O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Download 86.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana20.06.2023
Hajmi86.44 Kb.
#1627506
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1443862173 61611



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
Sirtqi bo’lim_FAKULTET 
Maktabgacha ta’lim YO’NALISHI 
22.21 GURUH TALABASI 
Fayzullayeva Xolida
Kashtachilik turlari mavzusida
BAJARDI: 
Fayzullayeva.X
 
QABUL QILDI: 
Rahmonova Feruza 


Kashtachilik turlari 
Reja: 
1. Kashtachilik san’ati tarixi. 
2. Kashtachilik maxsulotlarini tikish texnologiyasi 
3. 
Kashta tikilgan buyumlarga ishlov berish
 


О‘zbek milliy kashtachiligi (kashtadо‘zlik) amaliy san’tning eng qadimiy 
turlaridan bulib, u xalqning о‘z turmushini gо‘zal kilish istagi natijasida yuzaga 
kelgan. Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham 
shuxrat qozongan. О‘zbek xalk ustalari qo’llari bilan tikilgan kirpech, sо‘zana, 
zardevor, gulkurpa, choyshab kabilar. Germaniya Federativ Respublikasi, Belgiya, 
Amerika Qo’shma Shtatlari, Xindiston, Afg’oniston kabi xorijiy, shuningdek, 
mamlakatimizning Farg’ona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki 
mо‘zeylarda doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan. Xozirgacha buyumlar о‘ziga 
xos gо‘zallik, nafis bezaklarning rang-barangligi bilan kishilarni xayratga solib 
kelmoqda. Badiy kashtachilik о‘zoq tarixga ega, buni arxeologik topilmalar va 
yozma manbalar isbotlab bermoqda. О‘zbek kashtachiligi iklim, tabiiy sharoit
muhit bilan bog’liq xolda barcha kasb-xunarlari bilan birgalikda rivoj topgan. 
Kashtachilik san’tining eng qadimiysi saqlanmagan. 14-15 asrlarga mansub 
miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini ko’rish 
mumkin. Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo Amir Temur saroyida О‘zbek 
milliy kashta bezaklarini ko’rganini kundaligiga yozib qoldirgan. 1467 yili 
Kamoliddin Bexzod «Zafarnoma» ga ishlagan «Temur taxda" miniatyurasida 
chodirga ishlangan kashtani ham aks ettirgan. 19 asrning ikkinchi yarmida kashta 
tikish mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga kelishiga 
asos soldi. Mashinada kashtalarning ko’p ishlab chiqarilishi ularning badiiyligiga 
putur yetkazadi. Gul kashtalari unutila boshlandi. Lekin ayrim xillargina saqlanib 
qoldi. О‘zbek kashtachiligi qo’shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va 
rivojlandi. О‘zbek kashtachilariga nazar solsak, unda Xind, Xitoy, Rus, Afg’on, 
Kozoq, Qirg’iz va Tojik kashtachilarining usul va uslublarini uchratamiz. 
О‘zbek kashtachilarida o’simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko’p 
bo’lsa, rus kashtachiligida geometrik, o’simliksimon shakllar, gullar, qush va 
mevalar ko’p tasvirlanadi. Qozoq va qirg’iz kashtachiligida esa ko’proq 
xayvonlar, shox va tuyoqlarini eslatuvchi elementlar tasvirlanadi. 


Qadimiy an’analarga ko’ra, О‘zbek qizlari – bo’lajak kelinchaklar seplari – xar 
xil kashtachilik buyumlarini о‘zlari tayyorlashlari lozim edi. Kashtalar kanchalik 
nozik, chiroyli bo’lsa, qayliq shunchalik yuqori baxolanar edi. Qizlar 7-9 yoshdan 
boshlab kashta tikishga o’rgatilardi. Ular uch, to’rt yildan keyin mustaqil kashta 
tika boshlaydilar. Yetishib chiqqan kashtachilar о‘zining san’ati va tabiatiga ko’ra 
gо‘zallik xaqidagi orzularini ifodalashga xarakat qilganlar. 
Kashtachilikning maxsus turlaridan biri – applikatsiyadir. 

Download 86.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling