O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi nukus innovatsion instituti


Windows XP operatsion (amaliy) tizimi


Download 80.63 Kb.
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi80.63 Kb.
#1623236
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Narbaev Operatsion tizimlar referat informatika

Windows XP operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan 2001 yilda taqdim qilingan operatsion tizim. Microsoft, Windows XPni Windows 95 chiqarilgandan buyon eng muhim dasturiy mahsulot deb atadi. Windows XP, Windows 2000ning o‘zagida qurilgan bo‘lib, yangi tashqi ifodaga va grafik interfeysga ega. Windowsning avvalgi rusumlariga nisbatan o‘zaro yuqori barqarorlik va ishonchlilikni mujassamlashtirgan. Windows XPning ikki rusumi mavjud: Home va Professional. Microsoft har ikkala rusumning mobilligiga katta e’tibor qaratdi, shu jumladan, qo‘shdi. Simsiz tarmoqlarga ulanish uchun “plug- and-play” vositasini ham, Windows XPda «XP» «experience»ni anglatadi.

Norton Commander haqida umumiy ma’lumot.
Norton commonder (NC) - MS DOS operatsion sistemasining qobig’i bo`lib, u foydalanuvchilar uchun operatsion sistema bilan muloqot davrida qulay vositachi vazifasini bajaradi.
Ma`lumki, MS DOS operatsion sistemasida ishlash uchun maxsus komandalar mavjud. Operatsion sistema bilan muloqotda bo`lish uchun klaviatura orqali uning kerakli komandasi va komanda parametrlari kiritilishi lozim. Buning uchun foydalanuvchi MS DOSning komandalarini va uning parametrlarini yaxshi bilishi, komandalarini bexato kirita olishi kerak. Bu shartlar foydalanuvchilar oldiga qo`shimcha talablarni qo`yadi, chunki bu komandalarni doimo eslab yurish, tashqi qurilmadagi foydalanuvchilar fayllarining nomlarini, ularning qaysi kataloglarda joylashgan ekanini yodda saqlay bilish ancha murakkab ishdir. Keyingi vaqtda foydalanuvchilarning operatsion sistemada ishlashini engillashtirish uchun ko`pgina qobiq programmalar ishlab chiqarildi. Bunday qobiq programmalar foydalanuvchilar va operatsion sistema o`rtasida vositachi vazifani bajarib, ular foydalanuvchilar uchun maxsus qulay operatsion muhit yaratib beradi. Qobiq programma yaratib –bergan maxsus operatsion muhit MS DOS operatsion sistemasida bevosita ishlashga nisbatan ancha afzalliklarga ega, chunki u foydalanuvchiga menyu rejimida, ya`ni kiritilishi lozim bo`lgan komandani komandalar ro`yxatidan tanlash, ish bajarayotgan ob`ektlarni doimo ekranda ko`z oldida bo`lishini ta`minlash va boshqa ko`pgina qulayliklarni yaratib beradi. Bunday qobiq programmalarga misol qilib PCTools, QDOS, Norton Commander, Volkov Commander va boshqa programmalarni keltirish mumkin.

Download 80.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling