O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet


Imzo qoʻyishdan avval sizga beriladigan cheklarni tekshiring. Bunday xatti-harakatlar bizga notanish boʻlsa ham, bu VISA kartalaridan foydalanishda standart tartibotdir


Download 186.45 Kb.
bet14/15
Sana19.06.2023
Hajmi186.45 Kb.
#1624266
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
9TAYYOR

Imzo qoʻyishdan avval sizga beriladigan cheklarni tekshiring. Bunday xatti-harakatlar bizga notanish boʻlsa ham, bu VISA kartalaridan foydalanishda standart tartibotdir – hech kim sizning xatti-harakatlaringizni noloyiq yoki sinchkov deb oʻylamaydi.
Shuningdek, kartangizni qarindoshlaringiz yoki doʻstlaringizga bermaslikka harakat qiling. Ular siz javobgar boʻlgan kartadan foydalanish boʻyicha xavfsizlik choralarini buzishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim savdo shoxobchalari karta orqali toʻlovni boshqa shaxsdan qabul qilmasligi mumkin. Buning oʻrniga qoʻshimcha karta ochib qoʻying: u ham sizning hisob raqamingizga bogʻlanadi, biroq, ushbu karta orqali shaxsiy maʼlumotdan foydalanish (masalan, xarajatlar tarixi) imkoniyati boʻlmaydi.
Karta oʻzga shaxsda boʻlib qolsa yoki yoʻqolib qolsa, bank bilan mumkin qadar tez bogʻlaning – biz hisob raqamingizni vaqtincha bloklab qoʻyamiz va hech kim mablagʻlaringizdan foydalana olmaydi. Soʻngra yangi kartaga talabnoma qoldiring va xavf-xatar ortda qoldi, deb hisoblashingiz ham mumkin.
Barcha joylarda plastik kartalar tarqatilishi bilan bogʻliq qiziq holat: restoran xodimlariga, resepshnda yoki yoqilgʻi quyish shoxobchasida beriladigan choy puli yuzasidan nimalarni amalga oshirish mumkin? Ayrim mamlakatlarda ushbu holat boʻyicha oʻziga xos qoidalar qabul qilingan, biroq mohiyati har yerda yagona: siz kartadan hisobdan tashqari ofitsiant uchun beriladigan choy pulini yechib qolishni soʻrashingiz mumkin va ushbu choy puli albatta unga beriladi.
Rezyume VISA kamida yarim asr avval butun sayyora boʻylab naqd pulsiz hisob-kitoblar sinonimiga aylandi. U qogʻoz puldan, shu jumladan valyutadan foydalinishga nisbatan jiddiy afzalliklarni taklif etadi. Agar undan savodli va barcha xavfsizlik normalariga rioya etgan holda foydalanilsa, “Kapitalbank” ATBdan VISA toʻlov masalalarida sizning ishonchli hamrohingiz boʻladi va sizning zamonaviy tendensiyalarga tarafdor ekanligingizni qayd etadi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda mamlakatimizning naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishda bir qator tamoyillarga amal qilinadi. Bu tamoyillar quyidagilardir:
1. Har bir хo‘jalik su bekti o‘z pul mablag‘larini banklarda ochil-gan depozit hisobvaraqlarda saqlashlari lozim. Korхona va tashkilotlar o‘zaro hisob-kitoblarini bevosita bankdagi hisobvaraqlar orqali amalga oshirishlari shart. Qaysi bankda hisobvaraq ochishni mijozlarning o‘zlari mustaqil tanlaydilar.
2. Hisob-kitoblar to‘lovchining roziligi bilan yoki uning topshirig‘iga asosan depozit hisobvaraqdagi mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi. Korхona bank kreditidan foydalanish huquqiga ega bo‘lsa, to‘lovlar bank krediti hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
3. Hisob-kitoblar belgilangan to‘lovlar ketma-ketligi asosida bajariladi.
4. Хo‘jalik yurituvchi su bektlar hisob-kitob shakllarini mu staqil tanlaydilar va uni shartnoma orqali mu stahkamlab qo‘yishlari lozim.
5. Tovar yetkazib beruvchi k orхona hisobvarag‘iga pul mablag‘-lari mazkur mablag‘lar mol sotib olu vchi korхona hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng o‘tkazib beriladi.
6. Avval pul to‘lanishi yoki tovar jo‘natilishini (хizmat ko‘rsati-lishi) tomonlar o‘zaro kelishuv asosida amalga oshiradilar, ya‘ni avval pul to‘lab, keyin tovarni olish mu mkin, yoki aksincha, avval tovarni olib, undan so‘ng u ning pulini to‘lash mumkin.
7. To‘lovni kafolatlash maqsadida yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovar yoki ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan хizmat qiymatining 15 foizi oldindan to‘langandan so‘nggina tovarlar jo‘natiladi yoki хizmatlar ko‘rsatiladi.
8. Mijozlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha nizolarga bank aralashmaydi, nizolarni ularning o‘zlari hal qilishlari lozim, aks holda nizolar хo‘jalik su dlari yordamida hal qilinadi.


Download 186.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling