Ki=0.01 bo‘lganda rostlanish vaqti 580 sekundni tashkil etdi.
Kuchaytirish koeffitsienti K=1 va integrallash koeffitsieneti Ki=0.008 ga teng bo’lganda, rostlanish vaqti 800 sekundni tashkil etdi. Demak, integrallash koeffitsiyenti qiymatini o’zgartirish talab qilinadi.
Kuchaytirish koeffitsientini K=1, integrallash koeffitsieneti Ki=0.012 bo‘lganda, rostlanish vaqti 430 sekundni tashkil etdi. Avvalgi holatga nisbatan vaqt qisqardi.
Kuchaytirish koeffitsienti K=1 va integrallash koeffitsieneti Ki=0.013 ga teng bo’lganda, rostlanish vaqti 310 sekundni tashkil etdi. Belgilangan qiymatga nisbatan chetlashishi kamaydi.
Avvalgi vaqtga nisbatan vaqt qisqardi.
Demak, optimal ko‘rsatkichlar K=1 va Ki=0.013 ga teng ekan.

2.4. Eelektr manbaa tizimini loyixalash


Prinsipial elektrik sxemalar. Bu sxemalar avtomatlashtirish tizimi bo‘g‘inlariga kiruvchi elementlar tarkibini belgilaydi, ular orasidagi bog‘lanishlarni, asboblar va avtomatlashtirish vositalarining elektr ta’minot usullarini aks ettiradi. PES ni ishlab chiqish uchun dastlabki material texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sxemasi (TJAS) hisoblanadi. PES o‘z navbatida birikmalarning sxemalarini (montaj sxemalarini) shchitlar oldi chizmalarini va boshqa texnik hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
PESlar Davlat standartlari talablariga muvofiq bajarilib, ular sxemalarni bajarish qoidalarini, sxema elementlarining grafik va harfiy belgilashlarini, elektr zanjirlar qismlari markirovkasini belgilab beradi. PES quyidagi tartibda ishlanadi: AS asosida PESga talablar ifodalanadi va uning elementlari ketmaketligi o‘rnatiladi, ifodalangan talablarning har biri elementar zanjirlar ko‘rinishida tasvirlanadi; elementar zanjirlar umumiy sxemaga birlashtiriladi; apparatura tanlanadi va ayrim elementlarning elektrik parametrlari hisob qilinadi (qarshiliklar, rele chulg‘amlari, kontaktlar yuklanishlari va h. k.); sxema tekshiriladi va tuzatiladi.
PESni ishlab chiqishda quyidagi mulohazalarga va talablarga amal qilinadi:

  1. soddalik va yaqqollik uchun sxemalarda yoyilma prinsipidan foydalaniladi, u shundan iboratki, turli zanjirlarda amal qilayotgay apparat va asboblarning elementlari sxemaning ishlashi mantiqiga muvofiq ularning konstruktiv bog‘lanishidan tashqari joylashtiriladi;

  2. elektr zanjirlarini tasvirlash ketma – ketligi nazorat, signalizatsiya, boshqarish va rostlashning ayrim bo‘g‘inlarining eyilish tartibiga mos kelishi kerak;

  3. kontaktlar, shuningdek boshqa ulab uziluvchi qurilmalar normal holatda o‘rsatiladi, ya’ni zanjirda tok bo‘lmaganda yoki tashqi mexanik ta’sir bo‘lmaganda ko‘rsatiladi;

2) har bir boshqarish zanjiri qarshisiga o‘ng tomondan qisqa tushuntiruvchi yozuvlar beriladi. Har bir zanjir yozuvi qo‘shni yozuvlardan, bu zanjirlar bo‘linish joylarida chiziqlar bilan ajratiladi.

  1. PES da foydalaniladigan har bir apparatga shartli harfiy belgi berilib, u sxemada tasvirlangan uning hamma elementlariga taalluqli bo‘ladi. Sxemada bir necha bir xil turdagi elementlardan foydalanilganda harfiy belgiga arabcha raqamlar ko‘rinishidagi raqam qo‘shiladi.

Masalan, sxemada uchta oraliq rele bo‘lganda ular K1, K2, KZ tarzida belgilanadi.

  1. PES ni o‘qish qulay bo‘lishi uchun, shuningdek ular bo‘yicha loyihaning boshqa hujjatlarini tuzish mumkin bo‘lgani sababli ularda zanjirlar markirovkalanadi. O‘zgaruvchan tokning kuch zanjirlari fazalarni belgilovchi harflar bilan va ketma – ket raqamlar bilan markalanadi (A, V, S,N,A1 va hokazolar); boshqarish, signalizatsiya, himoya, blokirovka va o‘lchash zanjirlari ketma – ket sonlar bilan markalanadi (7-rasm). Apparatlar kontaktlari, rele g‘altaklari, turli kommutatsiyalovchi qurilmalar, signalizatsiya apparaturasi va hokazolar bilan ajratilgan zanjir qismlari har xil markalanadi. Bitta PES bo‘g‘inida birlashuvchi, shuningdek, ajraluvchi kontakt birikmalar orqali o‘tuvchi qismlar bir xil markalanadi.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling