O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Kashta tikish asboblari va moslamalari


Download 86.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana20.06.2023
Hajmi86.44 Kb.
#1627506
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1443862173 61611

Kashta tikish asboblari va moslamalari. 


Qo’lda kashta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak. Bular: igna, angishvona, 
qaychi, santimetr, o’tkir uchli dukcha, kergi; bundan tashqari, millimetrlangan 
qog’oz, kalka, kopirovka qog’ozi. 
Kashta tikish uchun chо‘zinchoqroq kо‘zli kalta (1- va 2-nomerli kashta 
tikadigan hamda turlanadigan) ignalar tanlangani ma’qul. Ignaning kо‘zi katta 
bo’lsa, bir necha qavat ipni o’tkazish shuningdek, vladimiricha chokli kashtalarni 
tikishda ishlatiladi. Bu ignalar ipni sanash va ajratib olish uchun juda qulay.
Jun ipni ignaga o’tkazish qiyin. Bu ipni o’tkazish uchun sotuvdagi ignalar 
komplektidagi ip o’tkazgichdan foydalanish mumkin. Uni bir qatim ipak yoki 
ingichka g’altak ip bilan o’tkazsa ham bo’ladi. Ipakni ikki qavat qilib, xosil 
bo’lgan petlya ichiga jun ip bilan birga tortib olinadi. 
Zich va yupka (markizet, polotno, shoyi, batis) gazlamaga kashta tikishda
kо‘zi kichkina ingichka igna kerak buladi. Yugon igna sanchilgan joylarda teshik 
koladi., katta kо‘zda esa ingichka ipni yaxshi tutib bulmaydi. 
Buyumlarni biriktirib ko’klash uchun 1- va 3-nomerli ignalar ishlatish
qulayroq. 
Kashtani kergisiz tikishda, bir necha qavat gazlamaga igna sanchishda
buyumlar chetini buklab tikish va xokazolarda ignani gazlamadan o’tkazish uchun 
angishvona kerak bo’ladi. U barmoqni igna qirishidan saqlaydi. Angishvona o’ng 
qo’lning o’rta barmog’iga taqiladi, uning barmoqning yug’onligiga qarab 
tanlanadi, lekin u barmoqni siqib yoki undan tushib qolmasligi kerak.
Ishlash uchun uch xil: uchni ingichka kichkina qaychi – kashta tikayotganda 
ip uchini qirqish uchun; katta  qaychi – gazlama va kalava iplarni kirkish uchun. 
Qaychilar yaxshi charxlangan, tig’larining uchi to’la yopiladigan bo’lishi 
kerak. 
Santimetrli lenta tikish ishlarida buyum o’lchamlarini aniqlash, gazlamaga 
bezakni rejalash, tikish ishlarini bajarishda foydalaniladi. 


Uchli dukcha (suyakdan, yog’ochdan yoki plastmassadan) oq tekis chokli 
kashta tikishda teshikchalar xosil qilish uchun ishlatiladi. Dukchaning diametri 
taxminan 5 mm, uzunligi 6-8 sm bo’lishi lozim. 
Kergilar gazlamani tarang tortib turish va deformatsiyalanishdan saqlash 
uchun ishlatiladi. Kergilar to’g’ri burchakli yoki doira shaklida bo’ladi. Doira 
shaklidagi yog’och kergi juda qulay. Kergilar diametri 20 – 40 sm li ikkita 
gardishdan iborat bo’lib, bir-birining ichiga tushib turadi. Agar kichik gardish katta 
gardish ichiga qiyin tushadigan bo’lsa, katta gardishning ichki tomonini jilvir bilan 
tozalash kerak, u juda kichik bo’lib, katta gardishdan tushib ketadigan bo’lsa, 
atrofiga yupqa gazlama o’rab qo’yish mumkin. 
Kashta tikiladigan gazlamani keragiga tortishda uni kichik gardish ustiga 
qo’yib, iplarini qiyshaytirmaydigan qilib to’g’irlanadi. Katta gardishni uning 
ustiga qo’yib, bosib gazlama tarang tortib qo’yiladi. Kergiga tortilayotgan yupka 
gazlama yirtilmasligi, shuningdek, kashta tikiladigan gazlama ish paytida kir 
bo’lmasligi uchun, uning ustiga o’rtasi kergining diametridan kichikroq doira
qilib uyilgan boshqa gazlama qo’yiladi. 
Kergilar stolga maxkamlab qo’yish uchun vintli bo’lishi ham mumkin.
Millimetrli kog’oz naqshlar, ayniqsa geometrik, sanama naqshlar tо‘zishda 
kerak bo’ladi.
Kashta gulni gazlamaga kuchirishga tayyorlashda kalka ishlatiladi. Naqsh 
avval originaldan kalkaga ko’chiriladi, keyin kalkadan gazlamaga ko’chiriladi. 
Kashta gulini gazlamaga ko’chirish uchun kopirka qog’ozi ishlatiladi. 

Download 86.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling