Pilla chuvishda qo’llaniladiga texnalogiyalar Reja: Pilla chuvishning maqsadi


Download 186.29 Kb.
bet1/2
Sana28.01.2023
Hajmi186.29 Kb.
#1137233
  1   2

Pilla chuvishda qo’llaniladiga texnalogiyalar
Reja:

  1. Pilla chuvishning maqsadi.

  2. Pillalarni chuvishdagi texnologik jarayonlar ketma-ketligi.

Bitta pilladan chuvib olingan ip juda ingichka bo`lganligi sababli, u mustahkam emas va shu sababli to`qimachilik sanoatida ishlatish uchun pilla ipini bir nechtasini qo`shiladi. Bu qo`shilgan ipak iplarini xom-ipak deb yuritiladi (4 dan 20 tagacha qo`shiladi). Pillakashlikni asosiy vazifasi pillani chuvib, xususiyatlari bir tekis bo`lgan xom-ipak olish. Bunday xom-ipakni olish uchun esa bir qancha murakkab operatsiyalarni bajarish kerak (1-sxema).
Pilla chuvishdagi barcha texnologik jarayonlarni maqsadi, vazifasi, bajarilishiga qarab, shartli ravishda 4 ta operatsiyalar guruhiga bo`lish mumkin: dastlabki chuvishga tayyorlash, chuvishga tayyorlash, chuvish va nazorat yig`uv.
Pilla chuvishdagi texnologik jarayonlar ketma-ketligi



Saralanmagan pilla ombori

1- pasportizasiya



Chiqindilarni qayta ishlash sexi

Uzuqlar

Ipak uzuqlari

Qaznoq va uzuqlar

Uchsiz pillalar va qaznoq

Pilla losi

Tayyor mahsulot ombori

Toy va partiyalarga ajratish

Sinov laboratoriyasi

Kiplarga va partiyalarga ajratish

Nuqsonlarni tekshirish va kalavalarni juftlash

Xom ipakni charxdan tushirish



Uchsiz pillalar

Pilla chuvish

Silkitish va yakka uchini topish

Pillalarni pishirish chuvilmaydigan pillalarni saralash

Kunlik sarf bo’ladigan pillalarni tortish va tarqatish

Saralangan pillalar ombori

Qattiqligi va nuqsonlari bo’yicha saralash

Pillalarni o’lchamlari bo’yicha saralash

Chang va pilla losidan tozalash

Saralanmagan pillalarni yuriklashtirish

3- pasportizasiya

Chang kamerasi



Chang

Pilla losi

2- pasportizasiya


Dastlabki tayyorlov operatsiyasi: bu saralangan pillalardan ishlab-chiqarish partiyasini hosil qilish bilan bog`liq bo`lib, unga saralanmagan pillalar partiyasini yiriklashtirish, chang va losdan tozalash, o`lchamlari, qattiqligi va tozaligi bo`yicha saralash kiradi. Pillalarni chuvishga to`g`ri tayyorlash, sifatli va ko`p xom-ipak ajratib olish garovi bo`lib, shu bilan birga pilla chuvish dastgohlarini ish unumdorligi ham yuqori bo`ladi.


Saralanmagan va saralangan pillalar partiyasini yiriklashtirish
B undan maqsad pillalar partiyasini yaqin xususiyatlilarini birlashtirib (o`lchami, qattiqligi, chiziqli zichligi, ipning noteksligi, chuviluvchanligi, tozaligi) ishlab chiqarish partiyasini hosil qilish. Bular uchun bir xil rejim talab etilib, dastgohlarning ish unumini oshishi va bir tekis xom-ipak ishlab chiqarishga zamin yaratiladi. Pillalar partiyasini yiriklashtirishda UzNIIShP sistemasidagi SL-6 aralashtirish dastgohidan foydalaniladi. Dastgoh 6 ta ikkiga bo`lingan bunkerdan 3 ta ta`minlash barabani, har biri 4 tadan vыgrebnoy plankaga ega aralashtiruvchi va tushiruvchi konveyerlardan iborat. Bunker 450 burchak ostida o`rnatilgan. Bir vaqtning o`zida 2 tadan 6 tagacha partiyalarni aralashtirish mumkin. Dastgohning ish unumdorligi 400-500 kg/soat. Аralashtirish konveyeri tezligi 28 m/min, tushirish konveyeriniki 29 m/min. 2 ta ishchi ishlaydi (16-rasm).
16-rasm. UzNIIShP sistemasidagi pilla aralashtirish dastgohi: 1-bunker, 2-rama, 3-ta`minlash barabani,4-planka,5-aralashtiruvchi konveyer,6-tushiruvchi konveyer, 7- tushirish bunkeri, 8-qopni osish uchun kronshteyn.

Download 186.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling