O‘zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar


Download 1.45 Mb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1583275
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17-asr oxiri 18-asr boshlarida Rus san\'ati

Tasviriy san'at. Pyotr I hukmronlik qilgan yillarda realistik yo‘nalish dastlab gravyura san'atida namoyon bo’ldi. Bu san'atning yirik vakillari A.F.Zubov(tax. 1662/1663-1749)va I.Maxayev (1716-1770) o’z gravyuralarida yangi poytaxt uning me’morchilik majmualari go‘zalligini ifodaladilar. Bu san'atkorlar zamondoshlar portretlari, jang maydonlari manzaralari gravyuralari, diniy rasmlar, hayotiy lavhalarni ham yaratdilar.XVIII asr boshlarida rangtasvir san'atida portret janri yetakchi o‘ringa chiqdi. Davlat va sanoat korxonalarining o'sishi, madaniyatning rivojlanishi aqlli, ziyrak, ishbilarmon odamlami bir joyga jamlashni talab qildi. Jamiyatning shaxsga bolgan bu munosabati portret san'atini oldingi planga olib chiqdi. 0‘z mehnati, aql-zakovati, davlat oldidagi xizmatlari bilan hurm atga loyiq bo'lgan kishilar qiyofasi portret san'atida o‘z ifodasini topdi. Rus portretchiligining rivojlanishi «qirol palatasi ustaxonasi» rassomlari faoliyati bilan bogliq. Bu yerda rus vachet el rassomlari ishlagan portretlar o‘z ko'rinishi va uslubi jihatidan ko'proq parsunaga yaqin keladi. Rassomlar parad portret ishlashni m a'qul ko'rishdi. B unday portretlarda fon shartli ishlanib , unda turli tushuntirish yozuvlari uchraydi. Portretlanuvchilarning liboslari, bezaklarini aniq ko'rsatish ham portretning dekorativ jihatini orttiradi. Parsunada fazoviy kenglik va hajm masalasi ham to'la yechilmagan. Obraz xarakteri to'la ochilmagan. Rus san'atida mavjud bo'lgan parsuna san'ati yo'nalishi asosan XVII asr 80-90 yillarida paydo bo'ldi. Rus badiiy hayotiga rassom pensionerlaming ko'plab kirib kelishi hamda chet el rassomlari safining kengayishi XVII asr oxirlaridan boshlab rus san'atidan parsuna san'ati yo'nalishini siqib chiqardi. Rus san'atida to'laqonli portret asarlari yuzaga kela boshladi. Endilikda tasvirlanuvchining faqat tashqi qiyofasinigina emas, balki uning murakkab ichki ruhiy dunyosi ham yoritila boshlandi. Rassomlar Andrey Matveyev va Ivan Nikitin portret san’ati texnikasini chuqur egallab. uni milliy, o'ziga xos ruh bilan sug'ordilar. Rus realistik portret san'ati asoschisi Ivan Nikitin (tax. 1660-1724) ijodida Pyotr I davrining ilg'or g'oya va intilishlari o‘z ifodasini topdi.Uning mashhur asarlaridan biri «Getman portreti» hisoblanadi.
Rassom tasvirda hajm , kenglik va tasvirlanayotgan buyumlar fakturasini yuksak darajada mohirona bajara olishini namoyish etdi. Uning inson ruhiy dunyosini yoritishga intilgani seziladi. Qahramon dastlabo'ziningoddiyligi bilan ajralib turadi (bu oddiylik kiyinishi, to'zg'igan sochlari va o‘tirgan holatida ko‘rsatilgan).Lekin uning o'tkir qarashi va o‘zini tutishida jasur,ishbilarmon qo’mondon qiyofasi gavdalanadi. Asarkoloriti ham portretning tolaqonli bo'lishida muhim o‘rin egalladi. Nozik rang tovlanishi yoshi o‘ta boshlagan, ko‘z qarashlarida horg‘inlik va charchash sezila boshlagan, shunga qaramay bardam bo‘lgan getman qiyofasini ishonarli ifodaladi. Koloritdagi sariq, pushti va to‘q ko‘k ranglar o ‘zaro tovlanib, asaming ta'sirchanligini kuchaytiradi. Pyotr I Nikitinni juda qadrlab, uning yutuqlaridan g‘ururlandi. Bir necha marta bevosita o ‘ziga qarab, rasmini chizishga ruxsat berdi. Rassomning «Aylana ichiga ishlangan Pyotr I portreti» hamda so’nggi «O‘lim to‘shagida yotgan Pyotr I portret»lari ana shu davrda ishlangan ijod mahsulidir. Birinchi portretning kompozitsiyasi sodda, unda Pyotr I ning boshi va yelkasi qisman k o ‘rsatilgan. Nur podsho yuzi va uning o‘tkinchiga qarab turgan o ‘tkir k o‘z qarashi yoritilgan. Bu bilan rassom tomoshabifl uchun tasvirlanuvchining kayfiyatini tushunishga imkoniyat yaratdi. Rassom Pyotming horg‘in, lekin o ‘tkir qarashi, boshini mag’rur tutishida uning yirik islohotchigaxos qiyofasini yarata olgan. Asar koloriti asosan iliq ranglardan tashkil topgan. Bu uning ta'sirchanligini belgilashda muhim o‘rin tutdi. ( 0‘zbekiston Davlat San’at muzeyida ham I. Nikitin asarlarining nusxasi mavjud.)
Pyotr I davri rangtasvirida rassom Andrey Matveyev (tax. 1701-1739) ijodi ham alohida o ‘rin tutadi. Matveyev o‘z zamondoshlari portretlarini yaratdi, allegorik kartinalar va ikonalar ishladi. Qurilish kanselyariyasiga qarashi i «Rassomlar guruhi»ga rahbarlik qildi. Rassom ning asarlaridan kam namunalar saqlanib qolgan. Uning asarlaridan biri rassomning qaylig‘i bilan birga ishlangan avtoportretidir (1729).Unda shirin xayollar og‘ushida bolgan yosh ayol va o‘z hayotidan mamnun rassom qiyofasi ko'rsatilgan.



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling