O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet


Download 186.45 Kb.
bet12/15
Sana19.06.2023
Hajmi186.45 Kb.
#1624266
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
9TAYYOR

VISA Electron — debet lineykasidagi eng oddiy kartalardan biri. U internetda toʻlov vositasi sifatida MDH hududida mashhurdir, chunki unda qoʻshimcha funksiyalar nazarda tutilmagan boʻlib, tegishlicha xizmati arzonroq boʻladi. VISA Electron bilan ham naqd pulni olib chiqib ketish mumkin boʻlsa ham, u nazoratning yuqori darajasi sababli koʻproq nolga teng yoki cheklangan bank tarixiga ega mijozlarga beriladi. Bu internet tarmogʻi orqali xaridlarni amalga oshiruvchi va hozircha chet elga ketishni rejalashtirmagan shaxslar uchun aʼlo variantdir.
VISA Classic — foydalinish mumkin boʻlgan koʻplab xizmatlarga ega optimal karta. Undan ham tarmoqda, ham terminallarda haq toʻlashda va bankomatlarda operatsiyalar bajarishda foydalanish mumkin. Shuningek, ushbu kartadan boshlab hamkorlardan kafe va restoranlarda chegirmalar, keshbeklar yoki mehmonxonada xona bronlashtirish kabi yanada koʻproq takliflar beriladi. VISA Classic, ehtimol, plastik kartalar ishlash tamoyillari bilan tanish va kamdan kam safarlar, masalan xizmat safarini rejalashtiruvchi koʻpchilik uchun eng maqbul variant boʻlsa kerak. Shu bilan birga bankimiz endigina ochilgan VISA Classicni bepul yetkazib beradi; buni amalga oshirish uchun siz filiallarimiz birida kartani roʻyxatdan oʻtkazishda tegishli manzilni koʻrsatib oʻtishingiz lozim.
VISA Gold xizmat darajasiga urgʻu beriladigan karta sifatida ifodalanadi. Uning yillik xizmat koʻrsatish haqi qimmatroq boʻladi, biroq butun dunyo boʻyicha uning saqlovchisiga nisbatan yuqori loyallik koʻpchilikka maʼqul qeladi. Bundan tashqari, VISA Gold yuridik masalalar boʻyicha xalqaro qoʻllab-quvvatlash va tibbiy sugʻurta kabi eksklyuziv xizmatlarga ega. Bu xorijiy hamkorlar bilan faol ish olib borayotgan va tez-tez sayohat qilib turadigan fuqarolar uchun aʼlo variantdir.
Agar siz oʻzingiz uchun yangi VISA Card olmoqchi boʻlsangiz va tanlashda bir toʻxtamga kela olmayotgan boʻlsangiz, siz har qanday vaqtda bankimizning koll-markaziga qoʻngʻiroq qilishingiz, biz bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bogʻlanishingiz yoki shaxsan tashrif buyurishingiz mumkin. Mutaxassislar sizga ajoyib tarzda toʻgʻri keladigan yechimni tanlashga yordam beradilar.
Xavfsizlik choralari va kartadan foydalanish madaniyati: Eng oddiy savdo munosabatlari yuzaga kelgan vaqtdan boshlab puldan foydalanishga oid qonunlar va nooshkor qoidalar paydo boʻla boshladi. Hozirgi kunlarda naqd pulsiz hisob-kitoblardan foydalanish texnologiyalar va zamonaviy jahon tendensiyalari joriy etilgan holda tarixiy shakllangan pul munosabatlariga taqlid qiladi.
Karta bilan ishlashda biz xavfsizlikni birinchi oʻringa qoʻyishni tavsiya etamiz. 

Download 186.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling