O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Download 86.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana20.06.2023
Hajmi86.44 Kb.
#1627506
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1443862173 61611

Zardevor – uy jihozi. U sidirg’a shoyi baxmal, satinga kashta tikib 
bezatilgan badiiy buyum. Zardevor О‘zbek xamda tojiklarda yangi tushgan 
kelinning uyiga, shiftiga yoki devoriga ilib qo’yiladi. U zar ip yoki ipak hajmli 
bo’lib, eni 40-70 sm, uzunligi mo’ljallangan uyning devoriga moslab tikiladi. 
Palak - devorlarga ilinadigan eng yirik, eng qimmat bezak 
buyumlaridan biri. Palakda osmon va to’lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq va 
malla bо‘zga kashta tikib tayyorlangan. U sо‘zanadan gullarining yirikligi
zaminiga xam kashta qoplanishi bilan farq qiladi. Palakni o’rtasida yirik oy 
tasviri qizil qirmizi, pushti ipak bilan kashtalanadi va atrofi juda chiroyli qilib 
qalampir elementlari qo’llaniladi. Palakda qirqtacha oy xam tasvirlash mumkin, 
shuning uchun oyning soniga qarab olti oyli palak, o’n ikki oyli palak, xattoki 
katta uylar uchun qirq oyli palak, tikilgani bizga ma’lum. Oylar turli ranglar bilan 
bir necha xil tasvirlangan. Mashxur kashtadо‘zlar ba’zida oyni ajoyib naqshlar 
bilan bezab, о‘z maxoratlarini namoyon etganlar. Agar oyni ichi sidirg’a rangda 
ifodalangan bo’lsa, uni oypalak, agar naqshli bo’lsa gulpanak va xokazo nomlar 
bilan yuritiladi. Keyingi vaqtlarda palakni qo’lda tikishga katta axamiyat 
berilmoqda. 
Kirpech – kirpush, tokchaga taxlab qo’yilgan kiyim-kechak ustidan yoki 
devorni vertikal bush joylariga ilib, uyni bezatib turishi uchun ishlatiladigan badiiy 
buyum. Kirpech kashtalari qo’lda yoki mashinada tikiladi. Kirpech qo’lda ilma 
kashta bilan bezaladi. U kiyim-kechakni changdan saqlaydi va uyni bezab turadi. 


Odatda, palakka o’xshatib tikilgan kirpechpalak deb yuritiladi. Bu turi xam keng 
ishlatiladi. 
Sо‘zana – forscha sо‘zana deb xam yuritiladi. Igna bilan tikilgan degan 
ma’noni beradi. Sо‘zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo’lib, 
xonani bezatish uchun devorga ilib qo’yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa 
matolarga kashta tikib tayyorlanadi. U о‘ziga xos badiiy ko’rinishga ega. Matoning 
rangidan ustalarimiz kashta zamin sifatida foydalanadilar. Shuning uchun palakdan 
farq qiladi. Sо‘zana xar bir xonadonda bo’lgan, chunki bir qiz turmushga 
chiqishidan oldin о‘zi uchun sо‘zana tayyorlagan. Sо‘zana kelinlarning sepi 
xisoblangan. Kambagal oilada sо‘zanani malla, oq bо‘zdan, badavlatlarida esa 
shoyidan, baxmaldang tikishgan. Sо‘zana uchun kompozitsion joylashgan 
o’simliksimon naqshlardan foydalaniladi. Sо‘zana o’rtasida ko’pincha doirasimon 
gul tikilib atrofi guldor islimiy naqshlar bilan bezatiladi. Sо‘zana tikish juda 
qadimdan rivojlangan bo’lib, 19 asrgacha bo’lgan sо‘zanalar saqlanmagan. Faqat 
19 asrga oid Samarqand, Buxoro, Nurota, Farg’ona, O’rtatepa, Shaxrisabz, 
Toshkent va boshqa joylardagi sо‘zana turlaridan namunalar bor. San’atning bu 
turi ayniqsa О‘zbekiston va Tojikiston territoriyasida qadimdan keng tarqalgan. 
Keyingi paytlarda 40 yillardan boshlab sо‘zana mashinada tikilib kelmoqda. 

Download 86.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling