O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi nukus innovatsion instituti
Download 80.63 Kb.
|
Narbaev Operatsion tizimlar referat informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Vid»
- Fayllar guruhini ajratish. Papkadagi xamma fayllarni ajratish uchun «Pravka»
Fayllar bilan ishlash.
Windows 95 da fayllar bilan ishlash uchun «Provodnik» va «Moy komp’yuter» oynalaridan foydalaniladi. «Provodnik»ni ishga tushirish uchun «Pusk» klavishasi bosiladi, ochilgan menyudan «Programmalar» deb yozilgan satr tanlanadi va ochilgan kiem menyudan «Provodnik» degan nomda sichqoncha bitta bosiladi. Shift klavishasini bosib turgan holda «Moy kompyuter» ning belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosilsa xam «Provodnik» ning oynasini ochish mumkin. «Provodnik» oynasini ochishning yana bir usuli, «Moy kompyuter» belgisi ustida sichqonchaning ung klavishasi bosiladi. Ochilgan kontekst menyudan «Provodnik» nomi tanlanadi. «Moy kompyuter» oynasini ochish uchun uning belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosish kerak. Bu oynalarda sarlavxa qismining tagidagi qator menyu qatori hisoblanadi. Uning tagidagi qatorda zsa, «vositalar paneli» qatori joylashgan. Agar vositalar paneli ekranda ko`rinmasa, uni «Vid» (Ko`rinish) menyusining «Panel’ instrumentov» (Vositalar paneli) buyrug’ini tanlash yuli bilan ekranga chiqarish mumkin. Boshqa qurilmani tanlash uchun oynadagi qurilma belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosish kerak. Boshqa papkaga o`tish uchun shu papka belgisi ustida ikki marta bosish kerak. Fayllar guruhini ajratish. Papkadagi xamma fayllarni ajratish uchun «Pravka» (Taxrirlash) menyusining «Videlit’ vse» (Xammasini ajratish) buyrug’ini tanlash kerak. Buning uchun Ctrl+A tugmalar birikmasini xam ishlatish mumkin. Ketma —ket joylashgan fayllar guruhini ajratish uchun, oldin birinchi fayl ajratiladi, keyin Shift klavishasini bosgan holda oxirgi fayl ajratiladi. Alohida fayllarni ajratish uchun Ctrl klavishasini bosib turgan holla ayrim fayllarning nomlari ustida ketma —ket sichqoncha klavishasini bosish kerak. Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish. Ko`chirish va nusxa olish fayllar bilan ishlash vaqtida eng ko`p ishlatiladigan amallardir. Fayldan nusxa olish vaqtida asl nusxa eski joyida saqlanib koladi va yangi joyga faylning nusxasi ko`chiriladi. Ko`chirish vaqtida esa asl nusxa joyidan o`chiriladi va ko`rsatilgan joyga uning nusxasi ko`chiriladi. Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish uchun quyidagilarni bajarish kerak: - Nusxasi olinadigan va ko`chiriladigan faylni ajratish; - Oynadagi Vositalar panelidan nusxa olish uchun «Buferga nusxasini ko`chirish» (Soru) vositasini, ko`chirish uchun esa Вырезать/Cut — Buferga ko`chirish vositasini tanlash; - Fayl nusxasi joylashtiriladigan qurilma yoki papkani tanlash; - «Vositalar paneli»dan «Buferdan olib qo`yish» (Paste) vositasini tanlash. Fayl nusxasini olishning yoki ko`chirishning boshqa usullari xam bor. - Fayl nomida sichqonchani bitta bosiladi va Fayl menyusining Отправить- Jo’natish buyrug’i tanlanadi. Ochilgan kiem menyudan qaerga junatish kerakligi ko`rsatiladi. - Fayl nomida sichqonchaning ung klavishasi bosiladi va ochilgan kontekst menyudan Отправить — Jo’natish buyrug’i tanlanadi. Ochilgandan keyin menyudan kayerga jo’natish kerakligi ko`rsatiladi. - Faylni sichqoncha yordamida xam ko`chirish mumkin. Bu usul Drag and drop — surish va qo`yib yuborish deb nomlanadi. Buning uchun tanlab olingan fayl nomi ustiga ko`rsatkichni olib borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va kerakli joyga suriladi, so`ngra sichqoncha klavishasi qo`yib yuboriladi. - Yuqoridagi usul bilan nusxa olish uchun surish vaqtida sichqonchaning ung klavishasi xam birga borsiladi. Tugmalarni qo`yib yuborgan vaqtda kontekst menyu paydo bo`ladi. Menyuning Копировать-Nusxa olish buyrug’a tanlanadi. Download 80.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling