O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti
Qidiruv va tadqiqot ishlarining vazifalari
Download 312.64 Kb.
|
28.03 Қодиров А (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Variantli loyihalashda o‘xshashlikdan foydalanish.
- Me’yoriy hujjatlar QMQ
Qidiruv va tadqiqot ishlarining vazifalari. Gidrotexnika inshootlarini to‘g‘ri loyihalash va uni muvaffaqiyatli qurish uchun boshlang‘ich ma’lum otlar bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun loyihalash bosqichlari bilan chambarchas bog‘liq gidrotexnik qidiruv va tadqiqot ishlari olib boriladi.
Gidrotexnika inshootlarini loyihalash va qurish uchun quyidagi turdagi qidiruv va tekshiruv ishlari bajariladi: — gidrogeologik tadqiqotlar — bunda daryo suvining rejimi, ya’ni bir necha yillar davomida har sekundda oqib keladigan suvning miqdori va bu suv bilan oqib keladigan loyqalarning miqdori hamda sifati o‘rganiladi; — geologik va gidrogeologik tadqiqotlar — bunda qurilish hududining geologik va gidrogeologik tavsifi tuziladi, inshoot zaminidagi gruntlarining mustahkamligi, yer osti suvlarining rejimi, uning chuqurligi, suv sarfi (debit), gruntlarning filtratsiya va fizik-mexanik xossalari o'rganiladi; — topografik tadqiqotlar — bunda inshoot quriladigan hududning rejasi, bo’ylama va ko’ndalang kesimlari, suv havzasi yuzi va inshootning hududi loyiha bo’yicha aniq holati ko’rsatiladi; — qurilish-ishlab chiqarish tadqiqotlari — bunda qurilishni ta’minlash uchun suv, energiya, yoqilg’i, qurilish materiallari, yo’llar va qurilish uchun zarur bo’lgan boshqa sharoitlar o ’rganiladi. Variantli loyihalashda o‘xshashlikdan foydalanish. Variantli o’xshashlikda ayrim inshootlar konstruksiyalarini qabul qilishda, ba’zi bir holatlar uchun oldin qurilgan o ‘xshash inshootlar (loyihani qaysi joyda qo‘llash) va namunaviy loyiha bo‘yicha (tuproqli to‘g‘onlar qiyaliklari qoplamalari, drenaj qurilmalar, gidroelektrostansiyalar binosining yig‘ma temir-betonli elementlari, qolip plitalari) konstruksiyalari qo’llaniladi. Juda mukammal, iqtisodiy jihatdan tejamli loyihalarni keng qo‘llash gidrotexnika inshootlarini loyihalashda mustaqil ahamiyatga ega bo'lgan usullardan biridir. Me’yoriy hujjatlar QMQ Har qanday inshootni loyihalash va qurish me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi. Ulardan asosiysi QMQ (Qurilish me’yorlari va qoidalari) bo'lib, u loyihalash va qurilish tashkilotlari uchun majburiy (shart) bo'lgan hujjat hisoblanadi. QMQ to'rt qismdan tashkil topgan bo'lib: — QMQ 1-qism — «Umumiy holatlar» — me’yoriy hujjatlar tizimi o'rnatiladi, qurilish terminalogiyasini, bino va inshootlar tasnifini, model o'lchamlar tayinlanish qoidalari va qurilishga ruxsat berish; — QMQ 2-qism — «Loyihalash m e ’yorlari» — har xil muhandislik inshootlarini va loyihalashning umumiy masalalariga tegishli talablar berish; — QMQ 3-qism — «Ishlab chiqarish qoidalari va ishlarni qabul qilish» qurilishni tashkil qilish masalalarini, qurib bitkazilgan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilishdagi talablar; — QMQ 4-qism — «Smeta me’yorlari va qoidalari» — inshoot elementlarini barpo etish uchun ko'rsatmalarni va qurilish ishlarida yiriklashtirilgan smeta me’yorlari, qurilishning smeta bahosini o'z ichiga oladi. Foydalanishda qulay bo'lishi uchun QMQ shifrlanadi, masalan, QMQ 2. 06. 01—97, bunda birinchi raqamli qism tartib raqami belgisi, ikkinchi raqam bobning tartib raqami belgisini, oxirgisi esa ushbu bobning tasdiqlangan yili. Bob tartib raqami to'g'risida uning matn qismi yoziladi, keltirilgan misolda bu «Gidrotexnika inshootlari» bo'ladi. Bundan tashqari, O'zdavarxqurilish (O'zbekiston Davlat arxitektura qurilish) qo'mitasi tomonidan qurilishning alohida turlari bo'yicha QM (qurilish me’yorlari) belgili me’yoriy hujjatlar chiqarilmoqda. Ular ham shifrga va me’yoriy nomlanishga ega, masalan, QM 123—60 «Qoyatosh zaminli betonli gravitatsion to'g'onni loyihalash texnik shartlari». Bunda birinchi raqam me’yoriy hujjatning birinchi raqamini, keyingisi esa tasdiqlangan yilini belgilaydi. Download 312.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling