O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar


Yillar Massivlar soni


Download 0.83 Mb.
bet8/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1515143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
17-mavzu Qishlоq хo`jаligidа ijtimоiy infrаtuzilmаni rivоjlаntirishning zаruriyati

Yillar

Massivlar soni

Uy-joylar soni

2009

42

847

2010

225

6 800

2011

355

7 400

2012

272

8 510

2013

352

10 000

2014

330

11 000

2015

293

12 000

2016

300

13000

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylar soni 2009-2016-yillar mobaynida ortib borgan. 2009-2016-yillarda 2169 ta qishloq massivlarida 69557 ta namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilgan.
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish uchun yo’naltirilgan mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlar 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish uchun yo’naltirilgan mablag’lar

Yillar

Qurilishning umumiy qiymati, mlrd.so’m

shu jumladan, imtiyozli
kreditlar, mlrd. so’m

2009

50,7

31,4

2010

428,9

254,5

2011

576,5

365,0

2012

905,5

535,4

2013

1 385,4

740,3

2014

1 772,5

1 038,5

2015

2 071,4

1 229,1

2016

2600,0

1693,1

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2009-2016 yillarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi uchun 9790,9 mlrd. so’m mablag’ sarflangan, uning 5887,3 mlrd. so’mi imtiyozli kreditlardir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qaroriga asosan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uyjoylarning qurilishi uchun “tayyor holda topshirish” shartlarida shartnoma tuzgan barcha pudratchi tashkilotlar Pensiya jamg’armasidan tashqari soliqlarning barcha turlarini to’lashdan ozod etilganligi ham ularning faoliyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Hukumatimiz tomonidan namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni yanada takomillashtirishga e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 17-iyunda qabul qilingan “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishini kengaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, uy-joylarning namunaviy loyihalariga o’zgartirish va tuzatishlar kiritildi. Jumladan, qishloq joylarda har bir imorat quruvchiga shu paytgacha ajratib kelinayotgan 4 sotix o’rniga 6 sotix hajmida yer uchastkasi ajratish belgilandi. Davlatimiz rahbarining taklif va tavsiyalari asosida ilgari ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv instituti tomonidan har tomonlama tahlil qilindi. E’tibordan chetda qolgan tabiiy omillar – shamol yo’nalishi, quyosh nurining tushishi kabi muhim imoratsozlik talablari yangi loyihalarda inobatga olindi. Shuningdek, xonalarning joylashtirilishi qayta ko’rib chiqildi, xonalar kengaytirildi, devorlar balandligi 3 metrdan 3,2 metrga oshirildi. Takomillashtirilgan loyihada keksalar va bolalar uchun ham tegishli qulayliklar, darvozaxonada shaxsiy yengil mashinalar uchun maxsus joy nazarda tutilgan, xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, uyga taqab qurilgan suv isitish – qozonxona qurilmasi hovlining chetiga ko’chirilgan.
Mamlakatimizda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish borasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatimiz agrar sohasi rivoji va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi muqarrardir.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling