O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti
Download 86.44 Kb. Pdf ko'rish
|
1443862173 61611
Zardevor – uy jihozi. U sidirg’a shoyi baxmal, satinga kashta tikib
bezatilgan badiiy buyum. Zardevor О‘zbek xamda tojiklarda yangi tushgan kelinning uyiga, shiftiga yoki devoriga ilib qo’yiladi. U zar ip yoki ipak hajmli bo’lib, eni 40-70 sm, uzunligi mo’ljallangan uyning devoriga moslab tikiladi. Palak - devorlarga ilinadigan eng yirik, eng qimmat bezak buyumlaridan biri. Palakda osmon va to’lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq va malla bо‘zga kashta tikib tayyorlangan. U sо‘zanadan gullarining yirikligi, zaminiga xam kashta qoplanishi bilan farq qiladi. Palakni o’rtasida yirik oy tasviri qizil qirmizi, pushti ipak bilan kashtalanadi va atrofi juda chiroyli qilib qalampir elementlari qo’llaniladi. Palakda qirqtacha oy xam tasvirlash mumkin, shuning uchun oyning soniga qarab olti oyli palak, o’n ikki oyli palak, xattoki katta uylar uchun qirq oyli palak, tikilgani bizga ma’lum. Oylar turli ranglar bilan bir necha xil tasvirlangan. Mashxur kashtadо‘zlar ba’zida oyni ajoyib naqshlar bilan bezab, о‘z maxoratlarini namoyon etganlar. Agar oyni ichi sidirg’a rangda ifodalangan bo’lsa, uni oypalak, agar naqshli bo’lsa gulpanak va xokazo nomlar bilan yuritiladi. Keyingi vaqtlarda palakni qo’lda tikishga katta axamiyat berilmoqda. Kirpech – kirpush, tokchaga taxlab qo’yilgan kiyim-kechak ustidan yoki devorni vertikal bush joylariga ilib, uyni bezatib turishi uchun ishlatiladigan badiiy buyum. Kirpech kashtalari qo’lda yoki mashinada tikiladi. Kirpech qo’lda ilma kashta bilan bezaladi. U kiyim-kechakni changdan saqlaydi va uyni bezab turadi. Odatda, palakka o’xshatib tikilgan kirpechpalak deb yuritiladi. Bu turi xam keng ishlatiladi. Sо‘zana – forscha sо‘zana deb xam yuritiladi. Igna bilan tikilgan degan ma’noni beradi. Sо‘zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo’lib, xonani bezatish uchun devorga ilib qo’yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga kashta tikib tayyorlanadi. U о‘ziga xos badiiy ko’rinishga ega. Matoning rangidan ustalarimiz kashta zamin sifatida foydalanadilar. Shuning uchun palakdan farq qiladi. Sо‘zana xar bir xonadonda bo’lgan, chunki bir qiz turmushga chiqishidan oldin о‘zi uchun sо‘zana tayyorlagan. Sо‘zana kelinlarning sepi xisoblangan. Kambagal oilada sо‘zanani malla, oq bо‘zdan, badavlatlarida esa shoyidan, baxmaldang tikishgan. Sо‘zana uchun kompozitsion joylashgan o’simliksimon naqshlardan foydalaniladi. Sо‘zana o’rtasida ko’pincha doirasimon gul tikilib atrofi guldor islimiy naqshlar bilan bezatiladi. Sо‘zana tikish juda qadimdan rivojlangan bo’lib, 19 asrgacha bo’lgan sо‘zanalar saqlanmagan. Faqat 19 asrga oid Samarqand, Buxoro, Nurota, Farg’ona, O’rtatepa, Shaxrisabz, Toshkent va boshqa joylardagi sо‘zana turlaridan namunalar bor. San’atning bu turi ayniqsa О‘zbekiston va Tojikiston territoriyasida qadimdan keng tarqalgan. Keyingi paytlarda 40 yillardan boshlab sо‘zana mashinada tikilib kelmoqda. Download 86.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling