O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti
Download 86.44 Kb. Pdf ko'rish
|
1443862173 61611
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kashtachilikda bezak buyumlari turlari
Applikatsiya - lotincha yopishtirish degan ma’noni bildirib, gazlama qog’oz
va boshqa tikish yuli bilan bezash demakdir. Applikatsiya kashtadо‘zlikni maxsus turi bo’lib, u о‘ziga xos texnologiyaga ega. Asosiy matoga rangdor mato parchasini, charm va boshqalarni qadab, atrofi choklanadi. Applikatsiyada ko’pincha izma choklardan foydalaniladi. Kashtaning bu turi О‘zbekistonda yaxshi rivojlanmagan. Xozirgi vaqtda ko’pincha bolalar paltolariga, kuylaklariga, bosh kiyimlariga xar xil qush, meva, gul va xayvonlar tasviri applikatsiya usulida choklanadi. Ayrim xollarda ayollarning kiyimlari shu usulda bezatilyapti. Arxitekturada va biror buyumlarni bezashda applikatsiya usulida keng foydalanib kelinmoqda. Kashtachilikda bezak buyumlari turlari O’rta Osiyo kashtachilik juda keng tarqalgan bo’lib, oilada xar bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo’lgan. Shuning uchun xar bir oila о‘zi uchun kirpech, sо‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta va boshqalarni о‘zlari tayyorlagan. Bezak buyumlarining turi juda ko’p masalan, sо‘zana, kirpech, choyshab, oynaxalta, choyxalta. Zardevor, palak, gulko’rpa, dorpech, bug’joma, parda, belbog’, takyapush (yostik ustiga yopiladigan), do’ppi, kuylak, dastro’mol, xamyon, joynamoz, sumka, nimcha, maxsi-kavush, xaltasa va boshqalar badiiy did bilan matolarga tikilgan. Keyinchalik satin, shoyi baxmalga tikiladigan bo’ldi. Kashtachilikda ishlatiladigan bezak buyum turlari bilan Joynamoz – yerga solib ustida namoz o’qiydigan to’shama. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar ishlatishadi. U ibodat vaqtida kishini bu dunyodan ajratuvchi omil deb tasavvur qilinadi. Joynamoz xar xil matodan tayyorlanib, uning uch tomoni mexrob shaklida tikilgan bo’ladi. Undan machit, madrasa va uylarda foydalaniladi. U turli o’lchamda bo’ladi. Ibodatni kanda qilmaslik uchun boshqa narsalardan foydalanish mumkin. Masalan, chopon, qiyiqcha. Sholcha kabilardan, chunki ular diniy nuqtai -nazardan pok xisoblanadi. Joynamoz kashtachilikda juda chiroyli qilib bezatilgan bo’ladi. Download 86.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling